6-mavzu. Interfaol metodlar. Interfaol metodi tushunchasi talqini



Yüklə 207,31 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.01.2023
ölçüsü207,31 Kb.
#99664
6-Maruza



6-mavzu. Interfaol metodlar. 
 
Interfaol metodi tushunchasi talqini. 
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi, bozor iqtisodiyotiga 
asta- sekin, bosqichma –bosqich o‘tishimiz, jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy 
– siyosiy o‘zgarishlar va fan- texnikaning jadallik bilan rivojlanishi ta’lim 
mazmuning takomillashuviga ob’ektiv omil vazifasini bajaradi. 
Respublikamizda ta’lim sohasida chuqur islohotlarning o‘tkazilayotganligi 
xorijdagi ta’lim tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, jahon ta’lim standartlariga 
yaqinlashishga intilish, darslik va o‘quv dasrurlari yangi avlodining yaratilishi, 
darsni ixcham va qiziqarliroq shaklda tashkil etishimiz uchun zamin bo‘ladi. 
Ta’limning interfaol usullarining markazida o‘quvchi shaxsining mustaqil 
tafakkurlay olishga o‘rgatish masalasi turadi. Ko‘p yillik qolipga o‘rnashgan, eski 
tipdagi darslar tizimi o‘quvchilarning erkin fikrlashiga to‘siq bo‘lib, faqatgina 
o‘qituvchining ma’lumot berishiga asoslangan edi.Ta’limda intefaol usullarni 
qo‘llashning muhim tarbiyaviy ahamiyati shundaki, o‘quvchida yashirinib turgan 
qobiliyat va ist’dodlarni ro‘yobga chiqarish hamda ularda o‘z imkoniyatlariga 
ishonch bilan yondashishni tarbiyalaydi.Ta’limning intefaol usullarini maktab 
amaliyotida qo‘llash , o‘quvchiga har bir fandan o‘rganiladigan ilmiy tushuncha va 
qonuniyatlarni shunchaki o‘rganib qolmasdan, balki uni keltirib chiqaruvchi 
sabablarni ham aniqlashtirishga yordam beradi. 
Aqliy hujum metodlari haqida tushuncha. 
Aqliy hujum- 
g‘oyalarni generatsiya qilish usuli. Qatnashchilar birlashgan 
holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar: uni yechish uchun shaxsiy 
g‘oyalarini ilgari suradilar (generatsiya kiradi). U ishtirokchilarni o‘z tasavvurlari va 
ijodlaridan foydalanishga rag‘batlantiradi. «Aqliy hujum»ning vazifasi kichik 
guruhlar yordamida yangi- yangi g‘oyalarni yaratishdir. Bu usul muammoni hal 
qilayotgan kishilarning ko‘proq aql bovar qilmaydigan va hatto fantastik g‘oyalarni 
yaratishga undaydi. G‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa. Ularning hech bo‘lmaganda bittasi 
ayni muddao bo‘lishi mumkin. 


«Aqliy hujum»ning qoidalari: 
1.
Fikr va g‘oyalar hech qanday cheklanmagan holda iloji boricha qattiqroq 
aytilishi lozim; 
2.
Bildirilgan fikr va g‘oyalar takliflar berish to‘xtatilmaguncha muhokama 
qilinmaydi, baholanmaydi; 
3.
Bildirilgan har qanday g‘oya va fikrlar hisobga olinadi; 
4.
Qancha ko‘p g‘oya va fikrlar bildirilsa shuncha yaxshi; 
5.
Bildirilgan g‘oya va fikrlarni to‘ldirish va yanada kengaytirish mumkin
6.
Barcha aytilgan takliflar yozib boriladi; 
7.
Takliflarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi. 
Klaster metodining mohiyati. Insert usuli 
Klasterlarga ajratish- o‘quvchilarga biror-bir mavzu to‘g‘risida erkin va ochiq 
tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu usul ko‘p 
variantli fikrlashni o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o‘rtasida aloqa 
o‘rnatish malakalarini rivojlantiradi. «Klaster» so‘zi hujm, bog‘lam ma’nosini 
anglatadi. Klasterlarga ajratishni da’vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi 
fikralashni rag‘batlantirish uchun qo‘llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni 
uyg‘otish, mavjud bilimlarga yetib borish strategiyasi bo‘lib, muayyan mavzu 
bo‘yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. 
Biror mavzu bo‘yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal 
o‘rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Klaster tuzish ketma-ketligi: 
1.
Katta varoq qog‘ozning o‘rtasiga yoki sinf doskasiga yoxud yozish uchun 
foydalanish mumkin bo‘lgan sathga «kalit» so‘z yoki gap yoziladi; 
2.
Su mavzuga tegishli deb hisoblangan va xayolga kelgan so‘z va gaplar 
yoziladi; 
3.
Fikrlarpaydobo‘lgandavaularniyozgandafikrlaro‘rtasidamumkinbo‘lga 
nbog‘lanishlarnibelgilash; 
4.
Fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo‘lgunicha xayolga kelgan barcha
fikrlar yozilaveradi; 


5.
Keltirilgan so‘z va fikrlar mazmuni va yaqinligiga qarab toifalarga ajratib ch 
iqiladi. 
Klaster tuzishda guruhdagi barcha o‘quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh
uchun g‘oyalar o‘zagi bo‘lib xizmat qiladi. 
«Baliq skleti» texnikasi

Darsdan tashqari 
olib boriladigan ishlar 
Musiaqil uy ishlari 
Insert usuli 
Insert usuli tushunishni kuzatish vositasidir. Insert- bu o‘quv jarayonida o‘z 
anglashini faol kuzatish uchun o‘quvchilarga imkoniyat beradigan kuchli vositadir, 
chunki shunday hollar borki, odam matnni oxirigacha o‘qib, u yerda nima
yozilganligini eslab qololmasligi mumkin 
Hamma ishtirokchilar ishni tugatganlaridan keyin ular jadvalni oldlarida ushlab 
zalning o‘rtasiga chiqishadi. U yoq- bu yoqqa o‘tib ishtirokchilar bir- birlari bilan 
tanishadilar. Ishtirokchilar o‘z ismlarini jadvallarga yozib, ularni devorga ilib 
qo‘yishadi. 
«Insert» texnikasining qoidalari: 
1.
Matnni o`qib chiqing. 
2.
Olingan ma`lumotni tizimlashtiring. 
3.
Har bir qatorga qalam yordamida belgilar qo`ying. 

– ma`lumotlar mavzuga oid bilimlarimga to`g`ri keladi. 
+ – yangi ma`lumotdir. 

– olgan bilimlarimga to`g`ri kelmaydi. 



Yüklə 207,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə