Sinfiy
hajmlari
Bozorga oid ayirboshlash
Ijtimoiy-kasbiy
Kasb-kor va malaka
Ta’lim sertifikatlari
Madaniy-normativ
Yashash uslubi
Axloqiy tartibga solish va
taqlid
Madaniy-simvolik
Sakral (diniy) bilimga egalik
Manipulyatsiya qilish (diniy,
texnokratik, mafkuraviy)
3.1
jadval
Har bir jamiyat turli xil stratifikatsiya tizimlari va ularning bir-biriga o’tuvchi
ko’rinishlarining murakkab birikmasi hisoblanadi. Jamiyatni qatlamlarga
ajratish mezonlari
ob’yektiv va
sub’yektiv bo’ladi, shu bois ijtimoiy stratifikatsiyani ob’yektiv va sub’yektiv
omillar
–
ob’yektiv ijtimoiy tabaqalashtirish va sub’yektiv ijtimoiy baholash yordamida
tushuntirish mumkin.
Ijtimoiy tabaqalashtirish – jamiyatni elementlarga ajratish,
ijtimoiy organizmning
tarkibiy qismlarini belgilash va ularning ixtisoslashuvi,
yangi strukturalar, maqomlar va
rollarning paydo bo’lishi. Bu atamani birinchi bo’lib G.Spenser
funksional-ixtisoslashgan
institutlar va mehnat taqsimotining paydo bo’lish jarayonini tavsiflash uchun kiritgan.
E.Dyurkgeym ijtimoiy tabaqalashtirishni aholi zichligining o’sishi, shaxslararo va guruhlararo
aloqalarning kuchayishi bilan bog’lagan.
Ijtimoiy tabaqalashtirishga tarixiy misollar sifatida chorvachilikning dehqonchilikdan
ajratilishini, keyinchalik esa – ulardan
hunarmandchilik va savdo, so’ngra – fan, ta’lim,
boshqaruvning ajralib chiqishini keltirish mumkin. Bugungi kunda tabaqalanish jamiyatni
axborotlashtirish bilan uzviy bog’liq. Mazkur jarayon natijasida jamiyatda yangi ixtisosliklar
paydo bo’lmoqda,
eski kasb-korlar, faoliyat turlari mazmuni yangilanmoqda. Bu jarayonlar
jamiyat ijtimoiy strukturasida, turli ijtimoiy guruhlarning maqomlari, manfaatlari, qadriyatlari,
normalari, rollari, turmush tarzi va ko’nikmalarida ham o’zgarish yasamoqda.
Dostları ilə paylaş: