6-mavzu: yarimo‘tkazgichlarda kontakt hodisalari yarimo‘tkazgich diodlar. Diodlar



Yüklə 214,06 Kb.
səhifə13/15
tarix22.03.2024
ölçüsü214,06 Kb.
#183838
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
6-mavzu yarimo‘tkazgichlarda kontakt hodisalari yarimo‘tkazgich

YARIMO‘TKAZGICH DIODLAR (2-QISM)



 
Yarimo‘tkazgichga berilgan elektr maydon E ortishi bilan kristall temperaturasi ortadi, shu bilan bir qatorda elektronlarning o‘rtacha energiyasi ham ortadi. ЕBO’S ≈ 3,2 kV/sm ga yetganda GaAs kristali elektronlari ∆W1 potensial to‘siqni yengib o‘tish uchun yetarli energiya oladilar. Natijada pastki voha elektronlardan bo‘shab, yuqoridagisi esa – to‘ladi. Bu jarayon vohalararo o‘tish deb ataladi. Е ЕBO‘S bo‘lgan maydon ta’sirida (6.7-rasm, 2-3 soha) elektronlarning asosiy qismi pastki vohadan yuqori vohaga o‘tadi. Ushbu o‘tish natijasida elektronlarning dreyf tezligi

ДР 2
Е ga teng bo‘lib qoladi va ilgarigiga qaraganda kamayadi, hosil bo‘layotgan tok zichligi

ham kamayadi. Elektr maydon diodga berilgan kuchlanishga proporsional, dioddagi tok esa elektronlarning dreyf tezligiga proporsional bo‘lgani sababli 6.6-rasmda keltirilgan egri chiziqni diod VAXi sifatida qarash mumkin. Egri chiziqning pastga qarab ketgan sohasida, diod MDQka ega. MDQ mavjudligi, diodga passiv zanjir, masalan, rezonator ulab, tebranishlar generatsiyalovchi yoki kuchaytiruvchi sifatida foydalanish imkonini ochadi. Maydon

kuchlanganligi yana ham orttirib borishi bilan dreyf tezlik to‘yinadi (ТУЙ
 107 sm/s) (6.8-rasmda

3-4 soha). Statik rejimda bunday xarakteristika kuzatilmaydi. Diodning vohalararo o‘tishlar sodir bo‘layotgan ma’lum tor sohasidagina elektr maydon kuchlanganligining bo‘sag‘aviy qiymatiga EBO‘S erishiladi. Ushbu soha hajmiy elektr nobarqarorlik sohasi deb ataladi.
Yarimo‘tkazgich material hajmida har doim kiritmalar konsentratsiyasi kichik bo‘lgan soha mavjud bo‘ladi. Ushbu sohaning qarshiligi atrofidagi boshqa sohalar qarshiligiga nisbatan yuqoriroq bo‘lgani sababli undagi elektr maydon kuchlanganligi ЕBO‘S ga yetadi (6.7, а-rasm).
Natijada sohada zaryad tashuvchi-larning pastki nimzonadan yuqori-dagi nimzonaga o‘tishi boshlanadi. sohadagi elektronlarning dreyf tezligi kichikroq bo‘lgani sababli ular

sohadan tashqaridagi elektron-lardan orqada qoladilar. Natijada kuzatilayotgan tor sohada elektr domen deb ataluvchi qo‘sh elektr zaryad sohasi vujudga keladi. Do-menning chap tomonida sust hara-katlanuvchi elektronlar, o‘ng tomon-da esa, zaryadlari tez harakat-lanuvchi elektronlar bilan kompen-satsiyalanmagan, musbat ionlar to‘p-lanadi. Domen hosil qilgan maydon birlamchi maydonga qo‘shiladi va yangi elektronlarni yuqori nimzo-naga o‘tishini ta’minlaydi. Domen-dagi va undan tashqaridagi elek-tronlar tezliklari tenglashmagunga qadar domen zaryadi uzluksiz ortib boradi.

Yüklə 214,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə