6-sinf matematika fanidan tezis. Sana



Yüklə 28,38 Kb.
tarix01.10.2023
ölçüsü28,38 Kb.
#125220
6-sinf matematika fanidan tezis. Sana-fayllar.org


6-sinf matematika fanidan tezis. Sana


6-SINF MATEMATIKA FANIDAN TEZIS.


Sana


Mavzu


Uyga vazifa


Tezis

30.03.2020


Jadvallar.


1049- masala


Mavzu: Jadvallar.


O'qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna.
Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishda hayotiy misollar keltirildi. Jadval ma'lunotlar berishning eng qulay va keng tarqalgan usuli ekanligi aytib o'tildi. Jadvallar ko'rinishi va ularni qanday hosil qilish haqida ma'lumot berildi.Shuningdek, darslikdagi 1046 masalani o'qituvchi doskada yechib tushuntirib berdi. 1047 masaladagi jadval ham tushuntirildi. O'qituvchi masala shartidagi savollarga javobni qanday topishni o'rgatdi. Òqituvchi yana jadval asosida natijalarni topishga oid misolni doskada yechib kòrsatib berdi.Uyga vazifa etib yuqoridagi masalalarga o‘xshash 1049- masala mustaqil bajarish uchun berildi.

31.03.2020


Jadvallar.


1058-1062- masalalar


Mavzu: Jadvallar.


O'qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna.
Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishda diagrammalar nimaligi va u hayotda bizga nima uchun kerak ekanligi haqida so'zlab berildi. O'qituvchi diagrammaning tuzilishi, uning turlari haqida misollar bilan tushuntirib berdi.Diagrammalarning turlari qatnashgan masalalar kòsatib òtildi.Darslikning 201 betidagi 1057, 1058-masalalar òqituvchi tomonidan batafsil tushuntirib yechib berildi.Uyga vazifa etib yuqoridagi masalalarga o‘xshash 1058-1062- masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.

1.04.2020


Ma'lumotlar tahlili.


1068, 1070 masalalar


Mavzu: Ma'lumotlartahlili.


O'qituvchi: SharipovaDurdonaMirazamovna.
Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishda hayotiy misollar keltirildi. O'rta arifmetik qiymat, o'zgarish kengligi, moda va mediana kabi statistik xarakteristikalar haqida masalalar yechib tushuntirildi. Darslikdan 1064, 1065, 1066 - masalalar ishlandi. Uyga vazifa etib yuqoridagi masalalarga o‘xshash 1068, 1070 masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.

2.04.2020


Kombinatorika elementlari.


1072(2), 1076, 1079, 1081 - masalalar


Mavzu: Kombinatorika elementlari.


O'qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna.
Kombinatorika haqida va uning hayotda nima uchun kerakligi, biz kombinatorikani qaysi sohalarda uchratishimiz mumkinligi haqida atroflicha misollar keltirib tushuntirildi. Kombinatorikada masalalarni yechish usullari sanab òtildi. Shu usullar bilan bir nechta masalalar yechib kòrsatildi. Darslikdan 1072- masalaning ikki holini ko'rib chiqildi. Uyga vazifa etib yuqoridagi masalalarga o‘xshash 1072(2), 1076, 1079, 1081 - masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.

3.04.2020


Sodda kombinatorika qoidalariga oid amaliy masalalar yechish.


1087, 1089 - masalalar


Mavzu: Sodda kombinatorika qoidalariga oid amaliy masalalar yechish.


O'qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna.
Mavzuni boshlashdan avval o'tilgan mavzuni takrorlash qilindi. Kombinatorika masalalarini yechish usullari takrorlandi. Masalalar yechish yordamida eslab olindi. Bunda 3 ta masalani turli usullarda sodda tushunarli tilda yechib kòrsatildi.Darslikdan 1088, 1090 - masalalar ishlandi. Uyga vazifa etib yuqoridagi masalalarga o‘xshash 1087, 1089 - masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.

6.04.2020


Uchburchak yuzi.


1116(2), 1118, 1119, 1121 - masalalar


Mavzu: Uchburchak yuzi.


O'qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna.
Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishdan avval 5-sinfda o'rganilgan to'g'ri to'rtburchakning yuzini hisoblash formulasini esga olindi. Uchburchakning yuzini topishni chizmalar yordamida tushuntirildi, qoidalari aytildi. To'g'ri burchakli uchburchak va har qanday uchburchakning yuzini topish formulalari bilan tanishtirildi. Formulalarning isbotini ham ko'rsatib, tushuntirib berildi. Darslikdan 1116, 1117 - masalalar ishlandi. Uyga vazifa etib yuqoridagi masalalarga o‘xshash 1116(2), 1118, 1119, 1121 - masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.

7.04.2020


Katakli qog'ozda yuzalarni hisoblash.


darslikning 219 betidagi mavzuga oid masalalar


Mavzu: Katakli qog'ozda yuzalarni hisoblash.


O'qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna.
Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishdan avval o'tilgan mavzu qisqacha takrorlab olindi. Nuqtalar o'rnini to'ldirish shaklida kichik boshqotirma yordamida uchburchakning turlari, uning perimetri haqida mustahkamlash qilindi. Shuningdek, uchburchak yuzini topishga oid masalalar yechildi.Shundan so'ng yangi mavzu tushuntirildi. Shakllar yuzini topishda kataklardan samarali foydalanish haqida gapirildi. Va Pik formulasi tushuntirildi. Formulani yanada tushunarli bo'lishi uchun yuzalarni topishga oid masalalarni yechishda qo'llab ko'rsatildi. Turli ko'rinishdagi shakllar yuzalari hisoblandi. Uyga vazifa etib darslikning 219 betidagi mavzuga oid masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.

9.04.2020


Katakli qog'ozda yuzalarni hisoblashga oid sodda masalalar.


1145-1154 masalalar


Mavzu: Katakli qog'ozda yuzalarni hisoblashga oid sodda masalalar.


O'qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna.
Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishdan avval o'tilgan mavzu qisqacha takrorlab olindi. Katakli qog'ozda yuzalarni topishda qo'llaniladigan Pik formulasi yana bir bor esga olindi. Formulani qòllab masalalar yechildi. "O'zingiz toping!" shakilda o'quvchilarga katakli qog'ozda yuzalarni topishga oid masalalar berildi. Bundan tashqari turli ko'rinishdagi shakllar yuzalari hisoblandi. Darslikdan 1146 - masala ishlab tushuntirildi.Uyga vazifa etib darslikning shu mavzuga oid 1145-1154 masalalari mustaqil bajarish uchun berildi.

10.04.2020


Uchburchak, uning perimetri va turlari.


211-bet, 1099-1105 masalalar


Mavzu: Uchburchak, uning perimetri va turlari.


O'qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna.
Mavzu uchburchakning ta'rifini keltirish bilan boshlandi. Uchburchak elementlari chizmada ko'rsatib tushuntirildi. Uchburchak tengsizligi haqida, uchburchak tomonlari uzunliklari haqida qoida aytib berildi. Turli uzunliklardagi kesmalardan uchburchak yasash mumkin bo'lishi yoki bo'lmasligini topish to'g'risida masalalar ko'rildi.Shuningdek, uchburchakning turlari uning burchagiga va tomoniga ko'ra qanday turlarga bo'linishi haqida tushuntirildi. Mavzuni yoritish davomida turli chizmalardan foydalanildi. Perimetrini topish ko'rsatildi. Darslikdan 1101, 1106, 1112- masalalar yechib tushuntirildi. Uyga vazifa etib darslikning 211 betidagi mavzuga oid 1099-1105 masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.

13.04.2020


Uchburchak va uning perimetriga oid masalalar yechish.


1108-1111 masalalar


Mavzu: Uchburchak va uning perimetriga oid masalalar yechish.


O'qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna.
Mavzuni o'tilgan mavzuni takrorlash bilan boshlandi. Uchburchak va uning turlari, uchburchakning perimetri haqidagi ta'riflar aytilib, yana bir bora esga olindi. Chizmalar asosida masalalar yechildi. Uchburchakning perimetrini topish, uchburchakning burchaklarini topishga oid bir nechta masalalar ko'rib chiqildi. Har bir masalaning yechish usullarini o'qituvchi batafsil tushuntirib aytib o'tdi.Darslikdan 1113-masala yechib tushuntirildi. Uyga vazifa etib darslikning shu mavzuga oid 1108-1111 masalalari mustaqil bajarish uchun berildi.

14.04.2020


Uchburchakning yuzini topishga oid masalalar yechish.


1123-1129 masalalar


Mavzu: Uchburchakning yuzini topishga oid masalalar yechish.


O'qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna.
Mavzuni o'tilgan mavzuni takrorlash bilan boshlandi. Uchburchakning yuzini qanday qilib topish haqida gapirildi. To'g'ri burchakli uchburchak va har qanday uchburchakning yuzini topish formulalari ko'rsatilib, yana bir bor esga olindi.Chizmalar asosida to'g'ri burchakli, boshqa har qanday uchburchakning yuzini topib, masalalar yechildi. Har bir masalaning yechish usullarini o'qituvchi batafsil tushuntirib aytib o'tdi.Darslikdan 1125-masala yechib tushuntirildi. Uyga vazifa etib darslikning shu mavzuga oid 1123-1129 masalalari mustaqil bajarish uchun berildi

15.04.2020


Masalalar yechish.


Katakli qog'ozda 5 ta ixtiyoriy ko'pburchak yasash va ularning yuzalarini Pik formulasi yordamida topish


Mavzu: Masalalar yechish.


O'qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna.
Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishdan avval o'tilgan mavzu qisqacha takrorlab olindi. Katakli qog'ozda yuzalarni topishda qo'llaniladigan Pik formulasi yana bir bor esga olindi. Formulani qòllab turli ko'pburchaklarning yuzini topishga doir masalalar yechildi. Shuningdek, uchburchakning yuzini topishga doir masalalar ham yechildi.Uyga vazifa etib katakli qog'ozda 5 ta ixtiyoriy ko'pburchak yasash va ularning yuzalarini Pik formulasi yordamida topish berildi.

16.04.2020


Nazorat ishi.




Mavzu: Nazorat ishi.


O'qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna.
Nazorat ishini boshlashdan avval o'tilgan mavzu qisqacha takrorlandi. Uchburchak va uning turlari, uchburchakning perimetri haqidagi ta'riflar aytilib, yana bir bora esga olindi. Uchburchak tengsizligi, uchburchak perimetri va uchburchaklarning yuzini topish qoidalari aytib o'tildi, formulalari keltirildi. Shunga oid bir nechta masalalar ko'rib chiqildi.

17.04.2020


Aylana uzunligi va doira yuzi.


1157-,1158-masalalar


Mavzu: Aylana uzunligi va doira yuzi.


O'qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna
Aylana uzunligi va doira yuzi mavzusi tushuntirildi. Aylana, doira,uning radiusi va diametric haqida ma’lumot berildi.Aylana uzunligi formulasi berildi: .Mavzu ikkita masala yechib mustahkamlandi.Doira yuzi formulasi berildi: .Ikki hil masalaishlab ko’rsatildi.Darslikdagi 1156-masala ishlab ko’rsatildi.Mustaqil bajarish uchun 1157-,1158-masalalar uyga vazifa qilib berildi.

20.04.2020


Aylana uzunligi va doira yuziga doir misollar yechish


1162-1168 masalar


Mavzu: Aylana uzunligi va doira yuziga doir misollar yechish


O’qituvchi : Sharipova Durdona Mirazamovna
Darsni boshlashda o’qituvchi o’tilgan mavzuni mustahkamlashga doir savollar bilan boshladilar .Aylana uzunligi,doira yuzi formulalarini va bu formulalalrda ishtirok etgan O’zgarmas “pi” soni haqida ham savol javob o’tkazdilar.Dars davomida mustahkamlashga doir bir nechta misollar ko’rildi.Mavzuga doir 1160,1161,1164- masalalarning o’quvchilar uchun qulay tarzda tushuntirdilar.Mustahkamlsh uchun uyga vazifa qilib 1162-1168 masalalar berildi.

21.04.2020


Masalalar yechish


225-bet 1170-1173 masalar


Mavzu: Masalalar yechish.


O’qituvchi : Sharipova Durdona Mirazamovna
Darsni boshlashda o’qituvchi o’tilgan mavzuni mustahkamlashga doir savollar bilan boshladilar va aylana uzunligi,doira yuzi formulalarini keltirib o’tdilar.dars davomida mustahkamlashga doir bir nechta masalalr ko’rildi.Mustahkamlsh uchun uyga vazifa qilib 1170-1173 masalalar berildi

22.04.2020


Aylana uzunkigi va doira yuzi mavzulariga doir nazorat ishi


Takrorlash


Mavzu : Aylana uzunkigi va doira yuzi mavzulariga doir nazorat ishi


O’qituvchi: Sharipova Durdona Mirazamovna
Nazorat ishi savollari 4 ta masala berildi.dastlab nazorat ishiga o’xshash masalalar yechildi va aylana uzunkigi va doira yuzi mavzulariga doir test topshiriqlari yechildi . undan so’ng nazorat ishi uyga topshiriq etib berildi.

27.04.2020


Sonlarning bólinish belgilari.


1174-1178-masalalar


Mavzu: Sonlarning bólinish belgilari.


Óqituvchi: Durdona Sharipova
2 ga, 3 ga, 5 ga, 9 ga va 10 ga bólinish belgilari tushuntirildi, ularga doir misollar yechildi. Orada 6 ga va 15 ga bólinish belgilari ham aytib ótildi. Mavzu mustahkamlandi. Uyga vazifa sifatida 227- betdagi 1174-1178-masalalar berildi.

28.04.2020


Tub ko'paytuvchilarga ajratish. EKUB va EKUK


227-bet. 1180-misol


Mavzu: Tub ko'paytuvchilarga ajratish. EKUB va EKUK.


O'qituvchi: Durdona Sharipova
Tub sonlarga ta'rif berildi, tub songa doir masala ishlandi. Murakkab sonlarga ta'rif berildi. Natural sonlarni tub ko'paytuvchilarga ajratish tushuntirildi, misollar ishlandi. EKUB va EKUK ga ta'rif berildi, ularga doir misollar va masalalar ishlandi.
Uyga vazifa:78 sonining bo'luvchilarini toping. Shu bo'luvchilarning shunday juftliklarini yozingki, har bir juftlikdagi sonlar o'zaro tub bo'lsin. 227-bet. 1180-misol


29.04.2020


Kasrning asosiy xossasi. Kasrlarni qisqartirish


Kasrlarni qisqartirishga doir 1 ta misol va 1 ta masala berildi


Mavzu: Kasrning asosiy xossasi. Kasrlarni qisqartirish.


O'qituvchi: Durdona Sharipova
EKUB va EKUK ga doir misollar ishlandi. Sonlarni tub ko'paytuvchilarga ajratish tushuntirildi. Berilgan sonlarning EKUB va EKUK ini topish tushuntirildi. Kasrlarni asosiy xossalari va kasrlarni qisqartirish yodga olindi. Kasrlarni qisqartirish doir misollar ishlandi.
Uyga vazifa: Kasrlarni qisqartirishga doir 1 ta misol va 1 ta masala berildi


30.04.2020


Har hil mahrajli kasrlarni qo'shish va ayirish


227-bet. 1182-1186-masalalar


Mavzu: Har hil mahrajli kasrlarni qo'shish va ayirish


O'qituvchi: Durdona Sharipova
Bir hil mahrajli kasrlarni qo'shish va ayirish formulalari yodga olindi va unga doir misollar ishlandi. Har hil mahrajli kasrlarni qo'shish va ayirish formulalari tushuntirildi, misollar ishlab mustahkamlandi. Doskada mavzuga doir misollar ishlab ko'rsatildi.
Uyga vazifa: 227-bet. 1182-1186-masalalar.


1.05.2020


Har xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish


227-betdagi 1182-1186-misollarni yechish


Mavzu: Har xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish.


O'qituvchi: Durdona Sharipova
Dars o‘tilgan mavzu yani bir hil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish mavzusini takrorlanib unga doir misollar ko‘rildi. bilan boshlandi. Har xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish tushuntirilib, misollar ko‘rsatildi. Aralash kasrlarni qo‘shish va ayirishni misollar yordamida tushuntirdi. Birgalikda bajaraladigan musollar ko‘rsatildi, umumiy maxrajni topish uchun maxrajlarni EKUKi orqali topish tushuntirildi.
Uyga vazifa: 227-betdagi 1182-1186-misollarni yechish.


4.05.2020


Kasrlarni qo‘shish va ayirishga doir masalalar yechish


Mustaqil bajarish uchun masala va hisoblashga doir misollar berildi.


O‘qituvchi: Durdona Sharipova


Mavzu: Kasrlarni qo‘shish va ayirishga doir masalalar yechish.
Kasrlar ustida og‘zaki hisoblash amallari bajarildi. Har xil mahrajli kasrlarni qo‘shish va ayirishga doir misollar yechildi. Aralash sonlarni qo‘shish va ayirishga doir misollar tushuntirib ishlandi.
Masalalar ishlandi. Masalalarda qiymatlar aralash sonlar bilan ifodalangan. Masalalar doskada ishlab ko‘rsatildi.
Uyga vazifa: Mustaqil bajarish uchun masala va hisoblashga doir misollar berildi.

5.05.2020


Kasrlarni ko‘paytirish


228- bet, 1187- 1188 misollar


Durdona Sharipova


Mavzu: Kasrlarni ko‘paytirish
1.Kasrlar qanday ko‘paytiriladi?
Kasrlar qanday qoida asosida ko‘paytirilishi misollar asosida tushuntirildi. Mustaqil hisoblashga misollar berildi. O‘quvchilarga kim tezroq hisoblash topshirildi. Ko‘paytirish davomida qisqartirishlarni bajarish kerakligi aytildi.
2. Aralash sonlar qanday ko‘paytiriladi?
Ushbu savolga ham yuqoridagi kabi javob berildi.
Masalalar doskada ishlab ko‘rsatildi.
S= v*t formuladan foydalanildi.
Aralash sonlarni ko‘paytirishga doir misollar doskada tushuntirib ishlandi.
Uyga vazifa:
1187- 1188 misollar (228- bet )

6.05.2020


Kasrlarni bo‘lish


228- bet, 1191-1192 misollar


#6sinf #6may #Matematika


Mavzu: Kasrlarni bo‘lish
O'qituvchi: Durdona Sharipova
Kasrlarni qanday bo‘lamiz?
Ushbu savolga qoida va misollar asosida javob berildi.
S= a* b formuladan foydalanib masala ishlandi.
Tenglama tushuntirib ishlandi. Mustaqil bajarish uchun masala Uyga vazifa: 1191-1192 misollar (228- bet ) berildi

7.05.2020


Sonning qismini va qismiga ko'ra sonni topish.


228-betidagi 1189-1190-masalalar.



#6sinf #7may #Matematika
Mavzu: Sonning qismini va qismiga ko'ra sonni topish.
O'qituvchi: Durdona Sharipova
Sonning qismini topish qoidasi aytildi. Misollar ishlash yordamida tushuntirildi. Qismiga ko'ra sonning o'zini topish qoidasi tushuntirildi, misollar ishlash orqali kengroq bayon qilindi. Mavzuga doir bir nechta misol va masalalar ishlandi.
Uyga vazifa: Darslikning 228-betidagi 1189-1190-masalalar.


8.05.2020


Proporsiya va uning xossasi.


Proporsiya va uning xossasi.


#6sinf #8may #Matematika


Mavzu: Proporsiya va uning xossasi.
O'qituvchi: Durdona Sharipova
Ikkita nisbatning tengligi proporsiya deyiladi.
a:b=c:d
O'rta hadlar ko'paytmasi chetki hadlar ko'paytmasiga teng

a*d=b*c
Proporsiyaga doir misollar ishlandi


Uyga vazifa: 228-bet. 1193-1186-misollar

11.05.2020


To'g'ri proporsional miqdorlar.


229- betdagi 1198-1201-misollar.


#6sinf #11may #Matematika


Mavzu: To'g'ri proporsional miqdorlar.
O'qituvchi: Durdona Sharipova
To'g'ri proporsional miqdorlar haqida ta'rif aytib o'tildi. To'g'ri proporsional miqdorlarni formula orqali ko'rsatib berildi. To'g'ri proporsional miqdorlarni kasr ko'rinishi ham yozib berildi. To'g'ri proporsional miqdorlarga doir misollar yechildi, unda to'g'ri proporsional miqdor bo'lish yoki bo'lmasligi tekshirildi. Keyin to'g'ri proporsiyaning no'malum hadini topishga doir misollar tushuntirib yechib ko'rsatildi. Dars davomida to'g'ri proporsional miqdorlarga doir bir nechta misol va masalalar ham yechib ko'rsatildi.
Uyga vazifa: 229- betdagi 1198-1201-misollar.

12.05.2020


Teskari proporsional miqdorlar .


229-betdagi 1202-1203-masalalar.


#6sinf #12may #Matematika


Mavzu: Teskari proporsional miqdorlar .
O'qituvchi: Durdona Sharipova
Proporsiyalar mavzusi takrorlandi.
Ikkita nisbatning tengligi proporsiya deyiladi.
a:b=c:d

O'rta hadlar ko'paytmasi chetki hadlar ko'paytmasiga teng


a*d=b*c

Og'zaki hisoblash mashqi bajarildi. Fizika masala jadval ko'rinishda ishlandi. Teskari proporsiyaga ta'rif berildi.


Mavzuga doir misol va masalalar ishlandi
Uyga vazifa: 229-betdagi 1202-1203-masalalar.

13.05.2020


Masshtab.


229-bet. 1197-1199-masalalar.


#6sinf #13may #Matematika


Mavzu: Masshtab.
O'qituvchi: Durdona Sharipova
Masshtab haqida yana bir bor o‘quvchilarga eslatib o‘tildi. Masshtablarga doir masalalar ishlandi. Masalalar yechish davomida uzunlik o‘lchov birliklariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Masalalar geografiya, fizika fanlariga bog‘liq xolda ishlandi.
Masshtablarni kattalashtirishga doir masalalar ishlanmadi.
Uyga vazifa: 229-bet. 1197-1199-masalalar.

14.05.2020


Musbat va manfiy sonlar.


229-betidagi 1204-, 1206-, 1208-masalalar.


#6sinf #14may #Matematika


Mavzu: Musbat va manfiy sonlar.
O'qituvchi: Durdona Sharipova
Musbat va manfiy sonlar temperaturaga bog'langan holda tushuntirildi. Koordinata o'qida musbat va manfiy sonlarning joylashishini ko'rsatib o'tildi. Qarama-qarshi sonlarga ta'rif berildi. Sonning moduli tushuntirildi. Mavzuga doir misollar ishlandi
Uyga vazifa: Darslikning 229-betidagi 1204-, 1206-, 1208-masalalar.

15.05.2020


Musbat va manfiy sonlarni qo'shish va ayirish.


229-betidagi 1207-, 1209-, 1211-masalalar


#6sinf #15may #Matematika


Mavzu: Musbat va manfiy sonlarni qo'shish va ayirish.
O'qituvchi: Durdona Sharipova
Musbat va manfiy sonlarni qo'shish va ayirish tushuntirildi.
Har xil ishorali sonlarni qo'shish uchun:
- moduli kattasidan moduli kichigini ayirish;
- ayirma oldiga moduli katta qo'shiluvchi ishorasini qo'yish kerak.
Mavzuga doir misol va masalalar ishlandi

Uyga vazifa: Darslikning 229-betidagi 1207-, 1209-, 1211-masalalar.




















































http://fayllar.org
Yüklə 28,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə