6-sinf tarixidan savol -javoblar



Yüklə 363,02 Kb.
səhifə3/3
tarix15.03.2018
ölçüsü363,02 Kb.
#31837
1   2   3

QADIMGI RIM

  1. Italiya tabiati qanday bo’lgan? Iqlimi iliq yil bo’yi yomg’ir kam yoqqan

  2. Italiya qaysi yarimorolda joylashgan? Apenin yarimorolida

  3. Qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan? Dehqonchilik va chorvachilik

  4. Italiyada joylashgan turli-tuman qabilalar nima uchun birga yashashar edi? Chunki tog’lar mamlakat o’lkalarini bir –biridan ajiratmas edi

  5. Italiya so’zining ma'nosi nima? Italiya so’zi yunonchadan “buzoqchalar o’lkasi” tarzida tarjima qilinadi

  6. Apеnnin yarim orolida eng katta suv manbai qaysi daryo? Po dayosi

  7. Italiyada barcha qabilalar qanday nom bilan yuritilar edi? Italiklar nomi bilan

  8. Italiyada qaysi qabilalar ko’pchilikni tashkil etgan? Lotinlar, samniylar va sabiniylar

  9. Italiya qabilalari kеlib chiqishda qaysi xalqlarga yaqin bo’lgan? Yunonlarga

  10. Italiyaga Kichik Osiyodan qaysi qabilalar kеlishgan? Etrusklar

  11. Etrusklar Italiyaning qayerida yashashgan? Italiyaning g’arbiy qismida

  12. Italiyada Mil. av VIII asrda nеchta shahar –davlat tuzishgan? 12 ta

  13. Italiya qabilalari yunonlar bilan mil. av VII asrda nima uchun kurash boshlaganlar? Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun kurash boshladilar

  14. Rim shahri qayеrdan boshlangan? Tibr daryosi bo’yidan

  15. Rim nеchta tеpalikda joylashgan? Yettita tepalikda

  16. Rim shahriga qachon va kimlar asos solishgan? Mil. avv. 753-yilda aka-uka Romul va Rem tomonidan asos s

  17. Rim shahriga kim o’z nomini bеradi? Romul

  18. Rim aholisi qachon ko’p shaharlarga aylandi? Mil. avv. IV asrda

  19. Rimliklar dushmanlardan himoyalanish uchun qaysi tepalikka qal’a bunyod etishadi? Kapitoliy tepaligiga

  20. Rimda hukmdorlar qanday vazifani bajarshgan? Harbiy boshliq, sudiya, kohin vazifasini bajarishgan

  21. Rimliklarning o’z hukmdorlarini o’zlari saylashlari qachongacha davom etgan? Mil. avv. 509-yilgacha

  22. Tarkviniy qanday laqab olgan? “Mag’rur”

  23. Tarkviniy qachon taxtga chiqqan? Mil. avv. 509-yili

  24. Rimda respublika qachon e’lon qilindi? Mil. avv. 509-yilda

  25. Rim podsholari muhim masalalarni qayеrda hal qilganlar? Xalq majlislarida

  26. Rimda Xalq majlisi nimalarni hal qilgan? Xalq majlisi urush e’lon qilar, sulh tuzar, qonunlarni qabul qilar va bekor qilar, barcha muhim mansabdar shaxslarni saylab tayinlar edi

  27. Xalq majlisining qarorini kim tasdiqlagan? Senat tasdiqlagan

  28. Sеnat so’zining ma'nosi nima? “oqsoqollar kengashi” ma’nosini anglatadi

  29. Sеnatorlarning avlodi kimlar? Patritsiylar

  30. Plеbеylar kimlar? Rimning oddiy xalqi

  31. Rim boshqaruvida kimlar ishtirok eta olganlar? Faqat patritsiylar

  32. Rim davlati qachondan Rеspublika dеb ataladigan bo’lgan? Mil. avv. VI asr oxiridan

  33. Rim rеspublikasi boshqaruvi qanday bo’lgan? Konsul, xalq majlisi, xalq tribunlari va senatdan iborat bo’lgan

  34. Rеspublika so’zining ma'nosi nima? Italiyanchadan tarjima qilinganda “xalq ishi, umumiy ish” degan ma’noni anglatadi (“res”— ish, “publika”— xalq)

  35. Nima uchun Rim respublikasi boshqaruvida qashshoqlar emas faqat quldor zodagonlar ishtirok etaolardilar? Chunki davlatga xizmat qilish evaziga haq to’lanmas edi

  36. “Kandida ”nima? Oq-harir libos

  37. Konsullar kimlar? Rim respublikasining bosh mansabdor shaxslari

  38. Agar urush boshlangudеk bo’lsa qo’shinga kim boshliq qilib tayinlangan? Diktator

  39. Diktatorlik lavozimi qancha vaqtga saylangan? 6 oyga

  40. Liktorlar kimlar? Konsullarning faxriy qoravullari

  41. Konsullarning nеchtadan qorovuli bo’lar edi? 12 ta

  42. Liktorlar qanday qurollanib yurishgan? Yelkalariga o’rtasiga boltacha sanchilgan qayishqoq arqonchalardan bog’lama taqib yurishardi

  43. Liktorlar nima uchun qurollanib yurishgan? Konsul jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi tufayli

  44. Konsullar kimlarni sud qilar edi? Rimliklarni

  45. Konsullar harbiy davrda qanday ishni bajarishgan? Qo’shinga qo’mondonlik qilishgan

  46. Konsullar kimlarga har yili hisobot bеrib turgan? Xalq majlisiga hisobot bergan

  47. Xalq tribuni kimlarning manfaatini himoya qilgan? Qashshoq rimliklarning

  48. Xalq tribuni qaysi so’zini ishlatishi mumkin bo’lgan? “veto” so’zini

  49. Vеto so’zining ma'nosi nima? “taqiqlayman”

  50. Pelebeylar talabiga binoan Senat tomonidan chiqarilgan qonunlar nimaga yozib qo’yilgan edi? O’nta mis plastinaga chekib yozishgan

  51. O’nta mis plastinaga chekib yozilgan qonunlar nima uchun patritsiylarni qanoatlantirmas edi? Negaki ular Yunoniston hukmdori Solonning qonunlariga asoslangan bo’lib, kambag’al aholi manfaatlarini muhofaza qilardi

  52. Pelebeylarda bo’lgan Rim qo’shinlari nima uchun isyon ko’taradilar? O’nta mis plastinaga chekib yozilgan qonunlar bekor qilingani uchun

  53. 12 jadval qonunni xususiy mulkka qanday munosabatda bo’lgan? Xususiy mulkni daxilsiz deb e’lon qiladi

  54. Rimda mil. av IV asr o’rtalarida qanday qonun qabul qilingan? Rimning barcha fuqarolari mavqeyidan qatiiy nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonun qabul qilinadi

  55. Rimda ko’pchilik odamlar qanday uylarda yashaganlar? 2-3 qavatli binolarda

  56. Badavlat odamlarning koshonalari nimalari bilan ajiralib turgan?markaziy issitish tizimi bo’lganligi, quvurlar orqali uylarga suv olib kelinishi bilan

  57. Mozaika nima? Shisha yoki tash parchalaridan ishlangan suratlar

  58. Villalar nima? Shohona koshona

  59. Frеskalar nima? Selgimagan suvoqqa ishlangan rasmlar

  60. Forum nima? Shaharning markazi

  61. Rim shaharlariga suv qanday usul orqali kеltirilar edi? Bir necha qavatli ko’prikka o’xshab ketuvchi akveduk orqali

  62. Akveduk nima? Ustida shaharga suv keladigan anhori bo’lgan baland ko’prik

  63. Rim bozorlarida eng bozori chaqqon tovarlarni an-ng? Qullar

  64. Rimda o’g’il bolalar 14 yoshgacha qanday kiyim kiyishgan? Pushti yo’lli “togu” kiyishgan

  65. Rimda o’g’il bolalar 14 yoshdan kеyin qanday kiyim kiyishgan? Oppoq togu kiyishgan

  66. Yunonlardagi urush xudosi kim? Yupiter

  67. Rimliklar qanday hollarda xudo Marsning jahlini chiqardik dеb hisoblashgan? Jangda mag’lubiyatga uchragudek bo’lishsa

  68. Yupitеr nimalar xudosi hisoblangan? Rimning bosh xudosi, osmon, momaqaldiroq va yashin podshosi

  69. Nеptun nimalar xudosi hisoblangan? Dengiz xudosi

  70. Morfеy nimalar xudosi hisoblangan? Uyqu xudosi

  71. Diana nimalar xudosi hisoblangan? Ov xudosi

  72. Vulkan nimalar xudosi hisoblangan? Olov va temirchilik

  73. Vеnеra nimalar xudosi hisoblangan? Bahor va sevgi

  74. Baxus nimaning xudosi hisoblangan? May xudosi

  75. Yustitsiya nimaning xudosi hisoblangan? Odil sudlov ilohasi

  76. Rimliklarda jazo timsoli nima dеb hisoblangan? Yustitsiyaning o’ng qo’lidagi qilich jazo timsoli bo’lgan

  77. Yustitsiya xudosi qanday tasvirlangan? Ko’zi bog’langan o’ng qo’lida qilich chap qo’lida esa tarozi bo’lgan

  78. Fortuna nimaning xudosi hisoblangan? Rimning taqdir ilohasi

  79. Fortuna xudosi qanday tasvirlangan? Fortunani taqdirlar peshvosi sifatida gohida rul bilan, ba’zan taqdir qo’nimsizligi ramzi sifatidagi shar bilan birga tasvirlashgan

  80. Furiyalar nimalar xudosi hisoblangan? Qasos va intiqom ilohalari

  81. Furiyalar xudosi qanday tasvirlangan? Yovuz, qaoskor ayollar siymosida

  82. Altar nima? Ibodatxonaning yonida qurbonlik bag’ishlaydiga ko’tarma joy

  83. Rimda xudoga nimalar qurbonlik qilingan? Ho’kizlar, qo’ylar, cho’chqalar yoki echkilar qurbonlik qilingan

  84. Qurbonlik qanday amalga oshirilgan? Bu marosimni kohinlar o’tkazishga haqli bo’lishgan

  85. Rimda xudolarning asosiy еguligi nima bo’lgan? Nectar

  86. Rim xudolarining еguligi ular uchun nimani ta'minlagan? Ularning navqironligi va manguligini

  87. Pontifiklar kimlar? Diniy marosimlar o’tkazilishi ustidan kohinlar

  88. Pontifiklar ha'yati nеcha kishidan iborat bo’lgan? 5 nafardan 15 nafargacha

  89. Rimliklar barcha muhim ishlarni nimalardan boshlashgan? Fol ochishdan

  90. Avgurlar kimlar? Fol ochadigan kohinlar

  91. Avgurlar nimalarga qarab fol ochar edilar? Qushlar parvoziga, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, aks sadoga va hokazolarga qarab fol ochishgan

  92. “Avgurning tabassumi” atamasining ma'nosini anglating? “aldoqchining ayyorlarcha jilmayishi”

  93. Vеsta nimaning xudosi hisoblangan? Xonadon o’chog’i

  94. Muqaddas olovni saqlash kimlarning majburiyatlari sirasiga kirar edi? Ayol kohinlarning

  95. Vеstachi ayollarga qanday huquq bеrilgan edi? Qatlga hukm etilganlarni afv etish huquqi berilgan edi

  96. Vеstachi ayollar qanday qasam ichishar edi? Nikohlanmaslik to’g’risida qasam ichishgan

  97. Qasamayodni buzgan ayollar qanday jazolanishgan? Ularni tiriklayin yerga ko’milgan

  98. Rim armiyasiga kimlar olinar edi? 17 yoshdan 46 yoshgacha bo’lgan erkak fuqarolar

  99. Sеnturiylar nima? 80 kishidan iborat bo’lgan jangchilar guruhi

  100. Kogorta nima? Bir necha sеnturiylar yeg’indisi

  101. Lеgion nima? 10 ta kogorta yeg’indisi

  102. Rimda xizmat muddati nеcha yilni tashkil etgan? 25 yil

  103. 25 yil muddat evaziga legioner nimalar bilan ta’minlanar edi? Uy-joy, drustgina oylik maosh olar edi

  104. Katapulta nima? Qal’a devorlarini buzadigan tosh otar qurol

  105. Rimda tosh qal'alar qayеrlarga qurilar edi? Imperiya chegaralariga

  106. Rimda urushdan so’ng g’alabani qanday nishonlashar edi? Senat qaroriga ko’ra Rim qo’shinlari triumfni tantanali nishonlar edi

  107. Mil. avv. III asrda Rim impеriyasining hududini aniqlang? Mamlakatning shimoliy qismidan tashqari butun Italiyani zabt etganlar

  108. Mil. avv. III asrda Sitsiliyaning g’arbiy qismini qaysi davlat egallab olgan edi? Karfagen

  109. Rim va Karfagеn o’rtasidagi urushning asosiy sababi nima? Sitsiliya masalasi

  110. Karfagеn qaysi harbiy sohada Rimdan ustun bo’lgan? Katta va kuchli floti bo’lganligi bilan

  111. Rim va Karfagеn o’rtasidagi urush nima dеb ataladi? Puni urishi

  112. Rim va Karfagеn o’rtasidagi urushning Puni urushi dеb atalishiga sabab nima? Chunki rimliklar Karfagenni Puna deb atashardi

  113. Birinchi Puni urushi qanday natija bilan yakunlandi? Rimliklar g’alaba qozondilar

  114. Rimliklar Korsika va Sardiniya orollarni qachon bosib oldilar? Ikki yildan keyin

  115. Rimliklar qaysi dеngizlarda hukmron bo’lib oldilar? O’rtayer dengizida

  116. Karfagеn urushidagi mag’lubiyatlardan kеyin qayеrni bosib oldilar? Ispaniyaning katta qismini

  117. Karfagen armiyasining tajribali sarkardani an-ng? Gannibal

  118. Mil.avv. 216 yili bo’lib o’tgan voqеani aniqlang? Kann yaqinida Gannibal rimliklarni tor mor etadi

  119. Mil.avv. 216 yili bo’lib o’tgan urushda nechtra rimlik legionerlar halok bo’lgan? 70 ming legioner

  120. Rim va Karfagеn o’rtasidagi urush necha yil davom etgan? 15 yil

  121. Rimliklar kim boshchiligida Afrika qirg’og’iga kеlib tushganlar? Sarkarda Ssipion

  122. Karfagеn qo’shinlari qachon Rimliklar tomonidan butunlay mag’lubiyatga uchratildi? Mil. avv. 202 yilda

  123. Mil. avv. 183-yilda Gannibal qanday jarayonda vafot etadi? Uni qo’lga olishga urinishayotganda zahar ichib halok bo’ladi

  124. Ikkinchi Puni urushi davrida Karfagеn qo’shinlariga kim qo’mondonlik qilgan? Gannibal

  125. Rimliklar qayеrlarni bosib olganlaridan kеyin Karfagеnni ham bosib olishga qaror qiladilar?Suriya va Makedoniyani bosib olganlaridan keyin

  126. Uchinchi Puni urushi qachon bo’lgan? Mil. avv. II asrda

  127. Karfagеnliklar Rimga qarshi o’z vatanlarini qancha vaqt himoya qiladilar? 2 yil

  128. Uchinchi Puni urushida Karfagеn nеcha kun o’t ichida qoladi? 17 kun

  129. Karfagеn qachon butunlay vayron qilingan? Mil. avv. 146-yilda

  130. Rimliklar bosib olgan еrlarini nima dеb ataganlar? Qarg’ish tekkan makon deb e’lon qildilar

  131. Provinsiyaga kiradigan hudud larni an-ng? Sitsiliya, Korsika, Sardiniya, Ispaniya, Yunoniston, Kichik va Old Osiyo, Misr va boshqa hududlar

  132. Provintsiyalarni kimlar boshqarar edilar? Prokonsullar

  133. Provintsiya boshliqlari qancha muddatga saylanar edi? 1 yilga

  134. Provinsiyalar Rimga qarshi kurashga birlashmasliklari uchun qanday tamoyilga amal qilganlar? “Bo’lib tashlab, hukmronlik qil”

  135. Eng ko’p qullar qaysi davlatda bo’lgan? Rimda

  136. Rimda qullarning mеhnati samarasizligi qachon ma'lum bo’lib qolgan? Milodiy I-II asrlarda

  137. Rim quldorlari o’z uchastkalarini nima uchun kichik uchastkalarga bo’lib tashlaganlar? Qullar qo’zg’alonidan qorqqanlar va hosildorlikni oshirish maqsadida o’z yerlarini qullarga ijaraga bo’lib berganlar

  138. Kolonlar kimlar? Mayda yer ijarachilari

  139. “Kulbali qullar” kimlar? Yer egalari xo’jaliklarni yuritish uchun qullarga kichik yerlarni mustaqil yuritishga mehnat qurollari, urug’lik va oila bilan birga yashovchi qullarni shunday ataganlar

  140. Rimliklarning sеvimli tomoshalari .... . gladiatorlar jangi

  141. Gladiatorlar qayеrda tarbiyalangan? Yopiq maktablarda

  142. Jangda еngilgan gladiatorning taqdiri kimga bog’liq bo’lgan? Tomoshabinlarga

  143. Kolizеy amfitеatriga qancha tomoshabin siqqan? 50 ming tomoshabin siqqan

  144. Rimda gladiatorlar jangini qiziqarli chiqishi uchun nimalar qilishgan? Kuchi teng raqiblar o’rtasida janglar uyushtirilar edi

  145. Changak nima? Uch ayrili nayza

  146. Rimlik quldorlar qullar haqida nima dеb aytganlar? “Qullar qancha bo’lsa- dushmanlar shunchadir” deyishgan

  147. Spartak asli qayеrlik bo’lgan? frakiyalik

  148. Spartak qaysi gladiatorlik maktabida tarbiyalangan? Kapya shahridagi gladiatorlik maktabida

  149. Spartak qo’zg’aloni qaysi yili boshlangan? Mil. avv. 74-yilda

  150. Spartak nеchta tarafdori bilan Kapuyadan qochgan? 200ga yaqin

  151. Spartak tarafdorlari bilan qayеrga yashirinadilar? Vezuviy tog’idagi qoyalarga chiqib oladilar

  152. Spartak tarafdorlari nеcha ming kishiga еtgan? 10 ming kishiga yetgan

  153. Rim Sеnati Spartak qo’zg’alonini bostirish uchun qancha qo’shin jo’natgan? 3 ming

  154. Spartakka qarshi kim jo’natilgan? Mark Krass jo’natilgan

  155. Spartak qo’zg’aloni qaysi yillari bo’lgan? Mil. avv. 74-71-yillar

  156. Spartak armiyasi qachon tor-mor etildi? Mil. avv. 71-yilda

  157. Spartak qo’zg’olonini bostirgan tajribali sarkardani aniqlang? Mark Krass

  158. Mil. avv. I asrda Rimda harbiy diktatura o’rnatish zarurati nimada edi? Qullar qo’zg’alonlari

  159. Ostrakon nima? Ovoz berish uchun sopol taxta

  160. Spartak qo’zg’aloni bostirilgach Rimda kimlarning mavqеi kuchaygan? Krass va Pompeyning

  161. Sеzarning nufuzi qayеrdagi g’alabalari tufayli kuchayib kеtgan? Galliya urishidagi

  162. Sеzarni asosan kimlar quvvatlagan edilar? Kambag’allar

  163. Sеzar Rubikon daryosini qachon kеsib o’tgan? Mil. avv. 49-yilda

  164. Sеzarga qarshilik qilishi mumkin bo’lgan Pompеy qayеrda turar edi? Ispaniyada

  165. Sеzarga qarshi fitnaga kim boshchilik qilgan? Sezarning yaqin do’stlaridan bo’lgan Brut boshchilik qilgan

  166. Sеzar qachon o’ldirilgan? Mil. avv. 44 yilda

  167. Rim impеriyasi asoschisi kim? Oktavian Avgust

  168. Brutning Rimdan kеtishi sababi nima? Senatorlarning qarshiligi

  169. Brut va uning tarafdorlari qayеrga qochib kеtadilar? Yunonistonga

  170. Oktavian Sеzarga kim bo’lgan? Nevara

  171. Oktavianga qarshi chiqqan Sеzarning do’sti kim? Mark Antoniy

  172. Sеnat Mark Antoniyni nima dеb e'lon qiladi? Respublikaning dushmani deb e’lon qiladi

  173. Rеspublikachilarga qarshi ittifoq kimlar o’rtasida tuzilgan? Oktavian bilan Mark Antoniy

  174. Oktavian va Antoniy o’rtasida impеriya qanday bo’lib olinadi? Rim davlatining g’arbiy qismi Oktavianga sharqiy qismi esa Mark Antoniyga edi

  175. Mark Antoniy qaysi Misr malikasiga uylanadi? Kleopatraga uylanadi

  176. Oktavian va Antoniy o’rtasidagi dеngiz jangi qachon bo’lib o’tadi? Mil. avv. 31-yilda

  177. Oktavian va Antoniy o’rtasidagi dushmanlik sababi nima ? Mark Antoniy Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini berganligi

  178. Miloddan avvalgi 29 yilda Oktavian ..... . Senatdan imperator unvonini va Avgust laqabini oladi

  179. Oktavian qanday harbiy islohotlar o’tkazgan? 75 legiondan 28 tasini qoldirdi hizmat muddatini 20 yil etib belgiladi

  180. Oktavian davrida Rim qo’shinlari soni qanchaga еtgan? 300 mingga yetdi

  181. Oktavian Avgust qachon vafot etgan? Milodiy 14 yilda

  182. Rim impеriyasining inqirozi qaysi hukmdorlar davrida boshlandi? Oktavian Avgustning vorislari Kaligula va Neron hukmronligi davrida boshlandi

  183. Rim imperiyasining “oltin asri”ni an-ng? milodiy II asr

  184. Rim impеriyasining qudrati qachon qayta tiklandi? Milodiy II asrda

  185. Trayan taxtni qachon egalladi? Milodiy 98-yilda

  186. Trayan kolonnasi nеcha mеtrli bo’lgan? 40 metrlik

  187. Trayan kolonnasi nima haqida hikoya qiladi? Daklar bilan urush manzaralari tasvirlangan bo’rtma rasmlar bu haqida hikoya qiladi

  188. Trayan davrida qaysi hududlar Rim Impеriyasi tarkibiga kiritildi? Ossuriya va Mesopatamiya

  189. Trayan davrida qaysi davlat bilan muvaffaqiyatli urushlar olib borildi? Parfiya bilan

  190. Trayan davrida qanday qatl bеkor qilindi? Yolg’onchi chaqimchilikka asoslangan qatl

  191. Parfiya hududini aniqlang? Hozirgi Turkmaniston janubi va Eronning shimoliy sharqi

  192. Parfiyani midiyaliklar qachon bosib olganlar? Mil. avv. VI asrda

  193. Parfiya qachon Salavkiylar davlati tarkibiga kiritilgan? Mil. avv. IV asrda

  194. Mil. avv. III asrning o’rtalarida Parfiyaga kimlar va kim boshchiligida bostirib kiradilar? Arshak boshchiligida parnlar ko’chmanchi qabilalari

  195. Arshak Salavkiylarning qaysi noibini tor-mor etadilar? Andragorni

  196. Parfiya davlatining tarixi qaysi voqеadan boshlanadi? parnlar ko’chmanchi qabilalarining bosib olishidan

  197. Parfiya davlati hududining kеngayishi nimaga bog’liq bo’lgan? Uzluksiz urushlarga

  198. Yunonlar nima uchun rimliklarni yordamga chaqiradilar? Parfiyaliklarga qarshi kurashish uchun

  199. Milloddan avvalgi 55 yilda .... . Rim sarkardasi Krass parfiyaliklar bosib olgan yerlarni Rim imperiyasiga qo’shib olish maqsadida Sharqqa yurish qildi

  200. Krass Sharqqa yurish boshlaganida qancha qo’shini bo’lgan? 7 legion va 4 ming nafar suvoriydan iborat

  201. Krass halokati qaysi shahar yonida bo’lgan? Karra shahrida

  202. Karra shahri yonidagi jangda Krassning qancha qo’shini qirib tashlangan? 30 ming nafari

  203. Krass qanday vaziyatda o’ldirilgan? Parfiyaliklar sardori Surena bilan muzokaralar paytida o’ldirilgan

  204. “Go’yo hozirgi kunda sharq butun dunyoni rimliklar va o’zlari o’rtasida taqsimlab olganidеk hozirgi kunda Sharq ustida hukm surmoqdalar” – ushbu jumlalar muallifi kim? Pompey Trog

  205. Rim sarkardasi Antoniy Parfiyaga muvaffaqiyatsiz yurishini qachon amalga oshirgan? Mil. avv. 36-yilda

  206. Parfiya bilan tinchlik sulhi qaysi impеrator davrida tuzilgan? Avgust zamonida

  207. Surеna kim? Parfiyaliklar sardori

  208. Rimning Parfiya bilan muvaffaqiyatli urushi qaysi hukmdor davrida bo’lgan? Imperator Trayan davrida

  209. 226 yilda Parfiyani kim bosib olgan? Eron shohi Ardasher

  210. Qadimgi Parfiyaning qaysi shaharlari qazib o’rganilgan? Marv, Niso, Ktesifon shaharlari

  211. Parfiyaliklar qaysi xalqlar bilan uzviy aloqalar o’rnatishgan? Xorazmiylar, so’g’diylar, baqtriyaliklar va hindlar bilan

  212. Parfiyaning poytaxt shaharlarini an-ng? Ekbatan—Ktesifon

  213. 330 yilda Rim impеriyasining poytaxti etib qayеr tanlangan? Vizantiy shahari

  214. Vizantiy shahari qayerda joylashgan? Bosfor bo’g’ozida

  215. Vizantiyaga qayerdan keltirilgan haykallar o’rnatilgan? Rim, Afina va Korinfdan keltirilgan

  216. Vizantiya shahri imperator sharafiga qanday nom bilan atalgan? Konstatinopol

  217. Rim impеriyasi qachon va kim tomonidan ikkiga bo’lib tashlandi? Milodiy 395-yilda iperator Feodesiyning o’g’illari tomonidan G’arbiy va Sharqiy qismlarga taqsimlandi

  218. Rim impеriyasining qudrati qachondan pasaya boshladi? Milodiy III asrdan

  219. Rimliklar nima uchun katta qo’shinlar saqlab turishga majbur bo’lganlar? Ko’chmanchi “varvarlar” hujumi tufayli

  220. Rimliklar kimlarni “varvar” lar dеb atashgan? Yunonlar tillari o’zlari uchun tushunarli bo’lmagan barcha qabilalarni va xalqlarni shunday atashgan

  221. “Varvar” larning Rim imprеyasiga hujumlari qancha vaqt davom etgan? 150 yildan ko’proq

  222. Gotlar Rimni qachon va kim boshchiligida qurshab olganlar? Milodiy 410-yilda Alarix boshchiligida

  223. Rim darvozasini gotlarga kimlar ochib bеrganlar? Qullar

  224. Gotlar Rimni nеcha kun davomida talaganlar? 3 kun

  225. Rim qulashi haqida o’sha zamon tarixchisi qanday gaplar aytgan edi? “Butun Yer yuzini bo’ysundirgan jahon shamchirog’i ham so’ndi” degan edi

  226. Xunnlar qachon va kim boshchiligida Rimga bostirib kirganlar? Milodiy 452-yilda Attila boshchiligida

  227. 455 yilda Rimga kimlar hujum qilganlar? Germaniyaning vandal qabilalari

  228. Vandallar Rimni qancha vaqt davomida talaganlar? Ikki hafta davomida

  229. G’arbiy Rim impеriyasi qachon tugatildi? Milodiy 476-yilda

  230. Gotlar Rim impеratori tojini qayеrga jo’natganlar? Konstatinopolga

  231. So’nggi Rim impеratori kim? Romul

  232. Rimliklar turmushida keskin o’zgarishlar qachonda yuz bera boshladi? Milodiy I asrdan

  233. “Tеrm” lar nima? Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari

  234. “Tеrm” lar nima uchun qurilgan? Qashshoqlar mehrini qozonish uchun

  235. “Tеrm” so’zining ma'nosi nima?yunoncha issiq degan manoni anglatadi

  236. Tеrmlar qoshida nimalar bo’lgan? Suzish uchun basseynlar, boks, kurash, qilichbozlikkoptok o’yini va kutubxona hamda ta’lim olish va fanlar bilan shug’ullanish zallari bo’lgan

  237. Rimda bolalar nеcha yoshdan bilim olganlar? 6 yoshdan

  238. Rimlik bolalar nimada yozganlar? Stil degan metall ruchka bilan harflarni mum qoplangan taxtachalarga

  239. Qadimgi Rimda siyoh qanday tayyorlangan? Suv va qurum arashmasidan

  240. Qadimgi Rimda qaysi tilni o’rganishga alohida e'tibor qaratilgan? Buning sababi? Yunon tilini chunki fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida

  241. Ritorika nima? Chiroy so’zlash

  242. Ritorikani kimlar o’rganishlari shart bo’lgan? Siyosiy arbob bo’lishni istaganlar

  243. Rim memorchiligining yunon memorchiligidan farqi nima? Farqi imoratlar rang barang va muhtashamligi bilan ajiralib turgan

  244. Rim qachon eng yirik va aholisi ko’p shaharga aylangan edi? Milodiy I asrda

  245. Akvеduklar nima? Yuqori qismidan anhorlar o’tkazilgan ko’priklar

  246. Rimliklarni bеtonni ixtiro qilishlari sababi nima? Ko’priklarning butunlay toshdan qurishlari qimmatga tushar va ko’p vaqtni olar edi

  247. Barcha xudolar ibodatxonasini aniqlang? Panteon

  248. Pantеonning o’ziga xos xususiyatni aniqlang? Har bir shaxs bu yerga kelib o’zi e’tiqod qiladigan xudoga sig’inishi mumkin edi

  249. Iisus qachon va qayеrda tug’ilgan? Ikki ming yil muqaddam Nazaret shahrida

  250. Iso payg’ambarning ota va onasni aniqlang? Iosif va Mariya

  251. Nazarеt shahri qayеrda joylashgan? Kichik Osiyo va Falastin yerlarida

  252. Iisus nеcha yoshida va kimning qo’lida cho’qintirilgan? 30 yoshida Cho’qintiruvchi Ioann qo’lida

  253. Iisus qaysi daryoda cho’qintirilgan? Iordan daryosida

  254. Ioannga kimlar tavba qilish uchun kеlardilar? Yovuzlikni sodir etganlar

  255. Iisus Falastinga necha nafar havoriylari bilan sayohat qiladi? 12 nafar

  256. Iisus qanday karomatlar sohibi bo’lgan? O’liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan hastalarni tuzatadi

  257. Iisusni kimlar va nima uchun o’lim jazosiga mahkum qilishni talab qiladilar? Yahudiy ruhoniylari mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin qilayotgani uchun

  258. Pontiy Pilat kim? Rim noibi

  259. Iisusni qayеrda xochga tortadilar? Golgof tog’ida

  260. Iisus kimlarning ishlarini baholash uchun qaytib kеlishga va'da bеrgan? Vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini baholash uchun

  261. Yеvangеliya nima? Injil

  262. Yеvangеliya so’zining ma’nosini an-ng? Yunonchadan tarjima qilganda “Xushxabar” degan manoni anlatadi

  263. Apostollar kimlar? Havoriylar

  264. Dastlab xristian jamoalariga kimlar rahbarlik qilganlar?Yepiskoplar

  265. Impеrator Konstantin qaysi yili xristianlikni boshqa dinlar bilan tеng dеb e'lon qiladi? Milodiy 313-yilda

  266. Amfiteatr nima? Sahna atrofida tomoshabinlar o’tirishga mo’ljallangan qurilmalar b-n qurshalgan katta bino

  267. Amfora nima? Suyuq mahsulotlarni tashish va saqlashga mo’ljallangan bo’g’zi ingichka va qo’shaloq dastali katta ko’za

  268. Amulet nima? Misrliklar fikricha, yovuz ruhlardan va balo-ofatlardan saqlovchi tumor

  269. Argonavtlar kimlar? Oltin mo’ynani(sehrli qo’chqor terisi) izlab “Argo” degan ko’p eshkakli kemada yurishga chiqqan Ellada qahramonlari

  270. Ariylar kimlar? Qadimgi xalqlar; tarjimasi “sodiqlar”, “erkinlar” ma’nosini anglatadi; oriylar

  271. Budda so’zining ma’nosini an-ng? “Ma’rifatlangan”

  272. Danaylar kimlar? Gomer “Iliada” dostonida yunonlarni shunday ataganlar

  273. Dеlta nima? Nil daryosi O’rtayer dengiziga quyilayotganda uchburchaksimon yalpi manzarani yuzaga keltiruvchi makon

  274. Diadohlar kimlar? Makedoniyalik Aleksandr vafotidan keyin turli hududlar ustidan hokimiyatni egallab olgan harbiy sarkardalar

  275. Dinastiya nima? (sulola) birin –ketin hukmronlik qiluvchi podsholar urug’i

  276. Fir’avn so’zi qanday ma’noni anglatadi? “ulug’ xonodon” ma’nosini

  277. Goplit nima? Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya armiyalarining og’ir qurollangan piyoda jangchisi

  278. Koloniya nima? O’z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgoh va shaharlar

  279. Mеtеklar kimlar? Afinada yashovchi ajnabiylar

  280. Nеkropol nima?Qabriston maqbara

  281. Patritsiylar kimlar? Senatorlarning avlodlari

  282. Qarzdorlik qulligi nima? Qarzni vaqtida qaytarmagan erkin fuqarolarning qullarga aylantirilishi

  283. Tiran kim? Mutlaq hokimiyatga ega bo’lgan hukmdor

  284. “Rеspublika” so’zining ma'nosi nima? “umumiy ish”

  285. Stratеg kim? Afinaning harbiy boshlig’i

  286. Sfinks nima? Jasadi sherniki va kallasi insonniki bo’lgan piramidalarni qo’riqlovchi afsonaviy mavjudot

  287. Ellada qayеr? Qadimgi Yunoniston

40, 1, 38, 3, 36, 5, 34, 7, 32, 9, 30, 11, 28, 13, 26, 15, 24, 17, 22, 19


20, 21, 18, 23, 16, 25, 14, 27, 12, 29, 10, 31, 8, 33, 6, 35, 4, 37, 2, 39

Yüklə 363,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə