65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


T/r Xo‘jalik operatsiyasining



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə51/125
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#147803
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125
65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar-fayllar.org

T/r


Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni




Bog‘lanuvchi schotlar




Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar




debet




kredit


1

Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv tashkil etilgan (dekabrning yakunlovchi yozuvlari bilan)


9430

4910

Buxgalteriya ma’lumotnomasi, solishtirma dalolatnoma




2

Xaridorlar va buyurtmachilar qarzlari dargumon qarzlar rezervlari hisobiga hisobdan chiqarilgan


4910

4010

Solishtirma dalolatnoma, Xo‘jalik sudining qarori




3

Dargumon qarzlar rezervlari hisobidan olingan veksellar bo‘yicha xaridorlar va buyurtmachilar qarzlari hisobdan chiqarilgan


4910

4020

Solishtirma dalolatnoma, Xo‘jalik sudining qarori




4

Xodimlarga berilgan bo‘naklar bo‘yicha umidsiz qarzlar hisobdan chiqarilgan


4910

4210-4290

Solishtirma dalolatnoma, Xo‘jalik sudining qarori




5

Mol yetkazib beruvchilarga berilgan bo‘naklar bo‘yicha umidsiz qarzlar hisobdan chiqarilgan


4910

4310

Solishtirma dalolatnoma, Xo‘jalik sudining qarori




6

Budjetga bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha umidsiz qarzlar hisobdan chiqarilgan


4910

4410

Solishtirma dalolatnoma, Xo‘jalik sudining qarori




7

Maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha umidsiz qarzlar hisobdan chiqarilgan


4910

4510-4520

Solishtirma dalolatnoma, Xo‘jalik sudining qarori




8

Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha umidsiz debitorlik qarzi hisobdan chiqarilgan


4910

4710-4730

Solishtirma dalolatnoma, Xo‘jalik sudining qarori




9

Ilgari korxona tomonidan dargumon deb tan olingan turli debitorlarning talab qilib olinmagan qarzlari hisobdan chiqarilgan


4910

4810-4890

Buxgalteriya ma’lumotnomasi




10

Agar dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha ushbu rezerv qaysidir bir qismida ishlatilmagan taqdirda, dargumon qarzlar bo‘yicha rezervning ishlatilmagan summalarini qo‘shish aks ettirilgan


4910

8710

Buxgalteriya ma’lumotnomasi




11

Bevosita (to‘g‘ri) hisobdan chiqarish usuli bilan dargumon debitorlik qarzlari hisobdan chiqarilgan


9430

4010, 4890

Buxgalteriya ma’lumotnomasi






V BO‘LIM. PUL MABLAG‘LARI, QISQA MUDDATLI
INVESTITSIYaLAR VA BOShQA JORIY AKTIVLAR
Kassadagi pul mablag‘larini hisobga

oluvchi schotlarning (5000) bog‘lanishi


Hisob-kitob schotidagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schotlarning (5100) bog‘lanishi
Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schotlarning (5200) bog‘lanishi
Bankda maxsus schotlardagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schotlarning (5500) bog‘lanishi
Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi
schotlarning (5600) bog‘lanishi
Yo‘ldagi pul mablag‘lari (o‘tkazmalari)ni hisobga
oluvchi schotlarning (5700) bog‘lanishi
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga
oluvchi schotlarning (5800) bog‘lanishi
Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan
yo‘qotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga
oluvchi schotlarning (5900) bog‘lanishi
Ushbu bo‘limning schotlari korxonaga tegishli bo‘lgan kassadagi mavjud milliy va chet el valyutasidagi, O‘zbekiston Respublikasi hududi va xorijdagi banklar schotlaridagi pul mablag‘lari, pul ekvivalentlari, qimmatli qog‘ozlarga qilingan qisqa muddatli qo‘yilmalar, shuningdek kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar va boshqa joriy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Ushbu bo‘limdagi schotlarda chet el valyutasidagi pul mablag‘lari va ularga tegishli operatsiyalar milliy valyutada (so‘mda), chet el valyutasining pulli hisob-kitob hujjatlaridan ko‘chirma olingan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta baholash orqali hisobga olinadi. Hisobot oyining so‘nggi kunidagi pul mablag‘lari qoldiqlarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha har oyda qayta baholash natijasidagi kurs farqlari qonunchilik bilan belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Pul mablag‘lari hisobini tartibga soluvchi asosiy qonun va me’yoriy hujjatlar quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) "Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi" (moliya vazirining 2004 yil 23 martdagi 51-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2004 yil 21 mayda 1364-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
- Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risida nizom (moliya vazirining 2003 yil 23 dekabrdagi 131-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2004 yil 14 yanvarda 1297-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
- Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari (O‘zR MB tomonidan 1998 yil 24 yanvarda 376-son bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 1998 yil 17 dekabrda 565-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
- O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish tartibi (O‘zR MB tomonidan 1998 yil 28 martda 35-son bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 1999 yil 22 yanvarda 611-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
- O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida nizom (O‘zR MB Boshqaruvining 2002 yil 12 apreldagi 60 (1/4)-son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2002 yil 15 aprelda 1122-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
- Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish to‘g‘risida nizom (2004 yil 2 sentabrdagi O‘zR MVning 98-son, O‘zR IVning 41-son, O‘zR DSQning 2004-57-son, O‘zR MBBning 257-V-son, O‘zR Davstatqo‘mning 8-son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2004 yil 17 sentabrda 1411-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan).



Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə