6bi-21 guruh talabasi Olimjonov jamshidbekning “Moliya nva moliyaviy texnologiyalar” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 9,02 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü9,02 Kb.
#166834
  1   2
moliya Olimjonov jamshidbekning

6BI-21 guruh talabasi Olimjonov jamshidbekning “Moliya nva moliyaviy texnologiyalar” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Mavzu: Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi davlat moliyaviy davlat moliyaviy salohiyatining asosi

Reja

  • Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi

  • 2. Moliyaviy salohiyat o‘sishining omillari

Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti subyektlari va aholining pul daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib, o‘zaro bog‘langan quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topadi:


Respublika va mahalliy budjetlar, davlat nobudjet fondlari bud-jetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; davlat (unitar) XYuSlari va dav-latning ishtirokidagi XYuSlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohi-yati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag‘lar, uy-ro‘zg‘or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson kapitali kiradigan moddiy kapital ko‘rinishidagi milliy boylik hajmi (o‘lchami)ni kiritish mumkin;
Xususiy XYuSlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari ak-tivlar va aylanma aktivlarining yig‘indisidan tashkil topadi. Bu yerda ay-lanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallan-magan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daromadli qo‘yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlar-dan iborat. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, pul mablag‘lari va boshqa aylanma aktivlar kiradi. XYuSlarning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog‘liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga ega bo‘lgan XYuSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy natijalarga erishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlikning natijaliligiga, moliyaviy resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘ladi;
bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati – kredit resursla-riga bo‘lgan iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha kredit tash-kilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig‘indisi. Juda ko‘pchilik mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoni-yatiga ega emas. XYuSlarga taqdim etilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xarakterga ega. Asosiy kapitalni shakllantirish-dagi kreditlarning salmog‘i iqtisodiy samaradorlik o‘sishi uchun yetarli emas;
sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbir-korlik risklarini pasaytiradigan, jamg‘arma va hamda investitsiyalar o‘si-shini ta’minlaydigan pul sug‘urta resurslarini shakllantirish bo‘yicha su-g‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar yig‘indisining amalga oshi-rilishi orqali namoyon bo‘ladi;
uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ularning ja-mi daromadlari, soliq, renta va foiz to‘lovlari, investitsion talabning o‘si-shiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqali ifodalanadi.

Yüklə 9,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə