6bi-21 guruh talabasi Olimjonov jamshidbekning “Moliya nva moliyaviy texnologiyalar” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Hozirgi paytda ko‘plab mamlakatlarda aholining jamg‘armalari, XyuS va tashkilotlarning jamg‘armalari singari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun to‘liq foydalanilmayapti



Yüklə 9,02 Kb.
səhifə2/2
tarix30.12.2023
ölçüsü9,02 Kb.
#166834
1   2
moliya Olimjonov jamshidbekning

Hozirgi paytda ko‘plab mamlakatlarda aholining jamg‘armalari, XyuS va tashkilotlarning jamg‘armalari singari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun to‘liq foydalanilmayapti.


Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining negizini iqtisodi-yotdagi real sektor moliyasi tashkil etadi. Moddiy boylik ishlab chiqa-rish sohasida ishlab chiqarish samaradorligiga salmoqli ta’sir ko‘rsatuv-chi moliyaviy munosabatlar shakllanadi.
XYuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o‘sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ish-lab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo‘lgan qarz mablag‘lari asosida tashkil topadi.

Ko‘p darajali budjet tizimi va nobudjet fondlar faoliyatidagi qayta taqsimlash jarayonlarini takomillashtirish moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari o‘sishining quyidagi yo‘na-lishlari bilan uzviy bog‘langan:


Budjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlashning sa-maradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sirchan fiskal siyosatni hayotga tatbiq etish bilan bog‘liq. Bu siyosat, o‘z navbatida, ishlab chiqarishning o‘sishi va XYuSlarning investitsiyalarga yo‘nal-tiriladigan moliyaviy resurslarining o‘sishi rag‘batlantirilishini ko‘zda tutmog‘i kerak;
Bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taqsimlanishi-ni optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy instrument va mexa-nizmlari quyidagilar hisoblanishi mumkin: kredit siyosati; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar hajmining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog‘ozlar bo-zori. Iqtisodiyotda bu instrument va mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XYuSlarning investitsion imkoniyatlari chegaralarini ken-gaytiradi, aholining pulli jamg‘armalarini investitsiyalarga jalb qiladi;
Yangi samarali iqtisodiyotni – intellektual infrastrukturaning yu-qori sur’atlarda rivojlanishi farqlanuvchi belgisi bo‘lgan bilimlar iqtiso-diyotini shakllantiradigan XYuSlarning ildam rivojlanishi. Mamlakat-dagi raqobatbardosh iqtisodiyotning yadrosini yuqori qo‘shilgan qiymat va yuqori darajada qayta ishlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi tarmoqlar tashkil etmog‘i lozim. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishida xomashyo-energiya sektorining hukmronlik qilishi, yoqilg‘i-energetika kompleksining sanoat ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va respublika budjeti daromadlarida, eksportda va valuta tushumlarida nis-batan katta salmoqning egallashi iqtisodiyotning yo‘nalishda tomonga deformatsiyalanganidan dalolat beradi. Milliy xo‘jalikning bunday tarki-biy nomuvofiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari yetaklaydi, uni moderni-zatsiya qilish vazifalarini murakkablashtiradi.
XYuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning samarali investitsion-tadbirkorlik faolligiga bog‘liq. Zamonaviy o‘zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo‘shgan holda o‘z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravish-da ilmiy-texnik jihatdan yangilashni va rivojlantirishni talab qiladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy bar-qarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashning o‘ziga xos omili ular-ning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsern-lar, konglomeratlar, xoldinglar, konsorsiumlar va boshqalar) birlashishi hi-soblanadi. Bank va sanoat kapitalining real qo‘shilishi va ta’sirchan mo-liyaviy kapitalning shakllanishi sodir bo‘lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining o‘sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining o‘zaro ta’sirchanligi va investitsiya-larning o‘sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik mas-shtabli moliyaviy vazifalarni yechishga imkon bermoqda.
Yüklə 9,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə