Ta’lim texnologiyasining yo‘nalishlari ko‘p bo‘lib, ulardan ba’zilari haqida yoritib o‘tamiz



Yüklə 26 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü26 Kb.
#150467
2 stend


Ta’lim texnologiyasining yo‘nalishlari ko‘p bo‘lib, ulardan ba’zilari haqida yoritib o‘tamiz.
Hozirgi an’anaviy ta’lim XVII asrda Ya.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirgi o‘quv muassasalarida eng ko‘p qo‘llanilayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish maksadlarida yaratilib, hozirda rivojlanib bormokda.
Talaba faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar (muammoli o‘qitish texnologiyalari, loyihaviy texnologiyalar, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi texnologiyalar, tayanch konspektlar, o‘yinli texnologiyalar).
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar (hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari, insonparvarlikka asoslangan pedagogik texnologiyalar va b.).
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari (talaba shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, o‘quv motivatsiyasini, bilish ehtiyojlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari).
O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan pedagogik texnologiyalar (tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari, modulli o‘qitish, ta’limning jamoa usuli, guruhli o‘qitish, kompyuterli ta’lim texnologiyalari).
Noan’anaviy texnologiyalar (innovatsion texnologiyalar, interaktiv 56 usullar, grafik organayzerlar, rolli-didaktik o‘yinlar, treninglar).
Ta’limda axborot texnologiyalari (multimediya, prezentatsiya, audiovideo materiallar, internet, masofaviy ta’lim, ommaviy ochiq onlayn kurslar, videokonferensiya, o‘rgatuvchi mobil ilovalar).
Tarbiyaviy texnologiyalar (estetik-axloqiy munosabatlar sohasini shakllantirishga yo‘naltirilgan emotsional-badiiy va emotsional-axloqiy texnologiyalar, shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan texnologiyalar, notiqlik, seminar-treninglar, to‘garaklar, ma’naviy tadbirlar).
hozirda pedagogik texnologiyalarning yana boshqa yo‘nalishlari ham mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari empirik (yunon. “empiria” - 57 tajriba), kognitiv (lot. “cognitio” - bilish), evristik (yunon. “evrika” – topaman, aniqlayman), kreativ (ingl. “creative” – yaratuvchan, ijodiy), inversion (lot. “inversio” – o‘zgartirish, o‘girish), integrativ (lot. “integration” – o‘rnatish, qo‘yish), adaptiv (lot. “adapto” - moslashtiraman), inklyuziv (lot. “includo” - kiritaman) pedagogik texnologiyalardir. Bu yo‘nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagidan iborat.
Empirik - sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.
Kognitiv – atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib o‘rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi.
Evristik – yo‘naltiruvchi savollar berish yo‘li bilan ta’lim berish tizimi. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o‘quv-izlanish ta’lim metodi bo‘lib, optimallashgan (bir necha variantlardan eng ma’qulini, mosini, muvofiqini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi.
Kreativ – tadqiqot xarakteriga ega bo‘lib, o‘quvchilarda maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi.
Inversion – axborotlarni turli tomondan o‘rganish, o‘rnini almashtirish xususiyatiga ega bo‘lib, tafakur (fikrlash) tizimini shakllantiradi.
Integrativ – axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko‘p kichik qismlarning o‘zaro ajralmas bog‘liqligi, ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida to‘g‘ri xulosani aniqlash.
Adaptiv – axborotlarni va ulardan foydalanish jarayonini o‘rganish hamda o‘rgatish uchun qulaylashtirish, moslashtirish asosida kutilgan natijaga erishish.
Inklyuziv – ta’lim oluvchilarni (ko‘p hollarda imkoniyatlari cheklangan) umumiy guruhga kiritish, o‘qituvchi va ularning o‘zaro munosabatlarida tenglik asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, barchaning imkoniyatlarni birlashtirish.

Masofaviy ta’limni tashkil etish shakllari.


Chat-mashg‘ulotlar – chat texnologiyalar asosida amalga oshiriladigan o‘quv mashg‘uloti. Chat mashg‘ulotlar sinxron amalga oshiriladi, ya’ni barcha qatnashuvchilar chatga bir vaqtda kiradilar. Buning uchun masofaviy o‘quv markazi(yurti) da chat kabinetlar tashkil etiladi.
Veb-mashg‘ulotlar – telekommunikatsiya va boshqa vositalar yordamida anjuman, seminar, ish o‘yinlari, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar shaklida amalga oshiriladigan masofaviy mashg‘ulotlar. Veb-mashg‘ulotlar uchun maxsus ta’lim veb-forumlaridan foydalaniladi. Ushbu o‘quv shaklining chat-mashg‘ulotlardan farqi, mashg‘ulotlar asinxron shaklda amalga oshiriladi, ya’ni foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlarini yozib qoldirishadi. Bunda talaba va pedagog o‘rtasidagi o‘zaro muloqot uzoq muddatda bo‘lishi mumkin.
Vebinar (ingl. “webinar”) usulida dars, seminar, uchrashuv, taqdimot yoki konferensiya Internet orqali bir vaqtda hozir bo‘lgan talabalar bilan audio video Web va b. interaktiv imkoniyatlar bilan jonli olib boriladi. Onlayn-seminar, vebkonferensiya uning sinonimlari hisoblanadi. Ushbu dars keyingi foydalanishlar 189 uchun yozib olinishi mumkin bo‘lsa-da, butun o‘quv yoki kurs jarayonidagi darslar yagona platforma doirasida o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi, ya’ni alohidaalohida bir martalik darslar bo‘ladi. Vebinar vaqtida chatda muloqot qilish, mikrofon orqali savol-javob va muhokama o‘tkazish, taqdimot qilish, ovoz berish kabilarni amalga oshirish mumkin.
Blended learning (aralash o‘qitish) – bu an’anaviy o‘qitish metodikalari va noan’anaviy o‘qitish texnologiyalarini birlashtirgan holda, ham mustaqil onlayn o‘qish, ham pedagog bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lib bilim olish konsepsiyasini anglatadi. Bu yondoshuv ta’lim oluvchiga vaqt, joy, o‘qish tezligi va o‘rganish usullarini o‘zi nazorat qilish imkoniyatini beradi. Albatta u kunduzgi ta’limdan voz kechmaydi, negaki kunduzgi ta’lim muhim nutqiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi, shu sababli “shu erda va hozir” yondoshuviga amal qilgan holda ta’lim jarayonini faollashtiradi. Ta’lim oluvchi “jonli” auditoriyalarda o‘qiydi va shu bilan birga mediata’lim va onlayn rejimda masofaviy ta’lim jarayonida ham qatnashadi.
Telekonferensiya – elektron pochta yordamida ma’lumot va axborotlarni yuborish orqali amalga oshiriladi. Bunday o‘qitish tizimi “O‘qitishning tabiiy jarayoni”, (“Natural Learning Manner”) deb nom olgan.
Teleqatnashuv. Bunga R.Bot 100 robot yordamida masofaviy ta’limda ishtirok etishni misol qilish mumkin. Masalan, Moskva shahri maktablarida ushbu robot yordamida nogiron bolalarni masofaviy ta’lim asosida o‘qitish tajriba sifatida amalga oshirilmoqda. Nogiron talaba uyda kompyuter yonida turib robot yordamida eshitib, ko‘rib, gaplashib bilim oladi. O‘qituvchi savollar beradi, u javob beradi. Xuddi shuningdek robot monitori yordamida o‘qituvchi ham talabani ko‘rib turadi va talabada guyo o‘z tengdoshlari orasida auditoriyada o‘tirgandek taasurot uyg‘onadi. Tanaffusda u o‘z tengdoshlari bilan muloqot qilishi ham mumkin.
Yüklə 26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə