7-amaliy mashg’ulot Mavzu: Boshlang’ich sinflarda fe’lni o‘rgatish metodikasi



Yüklə 361,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.01.2023
ölçüsü361,08 Kb.
#99483
  1   2   3
7-amaliy mashgulot (2)



7-amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Boshlang’ich sinflarda fe’lni o‘rgatish metodikasi. 
Adabiyotlar: 
1. Qosimova K., Matjonov S., G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Sariyev 
Sh. Ona tili o„qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b. 
2. G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat 
va uni o„qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 70 b. 
3. G„afforova T., Shodmonov E., G‟ulomova X. Ona tili va o`qish 
savodxonligi (1-sinf uchun darslik). – T.: Sharq, 2021.
4.Qosimova K., Fuzailov S., Ne‟matova A. Ona tili va o`qish 
savodxonligi (2-sinf uchun darslik). –T.:Cho„lpon, 2021.
5.Fuzailov S., Xudoyberganova M.,Yo‟ldosheva Sh. Ona tili (3-sinf 
uchun darslik). –T.:O„qituvchi, 2019. -152 b. 
6.Ikromova R., G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Shodmonqulova D. (4-
sinf uchun darslik). –T.:O„qituvchi, 2017. -192 b. 
Ilova 
1–topshiriq. Dars maqsadini to‟g‟ri belgilanganligi “Bo‟lishli va bo‟lishsiz 
fe‟llar” mavzusini o‟tish darslarining maqsadi nimalardan iborat bo‟lishini 
yoriting. 
2–topshiriq. Darsning “Bo‟lishli va bo‟lishsiz fe‟llar” mavzusini tushuntirish 
qismini yoriting. 
3–topshiriq. “Bo‟lishli va bo‟lishsiz fe‟llar” ning o‟rgatish darsining 
mustahkamlashda darslik bilan ishlash qismini yoriting. 
4–topshiriq. “Bo‟lishli va bo‟lishsiz fe‟llarni 
o„rgatish” darsining 
mustahkamlash qismida qo‟llanadigan ta‟limiy o‟yinlarni tashkil eting. 
5–topshiriq. “Bo‟lishli va bo‟lishsiz fe‟llarni o„rgatish” mavzusini 
mustaqkamlashda test topshiriqlari ustida ishlash metodikasini ochib bering. 
6–topshiriq. “Bo‟lishli va bo‟lishsiz fe‟llar” ni mavzusinida o‟rganish 
tarqatma materiallar bilan ishlash usulini yoritish. 
7–topshiriq. Ta‟limiy diktantdan foydalanish usulini yoritib bering. 
8–topshiriq. Darsni umumlashtirish va xulosalash qismini ochib bering. 
9–topshiriq. O‟quvchilar bilimini qanday baholash. O‟quvchining keyingi 
darsga qiziqishlarini oshiradi? Shuni hikoyalab bering. Kuzatishlar bo‟yicha 
talabalarning mulohazalarini eshitish va ishtirok etgan talabalarni baholash. 
10–topshiriq. Darsning to„liq namunasini kuzatish. 
2-ilova 
Savollari asosida suhbat o„tkazadilar. Savol taxminan quyidagicha bo‟ladi: 
Fe‟l zamonlarini o‟rganishga necha soat ajratilgan? 
Fe‟l zamonlari haqida tushuncha qay tarzda, qaysi usulda hosil qilinadi? 
O‟tgan zamon fe‟li ko‟shimchasining imlosi ustida qanday ishlar tashkil 
etiladi? 
Fe‟l zamonlarini o„rganishga o„quvchilar qanday tayyorlab boriladi? 
Fe‟l zamonlari yuzasidan o„quvchilarda qaysi bilimlar hosil qilinadi? 
Fe‟l zamonlari asosida qanday ko„nikma va malakalar shakllantiriladi? 


Fe‟l zamonlarini tushuntirishda qanday til birliklaridan foydalanishni ma‟qul 
deb hisoblaysiz? 
Fe‟l zamonlarini o‟rgatish bo‟yicha qaysi metodik adabiyotlardagi 
tavsiyalarni ma‟qullaysiz? 
3-ilova .Taqvim rejalarni tuzishga qo‟yiladigan talablar haqida suhbat.“Eng 
yaxshi taqvim reja” tanlovi. Har bir talaba o„zining rejasining ijobiy tomonlarini 
izohlab o‟qiydi. 
4-ilova .“Ilg‟or pedagogik texnologiya asosidagi eng yaxshi dars ishlanmasi” 
tanlovi 
5-ilova. Dars ishlanmalari mazmunini amaliy ijro etib beradilar. 
6-ilova. “Eng yaxshi tahlilchi” tanlovi, o‟tilgan darslarning tahlilida salmoqli 
fikrlari bilan ko‟p qatnashgan talabalarning nomzodini talabalarni o‟zlari 
ko‟rsatadilar. 
7-ilova. “Eng yaxshi taqrizchi” tanlovi darslikdagi “Fe‟l zamonlari” mavzu 
berilgan bo‟limga va “4-sinfda ona tili darslari” metodik qo‟llanmasidagi shu 
mavzuga berilgan ko„rsatmalarga taqriz yozadilar. Buni 5 daqiqa ichida 
bajarishlari aytiladi. 
8-ilova. Ijodiy ishlar. Ta‟limiy vositalar yaratish va ular ustida ishlash 
bo„yicha talabalarning ijodiy ishlari taqdimoti. 
9-ilova. Barcha tanlov shartlarida faol qatnashgan talabalar “Eng yaxshi 
ishtirokchi” deb e‟lon qilinadi. 
Bo„lishli va bo„lishsiz fe‟llar bo„yicha amaliy mashg‟ulot mazmuni 
yuzasidan ko„rsatmalar 
1. Talabalarni dastur talablari asosida bo„lishli va bo„lishsiz fe‟llarni o„rganish 
uchun ajratilgan soatlar bo„yicha taqvim reja tuza olishga, bo„lishli va bo„lishsiz 
fe‟llarni o„tish metodlarini tanlay bilishga, mashqlar tizimini ishlab chiqishga, 
mashqlar uchun til hodisalarini tanlay bilishga o‟rganish. 
O„qituvchining mashg‟ulotdan oldingi vazifasi. 
Bo„lishli va bo„lishsiz fe‟llarni o„tish bo‟yicha talabalarga savol va 
topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va talabalarga berish. 
Bo„lishli va bo„lishsiz fe‟llarni o‟rgatish bo‟yicha metodik adabiyotlar 
ro„yxatini tuzish. 
Mavzuni mustahkamlash uchun test, krossvord, diktant, ta‟limiy o‟yinlar, 
ko„zgazmali qurollar tayyorlash. 
Bo‟lishli va bo‟lishsiz fe‟llarni o‟rganish dars ishlanmasini tayyorlash 
bo‟yicha maslahatlar berish. 
Darsning mavzusi: Fe‟l-so„z turkumi. (368-370-mashqlar) 
Darsning maqsadi:
 
ta‟limiy: fe‟l-so„z turkumi haqida ma‟lumot berish , shaxs va narsani 
harakatiga qarab fe‟llarga to„g„ri savol berish malakasini shakllantirish, fe‟llarni 
to„g„ri yozish, nutqda qo„llashga o„rgatish;
FK1: fe‟l, uning so„roqlari, gapdagi vazifasi, bo„lishli va bo„lishsiz 
shakllarini, fe‟l zamonlari, fe‟llarning shaxs-son qo„shimchalari bilan qo„llanishi 
tuslanishini bilish; 


tarbiyaviy: o„quvchilarda o„z buymlarini toza, saranjom, saqlash, ularni 
avaylash ko„nikmasini shakllantirish;
TK4: sinfdagi jihozlar va o„quv qurollarini asrab-avaylash.

rivojlantiruvchi: o„quvchilarda mustaqil fikrlashga , ijodiy tafakkur 
salohiyatini oshirishga o„rgatish . FK2: mavzuga oid yangi so„zlarni og„zaki va 
yozma nutqda qo„llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to„g„ri qo„llay oladi.
TK2:media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni 
bajarish.

Yüklə 361,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə