7 Laboratoriya mashg’uloti mavzu: moyli va urug‘li emulsiyalar tayyorlash, ularga dorivor moddalarni qo‘shish usullari


Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun retseptlar



Yüklə 34,07 Kb.
səhifə2/13
tarix23.05.2022
ölçüsü34,07 Kb.
#87747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
лаб маш 7

Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun retseptlar
1. Oling.: Qovoq urug’i emulsiyasidan 100,0
Aralashtiring. Bering.
Belgilang. Kuniga 4-5 maxal ichilsin
2. Oling.: Moyli emulsiyadan 50,0
Kamfora 1,0
Aralashtiring. Bering.
Belgilang.1 choy -oshi-dan 3 maxal ichilsin
Emulgator sifatida jelatoza ishlating
3. Oling.: Kungaboqar moyi emulsiyasi 50,0
Vismut nitrat asosidan 0,5
Aralashtiring. Bering.
Belgilang.1osh qoshiqdan kuniga 3 maxal.
Emulgator tuxum sarig’i
4. Oling.: Shirin bodom urig’ining emulsiyasi 100,0
Bering. Belgilang. Ichish uchun.
5. Oling.: Moyli emulsiya 100,0
Natriy brom
Koffein benzoat natriy tuzidan teng miqdorda 1,0
Aralashtiring. Bering.
Belgilang.1osh qoshiqdan kuniga 3 maxal.
Emulgator kraxmal shilimshig’i
** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muxokamasini zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Loyiha” usulidan foydalanib o‘tkaziladi.
Buning uchun:
1. Talabalarni 3 tadan kichik guruhlarga bo’linadi
2. Har bir guruhga bittadan retsept va 10 daqiqa beriladi.
3. Talabalar guruhlari retseptni tahlil qilib, bu retseptni pasportini tuzadilar va tayyorlash texnologiyasini keltirib uni asoslaydilar.
4. Har bir guruhda ushbu topshiriq muhokama qilinadi. Bunda guruhning barcha talabalari ishtirok etadi.
5. O’qituvchining yakunlovchi so’zi. Bunda o’qituvchi javoblarni tahlil qiladi, to’ldiradi va guruhlarni baholaydi.
Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi: DF X; XI; dori moddalari, o’simlik urug’lari va mag’zi,tarozi, tarozi toshlari, o’lchov kolbalari, har xil o’lchamdagi shish idishlar, ma’ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma’lumotnomalar, adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Asosiy matn
Ichish uchun ishlatiladigan emulsiyalar Emulsium ad usum internum.
Emulsiyalar - dispers faza va dispersion muxitdan tash-il topgan mikrogeterogen sistema bo’lib, bir-birida juda kam yoki mutlako erimaydigan suyuqliklar aralashmasiga aytiladi. Emulsiyalar dagal disperslangan (tomchilarning diametri 1 dan 50 mkm gacha) yoki mayda disperslangan (zarrachalar diametri 0,1 mkm) sistemadir. Amaliyotda ko’proqqo’llaniladigan emulsiyalar suv bilan yog’ aralashmasidan tayyorlanadi. Bunda “yog” shartli tushuncha bo’lib, bu faza yog’simon moddalardan va mineral yog’lardan hamda kimyoviy jixatdan esa na yog’lar va na mineral yog’lar bilan xech bir umumiylikka ega bo’lmasligi mumkin (xloroform, benzol va shunga o’xshash polyar bo’lmagan suyuqliklardan hosil bo’lishi mumkin). Shunga o’xshash suyuqliklar emulsiyalarning ikki turini hosil qiladi. 

Yüklə 34,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə