7 Laboratoriya mashg’uloti mavzu: moyli va urug‘li emulsiyalar tayyorlash, ularga dorivor moddalarni qo‘shish usullari



Yüklə 34,07 Kb.
səhifə9/13
tarix23.05.2022
ölçüsü34,07 Kb.
#87747
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
лаб маш 7

Sellyuloza va uning hosilasi
Sellyulozaning molekula -atori kraxmalga o’xshash bo’lib, glyukoza qoldiqlaridan tuzilgan, ammo xalkada joylashishi jixatidan farqlanadi. Sellyulozaning tarkibida gidroksil guruhi borligi eterifikatsiya natijasida, stabillash kobiliyati yuqori bo’lgan birikmalar olish imkonini beradi.
Metilsellyuloza — sellyulozaning metil efiri, suvda eriydi.
Karboksimetilsellyuloza — sellyuloza bilan glikol kislotasidan hosil bo’lgan efir. Karboksimetilsellyuloza suvda erimaganligi uchun natriyli tuzi ishlatiladi. Metilsellyuloza va natriy karboksimetilsellyulozani, emulsiya tayyorlashda 1-2%li eritmasi qo’llaniladi.
Tvinlar va spanlar
Sorbitalning sintetik hosilalari, emulsiya hajmining 5-10% hisobida ishlatiladi. Farmakologik jixatdan ular organizmga zararsiz.
EMULGATOR T-2. Diefir triglitserin.
Mumga o’xshash qattiq och jigar rang. Glitserinni 16-18 uglerod atomli moy kislotalari bilan 200°S da eterifikatsiya qilinishi natijasida olinadi. Ionogen bo’lmagan SFM ning afzalligi emulgirlash xususiyatini o’ziga xosligida. Emulgatorning balanslangan molekulasi birorta fazada erigan holda bo’lmasdan fazalararo sathda tarqalgan bo’ladi. Emulgator T-2 molekulasini yaxshi balanslangan deyish mumkin, chunki 100 ml turg’un 10% emulsiyaga fa-atgina 1,5 g. T-2 sarflanadi. Ionogen emulgatorlar uchun ham balanslanganlik koidasini tatbik kilish mumkin. Balanslanish birinchidan, uglerod qatorining o’zunligiga, ikkinchidan, ionogen guruhining suvga o’xshashligiga qarab aniqlanadi.
Amfoter xususiyatli emulgatorlar
Bu guruh emulgatorlari oksil moddalardan hosil bo’lgan. SHuning uchun ular pHi muxit xususiyatiga qarab nordon va ishqoriy turlariga bo’linadi.
Jelatoza — (Gelatosa) — jelatinani suv bilan 1:2 nisbatda, avtoklavda 2 soat davomida 2 atm. bosimida to’liqsiz gidroliz natijasida hosil bo’lgan modda. Jelatinani shu usul bilan ishlanganda elimlash xususiyati yo’kolib, emulgirlanish xossasi qoladi. Jelatozaning yaxshi navi arab elimiga tenglashadi. Jelatoza 1931 yilda M. G. Volpe tomonidan taklif qilingan.
Kazein, kazeinat natriy, quruq sutdan tayyorlangan emulsiya mikroorganizmlar uchun yaxshi muxit bo’lgani sababli, ayniqsa yoz kunlarda tez buziladi. quruq sut tarkibidagi kazeinogen, albumin va globulinlar emulgirlash xususiyati bo’lgan moddalar hisoblanib, uni emulgator sifatida ishlatish mumkin. Amfoter emulgatorlar asosan o’simlik va xayvonlardan olingan bo’lib, ular tarkibida fosfatidlar ko’p. Bu sifat emulgatorlar nafaqat farmatsevtika, balki oziq-ovqat sanoatida ham keng qo’llaniladi.

Yüklə 34,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə