7-Mavzu : Kreativ pedagogika fanini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish Mavzu rejasi: 1


Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi farq



Yüklə 127 Kb.
səhifə10/14
tarix07.04.2023
ölçüsü127 Kb.
#104543
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
135518 7-мавзу КП

Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi farq


Hozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha kamligi tufayli, uni xususiy metodikalar bilan deyarli tenglashtirish hollari uchraydi.Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo`lib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi.
Pedagogik texnologiya – o`quvchini mustaqil o`qishga, bilim olishga, fikrlashga o`rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Metodika –  o`qituvchining bilimi, ko`nikmasi mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog`liq bo`lib, ma’lum  shaxs o`qituvchi uchun qulay bo`lgan o`qitish usullari va yo`llari majmuadir. U alohida metodikalarga ajratiladi. Pedagogika fani ma’lum o`quv fanlarini o`qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi  va shu kabilar.
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unumli foydalana bilish talab etiladi.Ular orasidagi farqlar quyidagi jadvalda keltirilgan


Asosiy tushunchalar

Pedagogik texnologiya

Metodika

1

Ta’riflar

Pedagogik texnologiya – insonga oldindan belgilangan maqsad bo`yicha ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir o`tkazish faoliyatidan iborat

Metodika – ma’lum o`quv fanini o`qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi

2

Maqsad

Komil insonni shakllantish

Alohida o`quv fanlarini o`qitish va tarbiyaviy ishlarni sifatli bo`lishini ta’minlash

3

qo`llash miqiyosi

Barcha ta’lim-tarbiya jarayonida

Xususiy fanlarni o`qitishda hamda tarbiyaviy ishlarda

4

Vositalar

Barcha ta’limiy va tarbiyaviy vositalar xususiy metodikalar

Alohida o`quv fanlarini o`qitishda hamda tarbiyaviy ishlarda qo`llaniladigan vositalar

5

Pedagogik jarayon

Ta’lim-tarbiya texnologiyasi asosida, ta’lim menejmenti va marketing asosida, ta’lim-tarbiya sohasidagi ilg`or tajribalarni umumlashtiruvchi loyihalar asosida rivojlanib boradi.
Yetarli tayyorgarlikka ega mutaxassislar tamonidan qo`llanganda o`zaro o`xshash natijalar olinishi ta’minlanadi.

Ta’lim-tarbiya metodikasi asosida ijodkor o`qituvchilarning ilg`or tajribalariga tayanib rivojlanadi.
Xususiy tajribalar asosida boyitib boriladi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi har bir pedagogning natijasi har -xil bo`ladi.

6

Natija kafolati

Oldindan belgilangan maqsadga erishish kafolati bor.

Oldindan belgilangan maqsadga har bir o`qituvchi o`z imkoniyatlariga muvofiq turli darajada erishadi. Shu sababli talab darajasidagi natija kafolatlanmaydi. Asosan ijodkor o`qituvchilargina yaxshi natijalarga erishadilar.

7

Kelib chiqishi

Xususiy metodikalarning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan.

Ta’lim tarbiyaning turli xususiy masalalarini hal qilish zarurati natijasida kelib chiqqan.


Yüklə 127 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə