7-Mavzu : Kreativ pedagogika fanini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish Mavzu rejasi: 1


O’quv fani va uni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq bo’lgan pedagogik texnologiyalarni tanlash



Yüklə 127 Kb.
səhifə12/14
tarix07.04.2023
ölçüsü127 Kb.
#104543
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
135518 7-мавзу КП

O’quv fani va uni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq bo’lgan pedagogik texnologiyalarni tanlash

Pedagogik texnologiyaning asosiy yo’nalishlari.


Pedagogik texnologiyaning yo’nalishlari ko’p bo’lib, ulardan ayrimlari quyidagilar:
Hozirgi an’anaviy ta’lim. XVII asrda Ya.A.Komenskiyning  didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng ko’p  qo’llanayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni  turli yo’nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli yo’nalishlarda rivojlanmoqda.
Pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o’quvchi shaxsiga yo’naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar: hamkorlik pedagogikasi, ta’limning insonparvarlikka asoslangan texnologiyasi va boshqalar.
O’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta’lim, o’yinlar, tayanch signallar konspektlari texnologiyalari va boshqalar.
O’quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalar o’rgatilayotgan bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega bo’lishi, bilimlarga tizimli nuqtai nazardan yondashish, o’quvchilarga bilimlarni egallashning eng maqsadga muvofiq yo’llarini o’rgatish kabi tamoyillarga asoslanadi.
O’quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil eilishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari; ta’limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari kabilar kiradi.
Tabiatga muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar. Bularga o’quvchining tabiiy imkoniyatlari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning tabiiy imkoniyatlari va boshqa tabiatga muvofiq imkoniyatlardan to’liq foydalanishni amalga oshirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar kiradi.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga o’quvchi shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi.
Bulardan tashqari xususiy (O’quv fanlari) pedagogik texnologiyalari, alternativ hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yo’nalishlari ham mavjud.
Shuningdek, hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo’nalishlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalardan iborat. Bu yo’nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha:
Empirik-(tajriba) sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkonyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.
Kognitiv-(bilishga oid) atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi.
Evristik-(haqiqatni topish) yo’naltiriuvchi savollar berish yo’li bilan ta’lim berish tizimi. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o’quv-izlanish ta’lim metodi. Optimallashgan (ko’p variantlardan eng ma’qulini, mosini, muvofig’ini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi.

Yüklə 127 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə