7. Маvzu: Arxiv va Yozma manbalarning o‘lkashunoslik fanida tutgan o‘rni


Ahamoniylar davri mixsimon yovuzlari



Yüklə 68,74 Kb.
səhifə2/6
tarix20.06.2023
ölçüsü68,74 Kb.
#118076
1   2   3   4   5   6
7. Ìàvzu Arxiv va Yozma manbalarning o‘lkashunoslik fanida tutg

Ahamoniylar davri mixsimon yovuzlari. Mil.avv. 559 yilda Erondagi ahamoniylar sulolasining yirik davlatiga podsho Kir II asos soladi. Mil.avv. 545-540 yilllarda ahamoniylar O‘rta Osiyoning Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va Sug‘diyona viloyatlarini bo‘ysundirganlar. Sak – massagetlarga qarshi Kir II ning yurishlari mil.avv. 530 yilda muvafaqqiyatsiz yakunlangan. Doro I davrida (mil.avv. 522-486 yillar) ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O‘rta Er dengiziga qadar bo‘lgan keng hududda o‘z hukmronligini o‘rnatgan. Ahamoniylar davlati tarixda birinchi yirik dunyo davlati deb hisoblangan. Bu davlat ko‘p sonli viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirdi. O‘rta Osiyoda ahamoniylar ikki yuz yil davomida hukmronlik qilganlar. (mil.av.330 yilgacha). Ahamoniylar davri mixsimon Yozuvlarida O‘rta Osiyo xalqlari va viloyatlari to‘g‘risida turli xil ma’lumotlar bor. Bu Yozuvlar mil.avv. VI-IV asrlarga oid bo‘lib, Behustun va Naqshi Rustam qoyatoshlarida, Suza, Persipol va Hamadon shaharlarida topib tekshirilgan. SHular jumlasidan eng muhimi Behustun Yozuvlari bo‘lib, Doro I davrida Kirmonshoh va Hamadon shahri o‘rtasidagi yo‘lda baland qoyatoshlarda Yozilgan (Midiya o‘lkasi). Behustun Yozuvlari qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Doro I bunday xabar qiladi: “Axuramazda irodasi bilan quyidagi davlatlarni qo‘limga kiritib, ularning podshosi bo‘ldim: Fors, Elam, Bobil, Ossuriya, Arabiston, Misr, Midiya, Lidiya, Armaniston, Kappadokiya, Parfiya, Marg‘iyona, Ar’yo, Xorazm, Baqtriya, Sug‘diyona, Gandaraxa, Saka, Sattagadiya, Araxoziya, Maka (hammasi bo‘lib 23 ta viloyat).
... Men Bobilda bo‘lganimda, quyidagi davlatlar mendan ajralib chiqib ketganlar: Fors, Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg‘iyona, Sattagediya, Saka”.
SHoh Doro ayturki: “Marg‘iyona nomli davlat mendan ajralib chiqdi. Marg‘iyonalik Frada ismli bir kishi o‘zini viloyatning hokimi deb e’lon qildi. Keyin, men, Baqtriya satrapi, bo‘ysunuvchi odamim Dadarshishni chaqirib, unga gapirdim: “Menga bo‘ysunmaganlarni, tor-mor qilish kerak”. Dadarshish qo‘shinlari otlanib, marg‘iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda menga yordam ko‘rsatdi. Axuramazda idorasi bilan mening qo‘shinlarim qo‘zg‘olonchilarni butunlay mag‘lubiyatga uchratdi. Bu jang asiyadiy oyining 23 kunida sodir bo‘ldi. SHundan so‘ng davlat mening qo‘limga kirdi. Mana men Baqtriyada nimalarni qildim”.
... Podsho xabar qiladi: “Bundan so‘ng men saklarga qarshi sak yurtiga bostirib kirdim, ularning o‘zlari cho‘qqi qalpoq, kiyib yuradilar. Men daryoga etib keldim. Daryoda kemalardan ko‘prik qilib, saklarni tor mor qildim. Ularning sardori Skunxa ismli odamni tutib, mening huzurimga keltirdilar. Men o‘z hohishim bilan saklar yurtiga yangi boshliq tayin qildim. SHundan so‘ng mamlakat mening qo‘l ostimga o‘tdi”. SHoh Doro ayturki: “Bu saklar Axuramazdani qadrlaganlar, men Axuramazdani ulug‘layman. Axuramazda irodasi va hohishim bilan men ularni tinchitib qo‘ydim”.
Hamadon Yozuvlarida DoroI bunday xabar qiladi: “Men Doro, ulug‘ shoh, shahonshoh davlatlar podshosi, vishtasp o‘g‘li, Ahamoniy SHoh Doro ayturki: “Mana huzurimda bo‘lgan podsholik, Sug‘diyonaning narigi yog‘idagi saklar yurtidan Efiopiyagacha, Hindistondan Midiyagacha – bu podsholikni menga Axuramazda xudolar o‘rtasidagi ulug‘ xudo, tortiq qilgan”. Behustun Yozuvlarida Doro birinchi bo‘lib ahamoniylar davlatining g‘arbiy viloyatlarini ko‘rsatib bergan bo‘lsa, Naqshi Rustam Yozuvlarida mamlakatlar ro‘yxati Midiya va Elamdan so‘ng sharqiy viloyatlardan boshlandi: “Men Doro, ulug‘ podsho, shahanshoh ko‘p qabilali mamlakatlarning podshosi, keng sayhon erlarning podshosi. Vishtasp o‘g‘li, Ahamoniy, fors, forsning o‘g‘li, oriylar urug‘idan kelib chiqqan oriy”.
SHoh Doro ayturki: “Fors viloyatlaridan tashqari quyidagi mamlakatlarni men bo‘sundirganman. Menga xiroj to‘lovchi bo‘lgan, mening so‘zimni ijro etgan, mening qonunimga asoslanib rivojlanayotgan Midiya, Elam, Ar’yo, Baqtriya, Sug‘diyona, Xorazm, Saka Xaumavarka, Sak tigraxauda, Saka tiaytaradarayya, dengiz orti saklari. Ahamoniylar davri Yozuvlarida viloyatlar va xalqlarning nomlari, siyosiy jarayonlar, Marg‘iyonadagi Frada boshchiligidagi qo‘zg‘oloni tor-mor qilinishi, saklar yurtiga qarshi yurishlar, iqtisodiy tuzum va moddiy madaniyat to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Abulqosim Firdavsiy (taxm. 940-1030 yy.) qalamiga mansub “SHohnoma” asari uch qism va 65 ming baytdan iborat doston bo‘lib, u 976 – 1011 yillar orasida Yozilgan.Uning birinchi qismi afsonaviy bo‘lib, “Avesto” materiallariga asoslanib Yozilgan va Eron hamda Turon xalqlarining diniy aqidalari va rivoyatlaridan bahs yuritadi. Asarning ikkinchi va uchinchi qismlari muhim hisoblanadi. Ikkinchi qism qahramonlik dostoni bo‘lib, qadimgi Eron podshohlari va ular zamonida o‘tgan qahramonlar Rustam va Kova siymolari talqin qilingan. “SHohnoma”ning uchinchi qismi tarixiy doston bo‘lib, unda Eron va Turonning zardushtiylikning paydo bo‘lishidan to arablar istilosigacha bo‘lgan siyosiy hayoti talqin etilgan.

Yüklə 68,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə