7. Маvzu: Arxiv va Yozma manbalarning o‘lkashunoslik fanida tutgan o‘rni


XIII-XIV asrlar tarixiga oid Fors va Turkiy o‘zbek tilidagi tarixiy manbalar



Yüklə 68,74 Kb.
səhifə4/6
tarix20.06.2023
ölçüsü68,74 Kb.
#118076
1   2   3   4   5   6
7. Ìàvzu Arxiv va Yozma manbalarning o‘lkashunoslik fanida tutg

3. XIII-XIV asrlar tarixiga oid Fors va Turkiy o‘zbek tilidagi tarixiy manbalar
Fors tilidagi tarixiy manbalar“Buxoro tarixi”, “Tarixi Narshaxiy” va “Tahqiq ul-viloyat” (“Buxoro viloyati tahqiqi”) nomlari bilan mashhur bo‘lgan bu asarda Buxoro va quyi Zarafshon vohasida joylashgan shahar va qishloqlarning jo‘g‘rofiy holati, aholisining VII-X asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotini aks ettirgan qimmatli tarixiy manbadir. Kitob muallifining nomi qisqacha Narshaxiy (899-959 yy.) deb ataladi. Uning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Jaxfar ibn Zakariyo ibn Xattob ibn SHariq bo‘lib, X asrda ijod qilgan buxorolik yirik tarixchi sifatida mashhurdir. Tarixchi Sam’oniyning ma’lumotiga qaraganda, Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog‘idan. Narshaxiy o‘z asarini 944 yilda Yozib tugallagan. “Buxoro tarixi” asarining Narshaxiy Yozgan arab tilidagi asli saqlanib qolmagan. Asar 1128 yilda farg‘onalik (Quva shahridan) Abunasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Qubaviy tarafidan ilk bor qisqartirilib forsiy tilga tarjima qilingan. Oradan taxminan 50 yil o‘tgach, 1178 yili kotib Muhammad ibn Zufar ibn Umar“Buxoro tarixi” tomonidan ikkinchi marta tahrir etildi. SHuni ham ko‘rsatish lozimki, “Buxoro tarixi” asarining bizgacha etib kelgan nusxalarida 1178-1220 yillardagi voqealar bayoni uning tarkibiga kiritib yuborilgan. SHunga qaraganda, Narshaxiyning asari uchinchi marta noma’lum muharrir tomonidan to‘ldirilgan ko‘rinadi. “Buxoro tarixi” O‘zbekistonning arablar tomonidan bosib olinishi, bu hududda islom dinining tarqatilishi hamda mamlakatning Somoniylar hukmronligi yillaridagi tarixini bayon etadigan noyob manbadir.
Bu asarning forsiy matni 1892, 1894, 1904 va 1939 yillarda Parij, Buxoro va Tehronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va o‘zbek tillariga (1897, 1954, 1966 yillari) tarjima qilingan.“Hudud ul-olam” fors tilida Yozilgan (982 y.) birinchi jug‘rofiy xarakterdagi asardir. Kitobning to‘la nomi “Hudud al-olam min Mashriq ila-l Mag‘rib”dir( “SHarqdan G‘arbga qarab joylashgan mamlakatlarning chegaralari”). Asar muallifi noma’lum. U Guznono (Afg‘onistonning shimoli -sharqiy qismida joylashgan qadigi viloyat) hokimlaridan (Farug‘iniylar) biriga atab Yozilgan.“Hudud ul-olam” asari muqaddima va 59 bobdan iborat. Uning 1dan 7gacha bo‘lgan boblarida erning tuzilishi, dengizlar, orollar, tog‘lar, daryolar, cho‘l-u biyobonlar hamda dunyoning inson yashaydigan to‘rtdan bir qismi – rub’i maskun va unda istiqlmat qiluvchi xalqlar, rub’i maskunning mamlakat hamda viloyatlariga taqsimlanishi haqida umumiy mulohaza yuritiladi. 8dan 59gacha bo‘lgan boblarida sharqdang‘arbga qarab joylashgan mamlakatlar, ularni xalqi, o‘sha mamlakatlarda ishlab chiqariladigan asosiy matolar, ayrim o‘rinlarda esa savdo-sotiqning umumiy ahvoli xususida so‘z boradi. Nizomulmulk Saljuqiylar davlatida vazir sifatida xizmat qilgan yirik davlat arbobi va tarixchi olimdir. Uning asli ismi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiy (1018-1092 yy.) bo‘lib, Saljuqiy hukmdorlar Sulton Alp Arslon (1063-1073) hamda Sulton Malikshoh I larning bosh vaziri bo‘lgan va bu davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynagan. U saltanatdagi tarqoqlikka barham berish, markaziy davlat tuzumini mustahkamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun harakat qilgan. SHuning uchun unga mamlakatni tartibga soluvchi, ya’ni Nizomulmulk nomi berilgan. Nizomulmulk Bag‘dodda “Nizomiya” atalmish musulmon huquqmaktabiga asos solgan.
Nizomulmulkqalamiga mansub “Siyosatnoma” asariningboshqa nomi”Ciyar al-muluk” (“Podshohlarning turmushi”)dir. Kitob 1092 yilda Yozib tugallangan. U 51ta bobdan iborat bo‘lib, unda davlat tizimi, moliyaviy hisob-kitob ishlari, qo‘shin tuzulishi, mansablar va ularga amaldorlarni tayinlash tartibi, amaldorlar faoliyatining muammolari xususida fikr yuritiladi.
Asarda O‘zbekiston tarixiga oid muhim va qimmatli ma’lumotlar bor. Somoniylar zamonida turk g‘ulomlarining davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni, Turkiston xonlari Qoraxoniylar saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning ijtimoiy ahvoli, Somoniylar xizmatida bo‘lgan amirlar unvonlari, Xorazmshoh Oltintosh (1017-1032) bilan Ahmad ibn Hasan(Sulton Mahmud G‘aznaviyning vaziri) o‘rtasidagi Yozishmalar ana shular jumlasidandir. Asarda, bundan tashqari, karmatlar, botiniylar harakati, Muqanna qo‘zg‘oloni haqida ham ayrim diqqatga sazovor ma’lumotlar mavjud. “Kitob al-qand fi tarixi Samarqand” (“Samarqand tarixi haqida qand kitob”) nomli asar muallifi yirik tarixchi, tilshunos va faqih Najmuddin Abu Hifs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Luqmon an-Nasafiy (1068-1142)dir. U musulmon qonunshunosligiga oid “Manzumot an-Nasafiya fi-l-xulofiyot” (“Kelishmovchiliklar haqida Nasafiyning she’riy asari”), “Aqoid an-Nasafiy” (“Islom) aqidalariga an-Nasafiy sharhi”) shariat yo‘l-yo‘riqlari va “Qur’oni karim” sharhiga bag‘ishlangan “Al-yavoqit fi-l-mavoqit” (“Qulay vaqtlar xususida yoqutlar”), “Zallat al-qoriy” (“Qorilarning xatolari haqida”) va tasavvuf xususida “Risolai Najmiya” kabi bir necha kitoblar yaratgan. Nasafiyning tarix fani uchun eng muhim “Kitob al-qand fi tarixi Samarqand” asaridir. Uning yana bir nomi “Kitob al-qand fi ma’rifati ulamoyi Samarqand” (“Samarqand olimlarini tanish borasida qand kitobi”) ham mashhurdir. Ushbu asarda O‘zbekistonning islomgacha bo‘lgan tarixi, uning arab istilochilari tomonidan bosib olinishi, Samarqandning diqqatga sazovor osori atiqalari haqida ma’lumot keltirilgan. “Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning arab tilidagi asl nusxasi bizgacha etib kelmagan. Nasafiyning shogirdi Abulfazl Muhammad ibn Abdujalil ibn Abdumalik ibn Haydar as-Samarqandiy (XII asr) ushbu asarning qisqartirilgan fors tilidagi tahririni yaratgan “Tarixi jahonkushoy” (“Jahongir (CHingizxon) tarixi” “YOhud jaxon fotihi tarixi”) nomli yirik tarixiy asarni yaratgan tarixchi XIII asrda yashab o‘tgan yirik olim va davlat arbobi Juvayniydir. Uning to‘liq ismi Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad al-Juvayniydir. U 1226 yilda G‘arbiy Xurosonning Juvayn hududiga qarashli Ozodvor qishlog‘ida badavlat va nufuzli siyosiy arbob oilasida tug‘ilgan.
Alouddin Otamalik Juvayniy Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston hamda Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi asari bilan shuhrat qozongan. Kitob 1260 yilida Yozib tugallangan. “Tarixi jahonkushoy” asari uch qismdan iborat:
1)Mo‘g‘ullar, ularning CHingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon (1246-1249 yy.) davrigacha, shuningdek, Jo‘jixon, CHig‘atoyxon va uning avlodlari tarixi; 2)Xorazmshohlar va Xurosonning mo‘g‘ul hukmdorlari davridagi (1258-yilgacha) tarixi;
3) Eronning 1256-1258 yillardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Ismoiliylarning diniy-harbiy uyushmasi va Ismoiliylar davlati (1090-1258 yy.) tarixi. Ismoiliylar tarixi Maymanduzdagi kutubxonada topilgan asarlar, xususan Ismoiliylarning ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan Hasan Sabohning (taxminan 1055-1124 yy.) hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi “Sarguzashti sayyidno” (“Sayidimizning sarguzashtlari”) nomli kitob asosida yozilgan.

Yüklə 68,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə