7-mavzu: Birja va vositachi korxonalarning tijorat faoliyati Reja


Birja tushunchasi, birjalarning iqtisodiy funksiyalari



Yüklə 144,1 Kb.
səhifə3/7
tarix22.12.2023
ölçüsü144,1 Kb.
#154226
1   2   3   4   5   6   7
7 Birja tushunchasi, birjalarning iqtisodiy funksiyalari Birja s

7.3. Birja tushunchasi, birjalarning iqtisodiy funksiyalari
Qadimdan «Birja» so’zi quyidagi uch xil voqyealikni ifodalash uchun qo’llanilgan: birinchidan, sotuvchi va sotib oluvchilarni bir joyda yig’ilishini, ikkinchidan bunday yig’ilishlarni o’tkazish joyini va uchinchidan shu vaqtda amalga oshiriladigan savdo-sotiqlar yig’indisini. Bu fikrlarning hammasi jamlansa. Ma’lum tarzda tashkil etilgan bozor yoki birja degan ma’no chiqadi. Birjaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u har doim ulgurji tarzda olib boriladi, savdo buyumi bo’lim esa ma’lum bo’lgan xususiyatlari, tavsilotlari avvaldan ko’rsatilgan, lekin sotish joyida yo’q bo’lgan qimmatbaho buyumlar, xom ashyo va mahsulotlar, qimmatbaho qog’ozlar, xizmat ishlari, ish kuchi va boshqalar bo’lishi mumkin. Birja bozori uchun xos bo’lgan narsalardan yana biri shuki, bu yerda ishbilarmonlarning muomala yoki oldi-berdi operasiyalari xar doim ko’pchilik oldida, avvaldan belgilangan vaqtda va belgilangan joyda olib boriladi. Bundan maqsad shuka, xoxlaganlarning barchasi bunday savdoda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lsinlar. Umuman «Birja» so’zi lotincha «BURSA» va nemischa «VORSE» so’zidan kelib chiqqan «cho’ntak» ma’nosini bildiradi. XV asrda Niderlandiyaning Bryugge shahridagi Van der Burs ismli savdogarning uyi oldidagi maydonda turli xil mamlakatlardan kelgan savdogarlar sotiladigan va olinadigan tovarlarni aslini aniq ko’rsatmay turib savdo to’g’risidagi ma’lumotlar bilan fikr almashishi va chet el veksellarini sotib olish va savdo operasiyalarini bajarish uchun to’planganlar.
Van der Bursning tamg’asiga tushirilgan yana shu charm cho’ntakning uchta shakli uning uyi darvozasiga joylashtirilgan edi, natijada «birja» so’zi odatga kirib butun Yevropa kontinenti bo’ylab Rosssiyada ham yoyilib ketdi.
Birja eng qadimiy savdo instituti bo’lib, hozirgi birja tashkilotlarini yaratilishi, savdoning rivojlanishi, yirik savdo markazlarining tarkib topishi, savdogarlar guruhlarini ko’plab yuzaga kelishi bilan bog’liqdir. Demak, hozirgi birjalarning avlodi bo’lib, bozor va yarmarkalar hisoblanadi. Bozorda savdo muttasil olib borilar edi, ammo birjadan farq qilgan holda bozorda tovarning asli sotilib, odatda xarid qiluvchilar bo’lib tovarni iste’mol qiluvchilar hisoblanar edi. Yarmarkalarda tovarni o’zi bo’lmay uning namunasi, ulgurji partiyalari bo’yicha savdo qilinar edi va uni savdo vositachilari xarid qilar edilar. Yarmarkalarda eng kamyob va chaqqon tovar bo’lib pul hisoblanar edi. Yarmarkalar bir yilda bir necha marta o’tkazilar edi. Odatda. Yarmarkalar halqaro savdoni rivojlantirishga xizmat qilar, bozor esa cheklangan rayonlarda savdo oborotini taxminlar edi.
Sanoatning rivojlana borishi bilan doimiy ulgurji bozorga muhtojlik, zaruriyat tug’iladi. Bunday bozor rivojlanayotgan xo’jalik soxalari o’rtasidagi aloqani bog’lash imkonini berar edi. Bunday bozor birja shaklida XVI asrda Ispaniya bilan Gollandiya o’rtasidagi savdoni rivojlanishi bilan tarkib topdi. Demak, birja qimmatbaho qog’ozlar fondiga ega bo’lgan, standart talablarga javob beradigan tovarlar yoki ularni namunalarni, talab va takliflarga binoan qonuniy ravishda narxi belgilangan valyutalar asosida savdo amalga oshiriladigan, tashkil etilgan doimo amal qilib turadigan bozordir.
Birja operasiyalarini bajarish obyekti bo’yicha quyidagi birjalar turi ajratiladi: tovar birjalari shu jumladan kompensasiya qiluvchi, ya’ni o’rnini to’ldiruvchi yoki barterli fond qo’yilgan holda valyuta birjalari, frakta birjalari va shunga o’xshashlar bo’lib, unda savdo buyumi bo’lib turli xil xizmatlar, masalan «g’oya birjasi» deb ataluvchi birjalar ilmiy-texnik ishlovchilar va injenerlar xizmatlarini bajaradilar. Mehnat birjasi va boshqalar.
Birjalar aniq tarkib topgan ixtisoslashuvga ega bo’lishi lozim. Masalan, avtomobillar, don mahsulotlari, metall, qimmatbaho qog’ozlar indeksi bilan savdo qiluvchi birjalar.
Shuni aytish kerakki, birja savdo qilishning dastlabki shakli uni tovar shakli bo’lmay, balki valyuta-veksel birjasi shakli bo’lgan. Birjada qimmatbaho buyumlar obyekti bo’lib hisoblangan, ular va veksellar ayirboshlashning talablariga eng ko’p darajada javob bergan. Tovarlar bilan bitim to’zish o’sha davrlarda faqat yarmarkalarda bo’lar edi. Transport vositalarni rivojlanish bilan bunday shaklda savdo qilish susayib bordi va birjani rivojlanishini keyingi bosqichi hisoblangan tovar birjalari tarkib topdi.
Dastlabki birjalar XV-XVI asrlarda Italiyada, Venesiya, Genuya, Florensiya, Gollandiya, Angliya va shuningdek boshqa mamlakatlarning yirik savdo shaharlarida paydo bo’lib, bu yerlarda manufakturalar asosida tashqi savdo rivojlangan.
Anterpendagi birja dastlabki halqaro birja bo’lib, unga 1531 yili asos solingan. Uning binosini kiraverishiga «Barcha halqlar va tildagilarning savdogar ldamlari uchun» degan afsonaviy yozuv bitilgan.
Anterpen birjasida ikki turdagi tovar, ayniqsa muhim o’rin tutar edi: angliya juni va xind qalampiri. Ular yuqori darajadagi ayirboshlash qobiliyatiga ega bo’lib, hattoki birjada bo’lmagan tovarlar bilan ham bitim to’zish imkonini berar va ular xozirgi zamon tovar birjasini yaratdilar. Yanada tez sur’atda valyuta-veksel bilan savdo qiluvchi birjalar rivojlana boshladi. Ular asta-sekinlik bilan operasiyalarni bajarish obyekti bo’lib avvalgi veksel birjalaridagidek to’lovlar emas, balki investisiya qog’ozlari - obligasiya va aksiyalar bo’lgan fond birjalariga yaqinlashib boradilar.
Bu qimmatbaho qog’ozlar Anterpen birjasida ish ko’rishning asosi bo’lib xizmat qildilar. O’sha davrda obligasiyalar bilan savdo qilishning yirik markazi bo’lgan va 1549 yili yuzaga chiqqan Lion birjasidir.
Amsterdam birjasi universal birja bo’lgan. Bunda non, to’z, baliq, shirinliklar, o’rmon yog’ochlari va boshqa tovarlar pul, obligasiya bilan savdo bo’lar edi.
Ko’plab ishtirokchilarning tezda boyib ketishga chanqoq bo’lganligi shunga olib keldiki, Amsterdamdagi birja tashkilotlari XVII asrda tarixda birja uchun birinchi mahsus bino qurdilar. Shunday kilib, birinchi bor hozirgi zamon birjasining ajralmas qismi - birja zali paydo bo’ldi.
Niderland birjalari estafetasini XVII asrning oxiri va XVIII asr boshida 1 570 yili yuzaga kelgan London birjasi oldi. Uning gullab yashnab ketishi Janubiy dengiz savdo kampaniyalari tashkil etilishiga bog’liqdir. Keyinchalik London birjasi yopiq uyushmaga «korxonaga» aylanib, unda faqat katta savdogar «kommersant»larning bir qismi uchun eshik ochiq bo’lgan.
1742 yili Parijning veksel fond birjasi ta’sis etiladi. Bundan keyingi eng ko’zga ko’ringan fond birjalaridan Frankfurtdagi birja bo’lgan. Dastlabki vaqtlarda birja ishlarni olib borish obyekti bo’lib, xar qanday qimmatbaho qog’ozlar, shu jumladan, veksellar, varrantlar, aksiyalar, obligasiyalar hisoblangan. Keyinchalik bu xil operasiyalarni olib borish banklar ixtiyoriga berilgan. Natijada qisqa muddatli kredit berish uncha katta ahamiyatga ega bo’lmay qoladi va birjalar lombardga o’xshash operasiyalarni bajarish bilan cheklanib qolgan. XIX asr oxiridan to xozirgacha fond birjalarida birja bitimlarini amalga oshirishning eng asosiy obyekti aksiya va obligasiyalar-davlat makomi boshqaruv tashkilotlari, yirik banklar va kommersiya tashkilotlari qarzlari, majburiyatlari hisoblanib kelinmoqda. XVI asrda yuzaga kelgan tovar birjalari fond birjalari kabi uncha katta rol o’ynamaydi. Keyinchalik XIX asrning oxirlarida ma’lum xil tovarlar bo’yicha ixtisoslashgan tovar birjalarini gullab-yashnashi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlanishi bilan o’zviy bog’liq edi. Yirik tovar birjalari don, shakar, kofe va boshqa tovarlar bilan savdo qilishga ixtisoslashgan edilar. Bu qishloq xo’jaligi mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar birja savdosi uchun ko’proq yaroqli bo’lgan. Bunga sabab ularni qisqa vaqtda yetishtirilishi va ularga bo’lgan doimiy talabning mavjudligidir. Shuning uchun bu mahsulotlarga bahoni barqarorlashtirib turish qiyin.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari standart bo’yicha birja savdo sistemasiga yaxshi moslashadi namunasi ko’rsatilmaydi, standart bo’yicha faqat nomi beriladi.Bu xil obyektlar xozirgacha tovar birjalarida oldi-sotdi operasiyalari olib borishning asosiy buyumi hisoblanib kelmoqda.
Rossiyada birjalarning paydo bo’lishi Ulug’ Petr nomi bilan bog’liqdir. 1721 yili Sank-Peterburgda birinchi rus birjasini yaratdi. U keyinchalik Yevropada eng yirik birjalar qatoridan o’rin olgan. Xukumat tomonidan qurilgan birja binosini Aleksandr1 Peterburg zodagonlariga topshirdi. XX asr boshlarida Rossiyada 50 dan ortiq tovar birjalari, bir qancha umumevropa ahamiyatiga ega bo’lgan fond birjaliri (jami 115) aktiv faol ko’rsatganlar. Birja savdosining ko’lami bo’yicha Rossiya eng rivojlangan Yevropa davlatlariga teng kelgan. XX asr boshlarida Germaniyajda 20 ta , Fransiyada tahminan 70 ta birja mavjud edi.
Rossiyada birja savdo instituti tadbirkorlarining o’zlari yaratgan ijtimoiy tashkilotlari doirasida rivojlangan o’sha davrda Rossiyada birja faoliyati umumhuquq doirasida boshqarilmagan. Bu davrda davlat kommersantlarni o’zlarining obro’ va kasb ustaligiga tayangan.
Birjalar iqtisodiy munosabatlarning o’z-o’zini ijtimoiy boshqarish ko’p tarmoqli sistemada qo’shilib ketgan edi. Boshqa ijtimoiy savdo tashkilotlari yoki yarmarkalar, savdo va savdo sanoat palatalari, zadogonlar yig’ilishlari, sanoatchilar birlashmalari bilan bir qatorda rus birjalari talab va taklifni baravarlash, bahoni belgilash, regionlar va xalqlar o’rtasida mustahkam savdo aloqalarini o’rnatish, emissiya va qimmatli qog’ozlar ustidan nazorat o’rnatish sohalarida zarur vazifalarni bajarganlar.
Birinchi jaxon urushi boshlanishida birjalar ma’muriy tarzda taqiqlangan edi. Yangi iqtisodiy siyosat «YaIS» davriga birjalar yana tiklandi. Ular shunda yuzdan ortiq edi. Shu davrda ko’zga ko’ringanlari Moskva markaziy tovar birjasi «29 dekabr 1921 yil ochilgan», Saratov, Perm, Vyatka, Nijgorod, Rostov-Don birjalari va hokazolar.
Birjalar to’g’risida qabul qilingan birinchi eng mashxur qonuniy xujjat sanoatida yangi iqtisodiy siyosat masalalari bo’yicha farmon bo’ldi. «RSFSR 1921y. №4 43-modda».
Birjalar faoliyati bo’yicha 1921, 1922, 1925, 1928 yillarda qabul qilingan, to’zatilib, to’ldirilib kelingan va yangi iqtisodiy siyosatni dastlabki asosini tashkil etgan xujjatlar 1930 yili bekor qilindi. Ma’muriy buyruqbozlik o’sishi bilan iqtisodiyotni boshqarish sistemasini tug’ilgan yili bo’ldi. Hozirgi davrda ZO-chi yillarning boshlarida bozor munosabatlariga o’tib, birja savdosini yo’lga qo’yib, ya’ni jumhuriyatda bozor infrastrukturasini yaratish dolzarb masalaga aylandi.
Funksional va tarmoqlar bo’yicha davlat boshqaruvining yangilangan shakli bilan bir qatorda iqtisodiy munosabatlarni ijtimoiy boshqaruvchi institutlar, ya’ni yarmarkalar, savdo palatalar, tadbirkorlar jamiyati va birjalar yuzaga keldi.
Birja va brokerlik idoralari, odatda keng doiradagi faoliyat turlarini amalga oshiradi. Avvalo ular savdo bitimlarini to’zish, ulgurji savdoni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha juda ko’p xildagi vositachilik xizmatlarini bajaradilar. Odatda, ular katta hajmda nashriyotchilik faoliyatini olib boradilar. Birja byulletenlari, qo’llanmalar, normativ xujjatlar va boshqalarni chiqaradi. Bulardan tashqari, ular turli xil tovarlar, baholar bozori tovarlarga bo’ladigan kelasi davrda talab va taklifni o’zgarish holati to’g’risidagi ma’lumotlarni to’playdilar. Birjalar keng doirada konsultasiya, maslaxat berish va shu kabi boshqa xizmatlarni bajaradilar. Ular bilan yaxshi va doimiy munosabatlarni saqlab turish maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadda korxonalar birjalar bilan ma’lum xil shartnomalar to’zishlari mumkin. Birjalar va brokerlik idoralari faoliyati faqat shular bilan qoplanib qolmaydi. Ular ko’pgina mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlarni bajarish soxasida juda ko’p xildagi faoliyat turlarini bajara oladilar, qo’shimcha korxonalar yaratadilar, sug’o’rta, moliya-kredit va kommersiya operasiyalarini bajaradilar. Ko’p hollarda birja va brokerlik idoralari ko’p qirrali faoliyati amalga oshiruvchi tashkilotdir. Shuning uchun ularni yaratishda ana shu ko’p qirrali faoliyatni imkoni bo’yicha Ustavda aks ettirish zarur. Brokerlar va birja mijozlari shuni yodda tutishlari zarurki, birja anchagina katta xuquqga ega. Birjalar o’z Ustavida xuquq doirasida faoliyatining tartib va qoidalarini belgilashga xaqdir. Ularga rioya qilmaslik yomon salbiy oqibatlarga olib keladi. Birjalar, shuningdek o’ziga sotiladigan tovarlar ro’yxatini aniqlashi, xususiy birja standartlarini, o’xshash birja kontraktlarini ishlab chiqishi, birjadagi talashuv - tortishuv bo’yicha qarorlar qabul qilishi, vaqtincha savdoni to’xtatib qo’yish, o’z xizmati uchun to’lovlar belgilash, Ustavni va savdo qoidasini, shunga o’xshashlarini bo’zganligi uchun sanksiyalar yuklashi mumkin. Ammo bir birja shu va boshqa masalalarni o’zicha xal etishi mumkin. Demak, turli xil birjalardagi qoida va talablar bir xil emas. Yana shuni aytish kerakki, birja va ularda amal qilayotgan brokerlik idoralari mustahkam xuquqiy shaxs hisoblanadilar. Ular o’z faoliyatlarida bog’liqdirlar, lekin bir-birlarining majburiyatlari bo’yicha bermaydilar.
Birjalar va birja faoliyati to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunida ko’rsatilishicha birja savdosini tashkil etish va uni tartibga solib turishga doir faoliyat bilan shug’ullanishga xaqlidir.
Birja oldi-sotdi, savdo-vositachilik faoliyati bilan bevosita shug’ullanishi mumkin emas. Birja faoliyatining asosiy qoidalari quyidagilar:

  • savdoni o’tkaziladigan joyi va vaqtini oldindan tartibga solingan yo’li birja savdo-sotig’i samaradorligini ta’minlash;

  • birja tovarlari bozorini shakllantirish;

  • erkin ravishda yuzaga keladigan bozor narxlarini qo’llash;

  • savdo-sotiqni oshkora va omma oldida o’tkazish;

  • birja bitimlarini tasdiqlagan qoidalarga asosan erkin ravishda to’zish va ularni ro’yxatdan o’tkazish;

  • tovarlar narxini belgilash va ularga doir ma’lumotlarni e’tirof qilish;

  • monopoliyaga qarshi kurash to’g’risidagi qonunlarga rioya etish qoidalari asosida amalga oshiriladi.

Mulkchilikning barcha shakldagi korxonalar, tashkilotlar, xo’jalik uyushmalari, brokerlik va firmalari, brokerlar, dillerlik boshqa yuridik va jismoniy shaxslar shu jumladan chet el yuridik jismoniy shaxslari birja faoliyatining ishtirokchilari hisoblanadi.
Birja bozor iktisodiyotining tovarlarning ulgurji bozorini shakllantiradigan klassik instituti sifatida tashkiliy, iqtisodiy va xuquqiy asoslarga ega. U bozordagi yaxshi jixozlangan joyidir. U o’z nomidan bitimlar to’zishi, sudda javobgar va davogar sifatida chiqishi mumkin.
Birja quyidagi funksiyalarni bajaradi:

      • Ochik birja savdolarini o’tkazish uchun birja yig’ilishlarini tashkil etish, ya’ni:

  • birja savdolarini tashkil etish;

  • birja savdosining tartib-koidalarini ishlab chiqish;

  • savdolarni moddiy-texnik ta’minlash;

  • birjaning malakali apparati.

      • Birja kontraktlarini ishlab chikish, ya’ni;

  • birja tovarlarining sifat tavsiflariga quyiladigan talablarni standartlash;

  • tovar partiyalari hajmini standartlash;

  • birja bitimlari bo’yicha to’lovlarga bir xil talablar ishlab chiqish.

      • Birja bitimlari bo’yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni hal etish.

      • Birja baholarini aniqlash va tartibga solish.

      • Birja savdosi ishtirokchilarini baho o’zgarishlaridan sug’o’rta qilish.

      • Birjaning kliring va hisob-kitob tizimlari asosida bitimning kafolatli bajarilishini ta’minlash.

      • Birjaning axborot faoliyati.

Birja savdolarining o’tkazilish moxiyati sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida bitim to’zilishidir. Bitim to’zilishi nafaqat savdo ishtirokchilarining, balki ularning orqalarida turganlarning manfaatlarini ifodalaydi, shuning uchun har bir bitim batafsil tahlil qilinadi.



Yüklə 144,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə