7-mavzu: Iqtisodiy islohotlar, xususiy muhlkchilikning shakllanishi. O‘zbekistondada bozor munosabatlarining rivojlanishi


Tadbirkorlik va xususiy mulkchilikning rivojlanishi7



Yüklə 29,37 Kb.
səhifə4/6
tarix07.04.2023
ölçüsü29,37 Kb.
#104495
1   2   3   4   5   6
7-mavzu Word маруза

Tadbirkorlik va xususiy mulkchilikning rivojlanishi7 . Mustaqillik davrida bozor iqtisodiyotining asosiy tarmog'i bo‗lgan xususiy biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi ham beqiyos darajada rivojlandi. Ayniqsa, uning huquqiy asoslari fuqarolik jamiyati qurish talablari asosida shakllantirildi. O‗zbekistonda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiyotning asosi bo‗lgan xususiy tadbirkorlik mustaqillik davriga kelib shakllandi. Mamlakat tarixida dastlab O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy sifati qoida mustahkamlab qo‗yildi: Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‗zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste‘molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan babbaravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin». Shuningdek, mamlakatda tadbirkorlik va xususiy mulkchilikni rivojlantirish maqsadida uning huquqiy asoslari Fuqarolik kodeksiga 1991-yilda qabul qilingan «Tadbirkorlik to‗g‗risida»gi, 2002-yilda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash to‗g'risida»gi qonunlarda shakllantirildi. Mazkur huquqiy asoslarning asosiy vazifasi fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat edi.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash to‗g‗risida»gi qonunning 18~moddasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari sifatida quyidagi qoida mustahkamlab qo‗yildi: «Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan babbaravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor mulkiga o‗z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Tadbirkorlarga o‗z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi». Qonunlarda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining o‗zlari ishlab chiqargan mahsulot yoki ko‗rsatilgan xizmatlarning hamda ulardan olgan daromadlar yoki foydaning mulkdori ekanligi belgilab qo‗yildi. Shuningdek, fuqarolarga fermer xo‗jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ellik yilgacha bo‗lgan muddatga ijaraga berish qoidasi o‗rnatildi. Undan tashqari mulkdorlarga yana qator imtiyozlar, huquqlar va erkinliklar berildi. Mamlakatda kichik biznes sohasida yakka tadbirkorlik eng ko‗p tarqalgan xo‗jalik sifatida rivojlandi. 2003-yilga kelib mamlakatda yakka tadbirkorlarning soni 3,5 mln. dan ortib ketdi. Ular asosan qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo- sotiq, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‗rsatish va hunarmandchilik sohalarida band bo‗ldi. 2003 yilga kelib esa respublikada qariyb 283,9 kichik biznes korxonalari faoliyat ko‗rsatdi, ularda mikrofirmalar hissasi —79,8 foiz, kichik korxonalar esa — 10,3 foizga to‗g'ri keldi. 2004-yilda respublikaning har 1000 aholisiga 11 ta kichik bi8 znes korxonasi to‗g'ri keladi. O‗zbekistonda qayd etilgan korxonalar umumiy sonida kichik va o‗rta biznes korxonalari hissasi 90 foizni tashkil etdi. O‗zbekistonda kichik biznes qishloq xo‗jaligi sohasida ko‗proq rivojlandi. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning asosiy qismini dehqon, fermer xo‗jaliklari tashkil etdi. 2003- yilga kelib yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznesning salmog'i 35 foizni tashkil etdi. Kichik biznesda mahsulot hajmi, jumladan, yakka tadbirkorlikda ularning hissasi: sanoatda — 14,1 foiz, qurilishda — 41,3 foiz, qishloq xo‗jaligida — 76,4 foiz, savdo-sotiqda — 43,8 foiz, xizmat ko‗rsatish sohasida — 41,3 foizni tashkil etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligi darajasini oshirishdagi roli ham ahamiyatli hisoblanadi. Haqiqatan ham, tadbirkor o‗z mablag'larini ishlab chiqarish sohasiga kiritar ekan, ayni paytda o‗z daromadlarini oshirish bilan birga jamiyat boshqa a‘zolarining ham ish hamda daromad bilan ta‘minlanishga moddiy negiz yaratadi. Mamlakatimizda bu boradagi faoliyat ham kengayib bormoqda: 2000—2008-yillar davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida band bo‗lganlar soni 3,3 marta oshdi. 2010-yilning 1-yanvar holatiga kichik biznes va xususiv tadbirkorlikda band bo‗lganlar soni 8402,3 ming kishini, sha jumladan, yakka tadbirkorlar 6446,2 ming kishini, kichik korxona va mikrofirmadagi bandlar soni 1956,1 ming kishini tashkil etdi.
Tajribalar ko‗rsatdiki, kichik biznesning ixchamligi, harakatchanligi, iqtisodiy manfaatlarni nisbatan to‗laroq namoyon eta olishi, bozor konyunkturasi o‗zgarishlariga tez moslasha olishi kabi xususiyatlari uning iqtisodiyotni tubdan o‗zgartirishda eng samarali va qulay vositalardan biriga aylantirdi. Mazkur soha taraqqiyoti uchun alohida shart-sharoitlarning yaratilishi, soliq, bojxona va boshqa to‗lov imtiyozlarining belgilanishi, nisbatan arzon kredit resurslarining taqdim etilishi natijasida qisqa davr ichida kichik biznes korxonalarining soni ahamiyatli darajada oshib bordi. Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, 1992-yilda ro‗yxatga olingan kichik biznes korxonalarining soni atigi 16,5 mingtani tashkil etgan bo‗lsa, 2010yilda bu ko‗rsatkich (fermer xo‗jaliklaridan tashqari) 224,2 mingtaga yetdi, ya‘ni deyarli 14 baravar o‗sdi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini keskin oshirishga erishildi.
Bozor iqtisodiyotining eng asosiy o‗zaklaridan biri bo‗lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyoti salohiyatini oshirishdagi roli va o‗rni tobora mustahkamlanib bormoqda va bu jarayon iqtisodiyotning tarkibida bo‗layotgan ijobiy o‗zgarishlarga kuchli ta‘sir etmoqda. 2013-yilning o‗zida mamlakatda 26 mingdan ziyod kichik biznes subyekti ish boshladi.
Ko‗rinib turibdiki, O‗zbekiston iqtisodiyoti faqat mustaqillik davriga kelib rivojlandi. Bu davrda xalqning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy erkinliklarga erishishi, O‗zbekistonning milliy qadriyatlar va rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosidagi va mustaqil davlat sifatidagi rivojlanish strategiyasini tanlaganligi, davlatning bosh islohotchi sifatidagi chora-tadbirlari tufayli mamlakatning salohiyati mislsiz darajada o‗sib bordi. Mamlakat jahon hamjamiyati tomonidan iqtisodiyoti rivojlangan davlat sifatida e‘tirof etildi.

Yüklə 29,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə