7-mavzu. O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. Peja


Muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari va omillari



Yüklə 34,29 Kb.
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü34,29 Kb.
#143744
1   2   3   4   5
7-mavzu

4. Muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari va omillari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatimizni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari haqida o’z fikrlarini bayon etgan: Mustaqil O’zbekistonning kuch-qudrat manbai – xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo’shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab asrab kelmoqda. O’zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratishdir”.
Darhaqiqat, O’zbekiston zaminida Sharq ma’naviy madaniyatining muhim jihatlari uyg’onish davrida rivojlangan bo’lib, bu davrda yashab ijod etgan al-Xorazmiy, al-Kindiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Umar Xayyom, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Shayx Sa’diy, Tusiy, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Mirzo Ulug’bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ko’plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida, insonning ma’naviy-axloqiy kamolotida, umumbashariy ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida muhim bosqich bo’ldi. Ular Sharqona axloq-odob talablari asosida komil insonni tarbiyalashning ma’naviy asosini yaratishga muvaffaq bo’ldilar. Ushbu davr ma’naviy qadriyatlari mazmunida avvalo, insonning ichki va tashqi holati, hissiyoti, mehnatga, turmushga munosabati, mehr-oqibati, muhabbati, sadoqati, bilim o’rganishga intilishi, ma’naviy kayfiyati, aql idroki, erki, insonni tabiatning eng buyuk mahsuli sifatida kuylash, tasvirlash, oliy axloqli, yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lgan adolatli jamoa vakilini tarbiyalash g’oyasi ilgari surilgan. Ularning yosh avlod ma’naviy madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyati ham naqadar bebaho ekanligini ta’kidlab,birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli asarida ma’naviyat tushunchasiga shunday ta’rif beradi: “...Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir, desak menimcha tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o’z tasdig’ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo’lamiz”. Demak, ma’naviy madaniyat manbalarida ilgari surilgan g’oyalarga amal qilish, ularni yosh avlodga o’rgatish va ongiga singdirish o’qituvchining jamiyat va Vatan oldidagi yuksak burchidir.Inson o’z qadr-qimmatini va o’zligini umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida anglay boshlaydi. Ta’lim muassasalarida o’qituvchi tomonidan o’zaro muloqot asosida olib boriladigan quyidagi xususiyatlar negizida o’quvchilarda muloqot orqali ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari (O.Musurmonova) ifodalangan:
*har bir insonning qiziqishlarini ko’ra bilish, his etish va hurmat qilish;
*milliy-ma’naviy madaniyat manbalarini o’rganish, o’zligini anglashga ehtiyoj;
*inson hayotida mehnatning o’rnini to’g’ri tushunish;
*insonparvarlik, mehr-oqibat, iymon, e’tiqod, milliy qadriyatlarni e’zozlash;
*Vatanga muhabbat, sadoqat, o’z manfaatlarini jamiyat, xalq manfaatlaridan yuqori qo’ymaslik;
*ota-ona, qarindoshlar va boshqa atrof-muhitidagi kishilarga nisbatan muruvvatli, saxovatli bo’lish.
O’qituvchi ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o’quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirishda muloqotning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanib ong va faoliyat birligini ta’minlashi taqozo etiladi. Ma’naviy ong o’quvchining dunyoqarashi, bilimi, his-tuyg’usi, idroki, irodasi va diqqatining majmuasi bo’lib, u o’qituvchining pedagogik mahorati negizida ta’lim-tarbiyaviy faoliyat asosida shakllantiriladi. O’z navbatida ong ham faoliyatga ta’sir ko’rsatadi va uni tartibga soladi. O’quvchi tarbiyaviy muhitda uyushtirilgan ma’naviy faoliyatda ma’naviy madaniyat muammolarini erkin, ongli va adolatli echa olishga intilishi ta’minlanishi kerak. O’qituvchi bilan o’zaro muloqot jarayonida o’quvchi ongli ravishda o’z munosabatlarini bildirishga, to’g’ri xulosa chiqara olishga, milliy g’urur asosida ularni avaylashga, asrashga, sevishga, umrboqiyligini ta’minlashi ma’naviy burchi ekanligiga o’rgatiladi. O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli asarida: “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil – bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog’liqligidir. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. ....Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak. Shuning uchun ham o’zligini, insoniy qadr-qimmatini anglab etgan har qanday odam bu haqda o’ylamasdan yashashini tasavvur qilish qiyin”, – deb ta’kidlaydi.
Ma’naviy madaniyatning muhim belgilarini shakllantirishda, ta’lim-tarbiya tizimini ma’naviy muhit, ma’naviy faoliyat va ma’naviy anglash bosqichlaridan iborat andozalar asosida tashkil etishda ushbu mezonlar talablariga rioya qilish belgilangan maqsadni samarali amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bunda o’qituvchining muloqoti asosida o’quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish jarayoniga ta’sir etuvchi quyidagi omillar ham muhim ahamiyatga ega:
1.O’quvchi ma’naviy faoliyat asosida o’zligini anglashni shakllantirish uchun ma’lum bir muhitda ma’naviy qadriyatlar bilan harakat orqali muloqotga kirishadi. Harakatsiz muhit va faoliyat bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun o’quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish samaradorligini ma’naviy harakat omili ta’minlaydi.
2.Ma’naviy qadriyatlarning mohiyati, ma’naviy-axloqiy tajriba, o’qituvchining ta’sirchan nutqiy muloqoti vositasida o’quvchi ongiga singdiriladi. Nutqiy aloqalar tarbiya jarayoni ob’ektlari va sub’ektlari orasida kechadi va o’quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. O’quvchining xulq namunasi, ma’naviy harakati, nutqiy aloqalar samaradorligi o’qituvchi va o’quvchining muloqoti asosidagi faoliyat munosabatlari bilan belgilanadi.
3.Ma’naviy qadriyatlarning tarbiyaviy mohiyatidan ta’sirlanish va amaliy faoliyatda ularga tayanish, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko’tarilishini ta’minlab, o’quvchi ma’naviy madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyatini takomillashtirish ta’lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilaridan (o’qituvchi va o’quvchi) doimiy ijodkorlikni talab qiladi. Ijodkorlik – milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida o’quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. O’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida uning imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi.
4.O’quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantirishning muvaffaqiyati o’qituvchining muloqot olib borish psixologik taktikasi omillariga ham bog’liq. Ushbu omilni harakatlantiruvchi sharoitlar:
– o’qituvchining pedagogik-psixologik bilimlar va maxsus fanlar integratsiyasi bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lishi;
– mutaxassisligi bo’yicha kasbiy mahorati;
– o’quvchilar bilan o’zaro do’stona muloqot madaniyati;
– o’quvchilarning ruhiy holatini tez bilib olishi;
– o’qituvchi ma’naviy madaniyatining shakllanganlik darajasi;
– ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usul va metodlarini tanlay bilishi;
– zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari to’g’risida chuqur ma’lumotlarga ega bo’lishi;
– o’qituvchining pedagogik jamoa orasidagi hurmat – e’tibori.
1.O’qituvchi muloqot asosida o’quvchilarda ham ijodkorlik omilini takomillashtirib boradi. O’quvchida uning sifatlari quyidagi belgilar bilan namoyon bo’ladi:

  • ma’naviy qadriyatlarni, an’analarni o’zlashtirishga qiziqishda ehtiyoj va talabning kuchliligi;

-o’rganilayotgan fanlar asoslarini egallashga ijobiy munosabat;
-ma’naviy madaniyat saviyasi, dunyoqarashi;
-o’z-o’ziga nisbatan talabchanlik;
-tabiatga, atrof-muhitga ongli munosabat;
-yangiliklarni va axborot texnologiyalarini o’rganishga qiziqish;
-ijtimoiy va shaxsiy faolligi;
-nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasi;
-tashabbuskorligi va ijodkorligi.
O’quvchilarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatli borishi ta’lim mazmuniga asoslanib, o’qituvchi va o’quvchining o’zaro hamkorlikdagi faoliyatini to’g’ri tashkil etish saviyasiga bog’liq. Bu quyidagi faoliyat turlarini mukammal bilishni taqozo etadi:

Yüklə 34,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə