7-sinf “algebra” kursida o’rganilgan mavzularni takrorlash


O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə10/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#135644
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
9-konspekt-algebra-1-chorak (2)

2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
Kvadrat tengsizlik va uning yechimi

Agar tengsizlikning chap qismida kvadrat funksiya, o’ng qismida esa nol tursa, bunday tengsizlik kvadrat tengsizlik deyiladi.


Umuman, agar ax2+bx+c=0 kvadrat tenglama ikkita turli ildizga ega bo’lsa, u holda ax2+bx+c>0 va ax2+bx+c<0 kvadrat tengsizliklarni yechishni, kvadrat tengsizlikning chap qismini ko’paytuvchilarga ajratib, birinchi darajali tengsizliklar sistemasini yechishga keltirish mumkin.
Masala. To’g’ri to’rtburchakning tomonlari 2 dm va 3 dm gat eng. Uning har bir tomoni bir xil sondagi detsimetrlarga shunday orttirildiki, natijada to’g’ri to’rtburchakning yuzi 12 dm2 dan ortiq bo’ldi. Har bir tomon qanday o’zgargan?
To’g’ri to’rtburchakning har bir tomoni x detsimetrga orttirilgan bo’lsin. U holda yangi to’g’ri to’rtburchakning tomonlari (2+x) va (3+x) detsimetrga, uning yuzi esa (2+x)(3+x) kvadrat detsimetrga teng bo’ladi. Masala shartiga ko’ra (2+x)(3+x)>12, bundan x2+5x+6>12 yoki x2+5x-6>0.
Bu tengsizlikning chap qismini ko’paytuvchilarga ajratamiz:
(x+6)(x-1)>0.
Masala shartiga ko’ra x>0 bo’lgani uchun x+6>0.
Tengsizlikning ikkala qismini x+6 musbat songa bo’lib, x-1>0, ya’ni x>1 ni hosil qilamiz.
Javob: To’g’ri to’rtburchakning har bir tomoni 1 dm dan ko’proqqa orttirilgan.


4. Yangi mavzuni mustahkamlash:
61. Quydagi tengsizlikni kvadrat tengsizlikka keltiring:
1) x2<3x+4; 2) 3x2-1>x;
3) 3x2< x2-5x+6; 4) 2x(x+1)Tengsizlikni yeching (63-65):

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə