8-ma’ruza. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlash


-rasm. Kompetentlikni rivojlantiruvchi AKTning texnik vositalari



Yüklə 111,57 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü111,57 Kb.
#137656
1   2   3   4
8-mavzu

3-rasm. Kompetentlikni rivojlantiruvchi AKTning texnik vositalari
Ma’lumki, “Axborot texnologiyalari” o’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalarining ba’zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, axborot texnologiyalarining amaliyotdagi tatbiqini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi ro’lini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo’llashi lozim.
Bugungi kunda talabalarni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi asosiy maqsadlardan biri qilib qo’yilgan. Ushbu masalani hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga ham bog’liq. Avvalo “interfaol (interaktiv)” tushunchani aniqlashtirib olaylik. “Interaktiv” degan so’z inglizcha “interact” so’zidan kelib chiqqan. “Inter” - o’zaro, “act” - ish ko’rmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. Bunday metodlar hamkorlikda ishlashni talab etib auditoriyadagi barchani qamrab olishga qaratilagn. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etadiki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar[3].
Ta’lim jarayonining mohiyatini o’zaro bog’langan uchta-o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish kabi omillar tashkil etadi. Mavzu bo’yicha ko’plab adabiyotlar tahlil qilindi. Olimlarning qarashlari va tadqiqotlari o’rganildi. Ular tavsiya qilgan metod va vositalar tahlil qilindi. Shu asosida mashg’ulot mavzusi va maqsadidan kelib chiqqan holda mashg’ulotni tashkil qilgan samarali va tinglovchi o’zlashtirishi uchun maqbul bo’lishi asoslandi.
Xulosa o’rnida har bir fan va mavzu yoritilish jarayoni avvalo talaba yuqori darajali bilim olishi va yuqori kasbiy kompitentligini shakillantirishga qaratish ularning kelgusida yuqori salohiyatli va raqobat bardosh kadrlar bo’lib yetishishlariga yordam beradi. Bu avvalo, jamiyatni rivojlantirishga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Zero, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash avvalo kelgusida ham ta’lim va tarbiya beradigan dargohidan salohiyatli yoshlar yetishib chiqishini ta’minlaydi.
«O’qituvchining kasbiy kompetentligi» tushunchasiga berilgan ta’rif va tavsiflarni umumlashtirib, uni quyidagicha talqin etish mumkin: O’qituvchining kasbiy kompetentligi - pedagog faoliyatida kasbiy kompetentlik muhim jihatlaridan biri bo’lib, pedagogning faqatgina kasb va kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog’lik barcha ehtiyoj, kobiliyat, mahorat, bilish va qiziqishlarini ifodalaydi.
Buning uchun u:

  • ijodiy izlanishlar jarayonini boshqarishga moyil bo’lishi;

  • ijodiy izlanishlarning samaradorligi o’qituvchining pedagogik, psixologik va nazariy tayyorgarligiga bog’lik bo’lishini esda tutishi lozim.

Yüklə 111,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə