8-ma’ruza. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlash



Yüklə 111,57 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü111,57 Kb.
#137656
1   2   3   4
8-mavzu

1-rasm. AKT Klassifikatsiyasi
Pedagogning bilish faoliyati kup jihatdan o’rganilayotgan narsalarning murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta’siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi. Mazkur holda o’z-o’zini tartibga solish xususiyatlari o’z bilim va malakalarini doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarga qaratilgan o’z xatti-harakatini qat’iy muvofiqlashtirish o’quvi bilan tavsiflanadi.
Kompetentlik – bu biror bir ishni samarali qila olish va ma'lum bir kasbda qo'llaniladigan standartlar bo'yicha bajara olish qobilyati.
Kompetentlikning bir nechta turlari mavjud bo’lib, ular quyidagilar:

  1. O’zini tutish (povedencheskaya) kompetentligi – o’zining professional vazifalarini bajarish paytida insonning individualligini xarakterlovchi kompetentlik tushuniladi.

  2. Texnik (professional) kompetentlik – bu mehnat natijalari, professional majburiyatlarni bajarish standartlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan kompetentlik tushuniladi.

  3. Umumiy kompetentlik – ma’lum bir kasb bilan shug’ullanuvchi barcha insonlarni xarakterlovchi kompetenllik hisoblanadi.

  4. Maxsus kompetentlik – aniq professional majburiyatlarni samarali bajarish uchun kerak bo’lgan kompetentlik tushuniladi.

  5. Boshlang’ich kompetentlik – topshirilgan professional vazifalarni bajarish uchun ishchiga zarur bo’lgan asos, baza kompetentlari tushuniladi.

  6. Ijrochilik kompetentligi – erishilgan natijaning sifatini aniqlashtiruvchi kompetentlikdir.

  7. Differensial kompetentlik – u yoki bu darajada samarali ijrochilarni farqlashga yordam beradigan kompetenlik hisoblanadi.

Pedagogning kasbiy tarbiyalanganlik layoqatliligini tadqiq qilishga bag’ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi:

  • maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligi – kasbiy faoliyatini yetarlicha yuqori darajada egallaganlik, o’zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati;

  • ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligi – birgalikdagi kasbiy faoliyatni, hamkorlikni va shuningdek, mazkur kitobda qabul qilingan kasbiy muloqot uslublarini egallaganlik, o’z kasbiy kasbi natijalari uchun ijtimoiy mas’ullik.

Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar asosida uning modelini ishlab chiqishda oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilab berilgan quyidagi holatlar asos uchun qabul qilindi:

  • pedagogning faoliyat sohalari: ta’lim; boshqaruv.

  • pedagogning faoliyat turlari: o’quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar.

  • pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy o’rta ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari.

Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar mazmuni asoslandi va ularning har biriga tavsif berildi[2].

Yüklə 111,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə