8-ma’ruza. Startaplar uchun raqamli biznes modellari


 Android va Tinkoff biznes modellari bo’yicha keys stadi



Yüklə 19,79 Kb.
səhifə2/4
tarix26.10.2023
ölçüsü19,79 Kb.
#130962
1   2   3   4
8-ma’ruza. Startaplar uchun raqamli biznes modellari-hozir.org

8.2. Android va Tinkoff biznes modellari bo’yicha keys stadi. 
Tinkoff Bank 10 yil oldin tashkil etilgan va bugungi kunda Rossiyada olti
milliondan ortiq aholiga xizmat ko'rsatuvchi mijozlar soni bo'yicha dunyodagi eng
yirik mustaqil to'liq onlayn bank hisoblanadi. Bankning bosh kompaniyasi bo'lgan
TCS Group Holding PLC 2013-yil oktabr oyidan beri London fond birjasida
ro'yxatga olingan va kapitallashuvi 3 milliard dollar atrofida. Bankdan tashqari,
Guruh tarkibiga Tinkoff Mobile virtual mobil operatori, Tinkoff Insurance va
Rossiyaning yirik shaharlaridagi Tinkoff Development Center IT markazlari
tarmog'i kiradi. Korxonada 17 ming xodim ishlaydi
Tinkoff Bankning bironta filiali yo'q: mijozlarga onlayn kanallar va aloqa
markazi orqali masofadan xizmat ko'rsatiladi.
Shu kungacha Tinkoff bankining asosiy qiymat taklifi barcha mintaqalarda,
shu jumladan moliyaviy xizmatlar yetib bormagan: bank filiallari, bankomatlar
mavjud bo‘lmagan kichik aholi punktlarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish
imkoniyatini yaratish hisoblanadi.
Tinkoff biznes-modeli 9 ta strukturali blokdan iborat:


Iste'molchi segmentlari


Qiymatli takliflar
Tarqatish kanallari
Mijozlar bilan munosabatlar
Daromad oqimlari
Asosiy resurslar
Faoliyatning asosiy ko‘rinishlari
Asosiy hamkorlar
Xarajatlar strukturasi.
Qiymatli takliflar 
Qiymat taklifi mahsulot yoki xizmatni iste'mol qilish samarasidir. Shu
kungacha Tinkoff bankining asosiy qiymat taklifi barcha mintaqalarda, shu
jumladan moliyaviy xizmatlar yetib bormagan: bank filiallari, bankomatlar mavjud
bo‘lmagan kichik aholi punktlarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini
yaratish hisoblanadi.
Iste'molchi segmentlari 
Iste'molchi segmentlari - bu blok kompaniya qaysi iste'molchilar guruhlarini
jalb qilish va ularga xizmat ko'rsatishni kutayotganini aniqlaydi, boshqacha
aytganda, bu mahsulotning maqsadli auditoriyasi.

Yüklə 19,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə