8-Мавзу: Бошланғич синфларда оғзаки ва ёзма иншо. Иншо турлари



Yüklə 18,59 Kb.
səhifə1/6
tarix08.06.2023
ölçüsü18,59 Kb.
#116091
  1   2   3   4   5   6
Б.С.Иншо.


8-Мавзу: Бошланғич синфларда оғзаки ва ёзма иншо. Иншо турлари.

Режа:
1.Оғзаки ҳикоя ҳамда шу асосда иншо ёзишнинг назарий асослари.


2.Бошланғич синфларда иншо ёзиш ва унинг ўзига хос хусусиятлари.
3.Ўқувчилар тарбиясида иншонинг аҳамияти.
4.Иншо мавзусини танлаш, режасини тузиш ҳамда иншо ёзишга тайёрлаш.

Insho” asli arabcha so’z bo’lib, ma’nosi “yaratish”, “bino qilish”, “boshlash” demakdir. Bu co’zning ma’nosi hozirda ancha torayib, asosan, o’quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma’nosida qo’llanadi.


Insho − ijodiy ish bo’lib, u o’quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozisiyasi va rejasi haqida o’ylash, mantiqiy bog’lanishni belgilash, so’z, so’z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o’zaro bog’lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o’quvchidan aqliy kuchini to’la ishga solish bilan birga, o’z ma’naviy faoliyatini boshqarish ko’nikmasini ham talab etadi.Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo’shiladi. O’quvchi inshoni mustaqil, ijodiy xarakterda bo’lgani uchun, «o’ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi.
Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi − inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o’quvchilar nutqini o’stirish, aqliy, ijodiy o’sishiga mo’ljallangan dasturga o’tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada o’sdi.
Og’zaki va yozma inshoga o’rgatish jarayonida o’quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o’z inshosini aniq fikrga bo’ysundirish, material to’plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko’nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar ham amalga oshiriladi, ya’ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e’tibor berish, matnni xatboshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi.
Og’zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi.
Insho material manbaiga ko’ra quyidagi uchga bo’linadi:
1) o’quvchining o’zi ko’rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, ya’ni mehnat, kuzatishlar, ekskursiyalar, o’yinlar, o’z tajribasi va boshqa jonli materiallar asosidagi insho;
2) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o’qituvchi hikoyasi va boshqa manbalar asosidagi insho;

Yüklə 18,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə