8-mavzu husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari


Yozuvga o’rgatish jarayonida ko’rgazmalilik



Yüklə 220,5 Kb.
səhifə3/6
tarix30.08.2023
ölçüsü220,5 Kb.
#121142
1   2   3   4   5   6
2. Yozuvga o’rgatish jarayonida ko’rgazmalilik.
Ma`lumki, o'quvchilarning yozish sur`ati bir xil bo'lmaydi. Lekin shunga qaramasdan butun o'quvchilarning yozish tezligini barobarlash chora - tadbirlarini belgilash, bir darsda yoziladigan material miqdorini aniqlab olish mumkin. O'quvchilar barmoq muskullarining erkin harakatlanishini rivojlantiruvchi mashqlarni doimiy ravishda o'tkazib turish ham yozuvga o'rgatishning bir uslubiy shartidir.O'quvchilarni yozuvga o'rgatishning ta'limiy vositalaridan biri ko'rgazmalilikdir.
Ko'rgazmalilik 2 xil bo'ladi:
Ko'rgazmali tasvir - bu o'qituvchi tomonidan birorta harfning yozma shakli ifodalangan bo'lsa, shu shakl kichik hajmda, har bir o'quvchining partasiga beriladi. O'quvchilarning o'zlari harfning yozma shaklini ko'rib, daftarlariga yozadilar. Ammo bunday ko'rgazmalarni tayyorlashda ortiqcha bezaklarga o'rin bermaslik lozim. Bu ularninq diqqatini chalg'itishi mumkin.
Ko'rgazmali harakat o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi, bunda o'qituvchi har bir harfning yozilish shaklini doskada ko'rsatib, izohlaydi. Ko'rgazmali harakatning to'g'ri bo'lishi uchun, avvalo, o'qituvchining o'zi chiroyli yozuv qoidalarini, ya`ni har bir harfni yozishning nazariy qoidalarinigina emas, balki amaliy yozilishini ham o'zlashtirgan bo'lishi lozim.
Savod o'rgatish davrida husnixat mashg'ulotlari katta o'rin va ahamiyat egallaydi. Savod o'rgatish uchun ajratilgan 140 soatdan tashqari umumta'lim o’rta maktablarining birinchi sinfida husnixat ta'limi uchun (Yozuv daftaridan keyin, III chorakdan) 21 soat ajratilgan. Husnixat dasturning 4 soati alifbogacha bo'lgan (tayyorgarlik) davriga, to'g'ri keladi. 2-sinfda 32 soat, 3-4 sinflarning ona tili darslarining 8-10 daqiqasi (mashq ishlash vaqtida) ajratilgan.
Alfavitning harflari yozish harakati alomatlariga ko'ra ba`zan bir-birlarini takrorlaydilar. Masalan, o, o', e, u, v, g, g', q.
“Alifbe”ning ba`zi sahifalarida o'xshash unsurli harflarga doir rasmlar, yoki tasvirlar keltiriladiki, biron jihatdan u yoki bu harflar silsilasiga o'xshaydi. Agar ba`zi sabablarga ko'ra bu talablar kitobda rioya etilmagan bo'lsa, o'qituvchi mustaqil ravishda ushbu ishni amalga oshiradi. Ta`kidlab o'tish lozimki, ushbu rasmlar alohida shaklda emas, balki umumiy tasvirlardan ajratib olinadi va o'quvchilar o’qituvchilari yordamida uni rangli qalamlar bilan chizadilar. O'xshatishlar jarayonida harflar o'quvchilarning xotirasiga naqshlanadi.

Yüklə 220,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə