8-mavzu. Mahsulot, tovar (ish, xizmat) lar va ularni sotish hisobi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix01.02.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#83340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
8-mavzu. Mahsulot, tovar (ish, xizmat) lar va ularni sotish hisobi-1

1.

 

Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning baholanishi va ularni hisobga 

olish  vazifalari.  Mahsulotni  yuklab  jo’natish  va  sotish  jarayonini 

hujjatlarda rasmiylashtirish 

 

Ishlab  chiqarish  jarayonining  pirovard  mahsuli  bo’lib  tayyor  mahsulotlar 

hisoblanadi.  Tayyor  mahsulotlar  -  bu  mazkur  korxonada  ishlab  chikarish 

texnologik  jarayonining  barcha  boskichlaridan  utgan,  qaytadan  ishlashni  talab 

qilmaydigan, standartlar va texnik shartlarga to’liq javob beradigan, texnik nazorat 

bo’limi  (TNB)  yoki  maxsus  komissiya  tomonidan  qabul  qilingan  va  korxona 

omboriga  topshirilgan  yoki  buyurtmachi  tomonidan  qabul  qilingan  buyum  va 

mahsulotlardir. 

Korxona sotish hajmi bilan bir qatorda foyda so`mmasini ham rejalashtiradi, 

chunki  mahsulotning  sotish  (shartnoma)  narxi  belgilanganda  uning  tarkibiga 

ma’lum  so`mmada  yoki  foizda  foyda  (daromad)  so`mmasi  ham  kiritiladi.  Agar 

shartnoma  (reja)  bo’yicha  sotishga  tegishli  mahsulotlar  miqdorini  shartnoma 

bahosiga  ko’paytirsa  reja  bo’yicha  ularni  sotish  qiymati  kelib  chiqadi,  foyda 

foiziga  qarab  esa  reja  foyda  so`mmasi  hisoblab  chiqiladi.  Bu  byudjetga  foydadan 

bo’nak ajratmasini to’lash uchun baza bo’lib hisoblanadi. 

Korxona  aylanma  mablag’ining  tarkibiy  qismi  hisoblangan  tayyor 

mahsulotlar  UzR  4-  sonli  «Tovar-moddiy  zaxiralar»  BHMS  ning  7-  bandiga 

binoan  quyidagilarning  eng  kam  bo’yicha  baholanishi  kerak:  tannarxida  yoki  sof 

sotish qiymatida. 

Tayyor  mahsulotlarning  haqiqiy  tannarxini  hisobot  davri  tugagandan  so’ng, 

ya’ni  mahsulotni  ishlab  chiqarish  bilan  bog’liq  barcha  xarajatlar  hisobga  olib, 

umumlashtirilgandan so’ng aniqlash mumkin. Biroq mahsulotlarning harakati har 

kuni sodir bo’ladi, shuning uchun joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash 

kerak.  Tayyor  mahsulotlar  harakatining  kundalik  hisobi  ishlab  chiqarish 




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə