8-mavzu. Mahsulot, tovar (ish, xizmat) lar va ularni sotish hisobi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix01.02.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#83340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
8-mavzu. Mahsulot, tovar (ish, xizmat) lar va ularni sotish hisobi-1

reja 

tannarxida

  yoki  korxonaning  shartnoma  baholarida  yoki  hisob  bahosi  deb 

nomlanadigan chakana jo’natish baholarida yuritiladi. 



CHunonchi,  mahsulot  birligining  reja  tannarxi  korxona  reja  bo’limida  ishlab 

chiqiladi. U oy oxirida tayyor mahsulotlarning guruhlari bo’yicha farq so`mmasini 

yoki  foizini  hisoblash  yo’li  bilan  haqiqiy  tannarxga  yetkazib  qo’yiladi.  Farq 

so`mmasi va foizi mahsulotning oy boshiga qoldig’i hamda uning oy davomidagi 

kirimiga  qarab  hisoblab  chiqiladi.  Farqi  tejalganligini  yoki  korxona  tomonidan 

ortiqcha xarajatga yo’l qo’yilganligini ko’rsatadi va shuning uchun ishlab chiqarish 

jarayonidagi  uning  ish  natijalarini  tavsiflaydi.  Tayyor  mahsulotlar  qaysi 

schyotlarda  hisobga  olingan  bo’lsa,  farqlar  ham  shu  schyotlarda  tejalgan  bo’lsa 

qizil siyohda storno (qayta yozuv) qilib, ortiqcha xarajat bo’lsa - oddiy siyohda aks 

ettiriladi.  Farq  foizi  va  jo’natilgan  mahsulotning  reja  tannarxi  sotilgan  hamda 

ombordagi  oy  oxiriga  qolgan  mahsulotning  haqiqiy  tannarxini  aniqlash  imkonini 

beradi. 


Hisobda tayyor mahsulotlarga boshqa baholar qo’llanilsa ham farq so`mmasi 

va foizi shu tartibda hisoblanadi. 

Tayyor  mahsulotlar  harakati  hisobini  to’g’ri  tashkil  etishda  ularning 

nomenklaturalarini 

ishlab 

chiqish 


katta 

ahamiyatga 

ega. 

Mahsulotlar 



nomenklaturasi – ushbu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar turlari 

nomlarining  ro’yxatidir.  Mahsulotlar  nomenklaturasini  tuzishda  bir  buyumni 

ikkinchisidan ajratib olish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotlarning ma’lum 

belgilariga  qarab  qilingan  tasnif  asos  bo’ladi.  Nomenklatura  raqami  turli 

miqdordagi  raqamlar  bilan  belgilanishi  mumkin.  Korxona  nomenklaturalaridan 

quyidagi xizmatlarda: 

1.

 

Dispetcherlar  –  mahsulot  ishlab  chiqarish  grafigining  bajarilishini  nazorat 



qilish uchun. 

2.

 



TSexlar  –  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlar  assortimentini  nazorat  qilish 

uchun  va  tayyor  mahsulotlarni  omborga  topshirishda  nakladnoylar  yozish 

uchun. 

3.

 



Marketing bo’limi  – mahsulot jo’natish shartnomasining bajarish imkoniyati 

ustidan nazorat qilish uchun. 

4.

 

Buxgalteriya  –  analitik  hisob,  svodkalar  va  hisobotlar  tuzish  uchun 



foydalanishi mumkin. 

SHuning  uchun  korxonalarning  buxgalteriya  hisobini  tashkil  qilish  tizimida 

tayyor  mahsulotlar,  ularni  yuklash  va  sotish  hisobi  alohida  o’rin  tutib,  uning 

vazifalari quyidagilardan iborat: 

5.

 

Tayyor  mahsulotlar  ishlab  chiqarish,  ularning  zaxiralari  holati  hamda 



omborda  saqlanishi,  bajarilgan  ishlar  va  ko’rsatilgan  xizmatlar  ustidan 

uzluksiz nazorat qilish. 




6.

 

Yuklangan va  jo’natilgan  mahsulot  (ish,  xizmat)  larni  o’z  vaqtida va to’g’ri 



hujjatlashtirish, xaridorlar bilan olib boriladigan hisob– kitoblarni aniq tashkil 

etish. 


7.

 

Sotilgan  mahsulotlarning  hajmi  va  assortimenti  bo’yicha  mahsulot  jo’natish 



shartnoma rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilish. 

8.

 



Sotilgan mahsulot uchun olinadigan mablag’lar  so`mmasini, mahsulot ishlab 

chiqarish uchun ketgan haqiqiy xarajatlarni, foyda so`mmasini o’z vaqtida va 

aniq  hisoblab  chiqish  hamda  moliyaviy,  statistik  hisobotlarda  ishonchli 

ravishda aks ettirilishini ta’minlash.  

Bu  vazifalarning  bajarilishi  korxonaning  bir  tekisda  ishlashi,  sotish  hamda 

ombor  xo’jaligini  to’g’ri  tashkil  qilish,  xo’jalik  operatsiyalarini  o’z  vaqtida  va 

to’g’ri hujjatlashtirishga bog’liq.

 

Tayyor  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  sohasidan  omborxonaga  o’tkazish 

jarayonida quyidagi dastlabki hujjatlar rasmiylashtiriladi:  

1.

 



Qabul qilish – topshirish yuk xatlari.  

2.

 



Dalolatnomalar. 

3.

 



Rejalar. 

4.

 



Kartalar. 

Tayyor  mahsulotlarni  yuklab  jo’natish  o’z  ichiga  ikkita  hujjatni  –  omborga 

buyruq  va  jo’natish  uchun  yuk  xatini  oladi.  Omborga  buyruqni  xaridorlar  bilan 

tuzilgan  sharnoma  shartlariga  asosan  mol  oluvchining  nomi,  uning  kodi, 

mahsulotning  miqdori  va  assortimenti  hamda  jo’natish  muddati  ko’rsatilganligini 

tegishli xizmat bo’limi yozib beradi. Bu hujjat tegishli xizmat boshlig’i, omborchi 

va ekspeditor tomonidan imzolanadi.  

Buyruq  –  yuk  xati  (nakladnoy)  ikki  nusxada  tuzilib,  birinchisi  tovar  – 

transport  nakladnoyiga  binoan  jo’natilgan  o’rin  miqdorini,  yukning  og’irligini  va 

mol oluvchining bekatigacha mahsulotni yetkazib berish bo’yicha to’langan temir 

yo’l  tarifi  so`mmasini  ko’rsatish  uchun  ekspeditorga  beriladi.  Ikkinchi  nusxasi 

molning  jo’natganligi  to’g’risida  asos  bo’lib  omborchida  qoladi.  Unga  binoan 

ombor  hisobi  kartochkasining  «chiqim»  grafasiga  jo’natilgan  mahsulotning 

miqdorini yozib qo’yadi va hujjat buxgalteriyaga topshiriladi.  

Ekspeditor  mahsulotni  transport  tashkilotiga  topshirib,  undan  yukni  qabul 

qilib olinganligi to’g’risida kvitantsiya oladi. Mahsulot jo’natilgandan keyingi kuni 

ekspeditor  buyruq  –  nakladnoyini  va  transport  tashkilotining  kvitantsiyasini  mol 

oluvchining nomiga to’lov talabnoma – topshiriq yoki boshqa hujjat yozish uchun 

buxgalteriyaga  topshirishi  shart.  SHu  bilan  bir  vaqtda  schyot  –  faKreditura  ham 

yoziladi. 




To’lov  talabnomasida  jo’natilgan  tovarning  assortimenti,  miqdori,  sotish 

(shartnoma)  bahosi  va  qiymati  ko’rsatiladi,  bunday  holda  schyot  faktura  to’lov 

talabnomasiga albatta ilova qilinishi kerak. 

To’lov  talabnomasi  mol  oluvchining  hisob  –  kitob  schyotidan  schyot  – 

faKredituraga  asosan  yuklab  yuborilgan  mahsulot  qiymatini  o’tkazib  berishi 

to’g’risida mol yuboruvchining bankka bergan buyrug’i bo’lib hisoblanadi.  

Schyot – faktura yoki to’lov talabnomasininig alohida qatorida mol oluvchilar 

tomonidan  to’lanadigan  idish  va  o’rama  qiymati  hamda  temir  yo’l  tarifi 

ko’rsatiladi.  Ayrim  hollarda  mol  yuboruvchining  to’laydigan  temir  yo’l  tarifi 

to’lanmalar  so`mmasiga  qo’shilishi  mumkin,  QQS  so`mmasi  alohida  qatorda 

ko’rsatiladi. 

Mahsulotlarni bir me’yorda ishlab chiqarish xaridorlarga mahsulot  jo’natish 

shartnoma  majburiyatlarini,  mahsulotni  o’z  vaqtida  sotish,  barcha  hisob 

–  kitob  va  to’lovlarni  bajarilishini  ta’minlaydi.  Ishlab  chiqarilgan 

mahsulotning  haqiqiy  tannarxi  2810  -  «Ombordagi  tayyor  mahsulotlar»  schyotini 

debeti va 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyotini krediti bo’yicha aks ettiriladi. 

2810- «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti aktiv inventar schyot bo’lib, uning 

saldosi,  ya’ni  qoldig’i  korxonaning  ombordagi  mahsulotlar  qoldig’ining  haqiqiy 

tannarxini  ko’rsatadi;  debet  oboroti  –  asosiy  ishlab  chiqarishdan  qabul  qilingan 

mahsulotlarning  haqiqiy  ishlab  chiqarish  tannarxini,  shuningdek  mol  oluvchilar 

tomonidan  qaytarilgan  mahsulotlar  so`mmasini,  kredit  oboroti  hisobot  oyida 

xaridorlarga yuklab jo’natilgan mahsulotlar, ya’ni sotilgan mahsulotlarning haqiqiy 

tannarxini ko’rsatadi. 

2810  “Ombordagi  tayyor  mahsulot”  schyo`tning  to’liq  ma’lumotlari 




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə