8-mavzu. Mahsulot, tovar (ish, xizmat) lar va ularni sotish hisobi


ikki  bahoda  –  haqiqiy  va  hisob  bahoda



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix01.02.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#83340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
8-mavzu. Mahsulot, tovar (ish, xizmat) lar va ularni sotish hisobi-1

ikki 

bahoda  –  haqiqiy  va  hisob  bahoda

 

olinadi.  Bu  oy  oxiriga  bo’lgan  tayyor 

mahsulotlarning  umumiy  hajmidagi  haqiqiy  xarajatlar  salmog’ini  (oy  boshiga 

qoldiq plyus  mahsulotning kirimini ularning hisob bahosiga  nisbati) topish uchun 

zarur.  Agar  shu  foiz  100  ga  teng  bo’lsa,  demak,  haqiqiy  xarajatlar  rejaga  teng 

ekanligi;  agar  foizi  100  dan  kam  bo’lsa,  korxona  mahsulot  tannarxining 

pasayganligini,  natijada  ushbu  mahsulotni  sotishdan  u  rejadan  ortiq  foyda 

olganligini;  agar  shu  foiz  100  dan  ortiq  bo’lsa,  korxona  kalkulyatsiya  moddalari 

bo’yicha  me’yorga  nisbatan  ortiqcha  xarajatlarga  yo’l  qo’yganligini  va  bu  o’z 

navbatida, foydani kamaytirganligini ko’rsatadi. 

SHu jami mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ularning hisob (reja) tannarxiga 

bo’lgan  foiz  nisbati  buxgalteriya  tomonidan  hisobot  oyida  yuklab  jo’natilgan, 

xaridorlar  tomonidan  qaytarilgan  va  oy  oxiriga  qolgan  mahsulotlarning  haqiqiy 

tannarxini hisoblash uchun foydalaniladi .  




Oy  oxiriga  qolgan  mahsulotlar  haqiqiy  tannarxini  aniqlashning  zaruriyati 

shundaki,  uni  Bosh  daftar  bilan  taqqoslash  mumkin,  omborlardagi  qoldiqlarni 

hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi qoldiq taqqoslanadi. 

Tayyor  mahsulotlarning  ombordagi  hisobi  operativ  –  buxgalteriya  usulida 

yuritiladi  ya’ni  mahsulotlarning  har  bir  nomenklatura  raqamiga  materiallarning 

ombor  kartochka  hisobi  (17-M  shakli)  ochiladi.  Tayyor  mahsulotlarni  kirimi  va 

chiqimiga  qarab  omborchi  hujjatlarga  asosan  kartochkalarga  qiymatliklar 

miqdorini  (kirim,  chiqim)  yozib  qo’yadi  hamda  har  bir  yozuvdan  keyin  qoldig’i 

chiqariladi. 

O’tgan  sutka  ichida  omborda  yig’ilib  qolgan  hujjatlar  (qabul  qilish  – 

topshirish  nakladnoylari,  buyruq-  nakladnoylar,  tovar-  transport  nakladnoylari)  ni 

buxgalter  har  kuni  qabul  qilib  boradi.  Ombor  hisobining  to’g’ri  yuritilishi 

buxgalterning ombor hisobi kartochkasiga qo’yilgan imzosi bilan tasdiqlanadi. 

Moddiy  –  javobgar  shaxs  ombor  hisobi  kartochkalariga  asosan  har  oyda 

tayyor  mahsulotlar  nomenklaturalari,  o’lchov  birligi,  miqdorini  ko’rsatib  tayyor 

mahsulotlar qoldig’ini hisobga olish qaydnomasini to’ldiradi va uni buxgalteriyaga 

topshiradi.  Buxgalteriyada  hisob  bahosi  bo’yicha  taksirovka  qilinadi  va 

buxgalteriya ma’lumotlari bilan solishtiriladi. 

Tayyor  maxsulotlarni  ishlab  chikarishdan  omborga  topshirish  kabul  kilish, 

topshirish  yukxatlari  bilan  rasmiylashtiriladi  va  bunday  hujjatlarda  quyidagilar 

ko’rsatiladi: 

5.

 



Maxsulotni topshirayotgan tsexning nomi. 

6.

 



Uni kabul kilayotgan ombor. 

7.

 



Maxsulotning nomenklatura kodi-raqami va nomi. 

8.

 



O’lchov birligi. 

9.

 



Maxsulotning nomi. 

10.


 

Topshirish sanasi. 

11.

 

Javobgar shaxslarning imzolari. 



 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə