8-mavzu: O'simliklarning noqulay omillarga chidamliligi


Qurg'oqchilik sharoitida nafas olish jarayoni



Yüklə 73,99 Kb.
səhifə10/26
tarix21.12.2022
ölçüsü73,99 Kb.
#97466
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
8-mavzu (1)

Qurg'oqchilik sharoitida nafas olish jarayoni. Fotosintez jarayonidan farqli o'laroq oldin anchagina kuchayadi, so'ngra pasayadi. Bu holatga avval aytib o'tganimizdek qurg'oqchilikda ro'y beradigan polisaxaridlarning parchalanishidan hosil bo'ladigan qandlar miqdorining keskin oshib ketishi sabab bo'lishi mumkin. Chunki nafas olish jarayoni uning asosiy tarkibiy qismi bo'lgan qandlarga chambarchas bog'liqdir.
O'simlikka suv yetishmasligi natijasida uning o'sishi to'xtaydi, ayniqsa barglar va poyalarning o'sishi juda sekinlashadi. Bu holat hujayralaming bo'linishining va ularni tuzilishini sekinlashishi natijasida ro'y beradi. Ildizlarning o'sishi esa kuchayadi. Masalan, makkajo'xori, har xil namlikdagi tuproqli idishlarda o'stirilganda ildiz to'qimalari soni va ildiz uzunligi tuproq namligiga teskari tartibda bo'lishi aniqlangan, yani makkajo'xori suvda o'stirilganda tuklar mutlaqo hosil bo'lmagan, tuproqda esa u qanchalik quruq bo'lsa, tuplar soni shunchalik ko'p bo'lgan. Agar tuproqda uzoq vaqt suvyetishmasa, ildizlarning o'sishi ham susayadi.
Shuningdek. ildizlarda po'kak hosil bo'lishi ro'y beradi va meristemadan chiqayotgan hujayralaming differensiyalashishi kuchayadi.
O'simliklarning haddan tashqari isib ketishdan saqloychi hollardan biri ularda ketadigan va baquvvat ildiz sistemasi orqali ta’minlanadigan suv bug'lantirish hodisasidir.
Qishloq xo'jaligida o'simliklarning issiqqa chidamliligini oshirish
uchun ularni barglari va tanasi rux tuzining 0,05%li eritmasi bilan ishlanadi.

O'SIMLIKLARNING PAST HARORATGA CHIDAMLILIGI

Ma’lumki, Er yuz quruqlik qismida havo harorati nisbatan past
bo'Igan zonalar ham mavjud. Shuningdek issiqsevar o'simliklarning sovuqqa chidamlilik mexanizmlarini o'rganish ham maqsadga muvofiqdir. Sovuqqa chidamlilikni oshirish faqatgina ertapishar mahsulotlar miqdorini oshirib qolmasdan, balki yerdan unumli darajada foydalanish imkonini ham beradi.
Eryuzida o'sadigan o'simliklar o'zlari o'sadigan muhitga qarab har xil past haroratlarda zararlanadilar. Masalan, uzoq Sibirda o'suvchi o'simliklar 60Co sovuqga ham chidamli bo'lib, qishni o'tkazish xususiyatiga ega. Masalan asosan Markaziy Evropada ko'plab o'suvchi dastargul qishda gullash xususiyatiga ega. Shuningdek, o'rtacha yulduzo't ham qishda muzlashga chidamli bo'lib, havo harorati oshgandan so'ng o'z hayot-faoliyatlarini boshlab yuboradilar. Shuning bilan birgalikda ko'pgina issiqsevar janub o'simliklari nisbatan past haroratga, yani 10°C va undan past issiqlikda ham yashay olmaydilar. Masalan, kakao o'simligi bir sutkada harorat l - 3C° gacha bo'lganda halok bo'lishi mumkin.
Makkajo'xori o'simligi urug'ining unib chiqishi va uning o'simtalarining rivojlanishi uchun tuproq harorati 10°C dan yuqori bo'lishi lozim.
O'simliklar o'zlarining sovuqqa chidamliligi bo'yicha ikkita gruppaga bo'linadi, yani sovuqqa chidamli va izg'iringa chidamli o'simliklar. Sovuqqa chidamli o'simliklarga nisbatan past havo haroratiga chidamli, issiqsevar janub o'simliklari mansub bo'lsa, izg'iringa yoki muzlashga chidamli o'simliklarga 0 C haroratdan past haroratga ham chidamli turlar kiradi.
Sovuqqa chidamlilik. O'simliklarning sovuqda halok bo'lishiga bir qancha holatlar sabab bo'lishi mumkin. Masalan, o'simlik yer ustki qismi hujayralarining turgorni yo'qotishi, havoning suv bug'lariga to'yinganligi va boshqalar. Agar bodring o'simligining 3°C issiqlikdagi sharoitga joylashtirsak, 3 kundan so'ng u so'liydi va o'ladi, chunki uning organlarida turgor yo'qoladi. Buning natijasida esa suv bug'lantiradigan organlarga suv yetkazib berish buziladi. Ammo, nisbatan past haroratda, o'simlik suv bug'lantirish ta’siridan boshqa holatlar natijasida ham, yani havo suv bug'lari bilan to'yingan holatda ham halok bo'lishi mumkin. Bunda havo harorati to'g'ridan to'g'ri o'simlikda ketadigan modda almashinuviga ta’sir qiladi.
Ko'pgina o'simlik turlarida oqsillarning yemirilishi natijasida azotning eruvchan formalari miqdorining oshishi kuzatiladi. O'simliklardagi moddalar almashinuvi jarayonining nomaqbul tomonga surilishi hamda nisbatan past havo haroratining uzoq davom etishi natijasida o'simliklarning halok bo'lishiga asosiy sabalardan biri bu hujayra membranasidagi o'zgarishlardir.
Nisbatan past haroratda issiqsevar o'simliklar hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi to'yingan yog' kislotalari suyuq-zarracha holatidan quyuq holatga o'tadi. Bu o'z navbatida membrananing moddalar o'tkazuvchanligini buzilishiga olib keladi. Qishloq xo'jaligiga issiqsevar o'simliklarni sovuqqa chidamliligini bir qancha usullar bilan oshirish mumkin. Masalan, o'simliklarning nish urgan urug'larini yoki ko'chatlarini 12 soatdan navbat bilan 5°C va 10-20°C haroratda ushlab turish orqali o'simliklarni chidamliligini oshirish mumkin.. O'simlik urug'larini 0,25% li mikroelementlar yoki ammoniy nitrat tuzi eritmasida 18-20 soat ushlab turish ham shu urug'lardan unib chiqqan o'simliklarning nisbatan past haroratga chidamliligiga olib keladi. Bizning regionimiz asosiy ekini g'o'zaning sovuqqa chidamliligini ham xuddi shu usul bilan nisbatan oshirish mumkin.

Yüklə 73,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə