8-mavzu: Shaxs psixologiyasi va uning psixologik holatlari Reja



Yüklə 85 Kb.
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü85 Kb.
#140529
1   2
mar 8

Shaxsni izohlash. Shaxs psixologiyasining predmeti uni izohlashga nisbatan anchagina murakkab xarakterga ega, chunki insonlar xilma xil bo‘lganligi bois har xil vaziyatlarga qarab, o‘zgarib turadilar. Shu sababli shaxsni tushunarli tilda izohlash uchun mos aniqlik va izohga ega bo‘lish lozim. O‘z navbatida shaxsni mos tarzda izohlashga mos keladigan tilga ham ega bo‘lish kerak. Oqibatda shaxsni o‘rganishning o‘ziga xos prinsiplari va baholash vositalari-testlarni shakllantirishga olib keldi.
Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojla nishi to‘g‘risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo‘lib, tadqiqotchi-lar inson shaxsini o‘rganishda turlicha pozitsiyada turadilar va mu-ammo mohiyatini yoritishda o‘ziga xos yondashishga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kog-nitivistik, psixoanalistik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin. Quyida sanab o‘tilgan nazariyalar va ularning ayrim namo-yandalari tomonidan shaxsni rivojlantirishning printsiplari to‘g‘ri-sidagi qaradxlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o‘zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlariga (aniqlovchilariga) qara-tiladi va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik xususiyatlar kel-tirilib chiqariladi.
Taraqqiyot jarayonining o‘zi, dastavval biologik yetilishning uni-versal bosqichi sifatida sharxdanadi va talqin qilinadi.
Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik qonuniyat organning taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq’rganning individual va tarixiy ta-raqqiyoti munosabatl; rini tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan. Jumladan, biogenetik qonunga ko‘ra, shaxs psixologiyasining indi-vidual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyoti-ning (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‘oya yotadi.
Nemis psixologi V.Shternning fikricha, chaqaloq (yangi tug‘ilgan bola) hali u odam emas, balki faqat sut emizuvchi hayvondir, u olti oylikdan oshgach, psixik taraqqiyoti jihatidan faqat maymunlar da-rajasiga tenglashadi, ikki yoshida esa oddiy odam holiga keladi, besh yoshlarda ibtidoiy poda holatidagi odamlar darajasiga yetadi, maktab davridan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik maktab yoshida o‘rta asr kishilar ongiga va nihoyat yetukli davrdagina (16—18 yoshlarda) u hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.
Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bo‘lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni Deb «rekapitulyatsiya qonuni»ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqi niga binoan, go‘daklik hayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qayta-rishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning asosiy mashg‘uloti bo‘lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8—12 yosh oralig‘ida o‘sish davri o‘smiroldi yoshidan iborat bo‘lib, yovvoyilikning oxiri va tsivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolot cho‘qqisiga hamohangdir. O‘spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12—13) boshlanib, to yetuklik davri kirib kelgunga qadar (22—25 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir. S.Xollning talq-iniga qaraganda, bu davrlar «bo‘ron va tazyiqlar», ichki va tashqi nizolar (konflikt)dan iborat bo‘lib, ularning kechishi davomida odamda «individuallik tuyg‘u»si vujudga keladi. Shaxsni rivojla-nishining ushbu nazariyasi o‘z davrida bir talay tanqidiy mulohaza-lar manbai vazifasini o‘tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
Biogenetik kontseptsiyaning boshqa bir turi nemis «konstitutsion psixologiyasi» (insonning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) na-moyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixolo-giyasi) tipologiyasi negiziga bir qancha biologik omillarni (masa-lan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o‘sishining xususiyati o‘rtasida uzviy bog‘liq-lik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshqa tsikloid toifasiga xos (tez qo‘zg‘aluvchi, his-tuyg‘usi o‘ta barqaror), ikkinchi uchida esa shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‘usi chek-langan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminini u shaxs rivoj-lanishi davriga ko‘chirishga harakat qiladi, natijada o‘smirlarda tsikloid xususiyatlari (o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkorlik, affek-tiv tabiatlilik), ilk o‘spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo‘la-di, deya xulosa chiqaradi. Lekin insonda biologik shartlangan si-fatlar hamisha yetakchi va hal qiluvchi rol o‘ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga chamalab ish ko‘radilar, bu jarayonda muvozanat, integratsiya va yangilanish tsikl-lari o‘zaro o‘rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko‘rinishi Zig-mund Freydning shaxs talqinida o‘z ifodasini topgan. Uning ta’li-motiga binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, bi-rinchi navbatda, u jinsiy (seksual) mayliga (libidoga) bog‘likdir. Bunga o‘xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki rolini bajara olmaydi.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko‘rinishi — bu aksil qutb-ga joylashgan sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yonda-shishga binoan, shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzi-lishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, uni qurshab tur-gan odamlar bilan o‘zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‘ra, inson bio-logik tur sifatida tug‘ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlari-ning bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
G‘arbiy Yevropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri — bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o‘zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo‘lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatida, o‘zgalar bilan munosabat, muloqot o‘rnatishida sezilarli iz qoldiradi.
AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana bittasi — bu indivi-dual tajriba va bilimlarni egallash (mustaqil o‘zlashtirish) naza-riyasidir. Mazkur nazariyaga binoan shaxsning hayoti va uning voqe-likka nisbatan munosabati ko‘pincha ko‘nikmalarni egallash va bi-limlarni o‘zlashtirishning samarasi qo‘zg‘atuvchini uzluksiz ravish-da mustahkamlanib borishning mahsulidir. (YE.Torndayk, B.Skinner va hokazo).
K.Levin tomonidan tavsiya qilingan «fazoviy zarurat maydoni» nazariyasi psixologiya fani uchun (o‘z davrida) muhim ahamiyat kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga ko‘ra individningxulqi (xatti-hara-kati) psixologik kuch vazifasini o‘tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat)lar bilan boshqarilib turiladi va ular fazoviy zarurat may-donining ko‘lami va tayanch nuqtasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Yuqorida taxdil qilingan (sharxdangan) har bir nazariya shaxs-ning ijtimoiy xulqi (xatti-harakati)ni o‘zgalar uchun yopiqyoki mah-DUD muhit xususiyatlaridan kelib chiqqan holdatushuntiradi, bu o‘rinda odam xoxdaydimi yoki yo‘qmi bundan qat’i nazar mazkur sharoitga moslashmog‘i (ko‘nikmog‘i) zarur, degan aqidaga amal qilinadi.
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-tari-xiy vaziyatlari va obyektiv shart-sharoitlari mutlaqo e’tiborga olin-maganga o‘xshaydi. Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo‘lib, u bioge-netik, sotsiogenetik omillarning qimmatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotining birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Ushbu yondashishning uchta mustaqil yo‘nalishga ajra-tib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o‘z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o‘zaro tafovutlanadi.
Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo‘lmish emotsiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan biri — bu amerikalik psixolog e.Yeriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o‘ziga xos betakror xususiyatga egadir.
Birinchi davr — go‘daklik. Ushbu davrda go‘dakda ongsizlikka asos-langan tashqi dunyoga nisbatan «ishonch» tuyg‘usi vujudga keladi. Bu-ning bosh sababchisi ota-onaning mehr-muhabbati, g‘amxo‘rligi va jon-kuyarligining nishonasidir. Agarda go‘dakda ishonch negizi paydo bo‘lmasa, balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik hissi tug‘ilsa, u taq-dirda voyaga yetgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik shaklida aks etuv-chi xavf vujudga kelishi, ehtimol.
Ikkinchi davrda, ya’ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqqil-lik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-qarshisi bo‘lmish uyat va shubha hissi hosil bo‘ladi. Bo-lada mustaqillikning o‘sishi, o‘z tanasini boshqarishga keng imko-niyat yaratib, bo‘lg‘usida shaxs xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas’uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg‘ularini tarkib top-tirishga puxta zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr — o‘yin yoshi deb atalib, 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bola-larni o‘ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg‘usi, qaysidir ishni amalga oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabo-do unda xohish-istakni ro‘yobga chiqarishning yo‘li to‘sib qo‘yilsa, ushbu holatda bola o‘zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh davrida davra, ya’ni guruhiy o‘yin, tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonla-ri muhim ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko‘rishiga, xayoloti o‘sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg‘usi, uni tushunish mayli tug‘ila boshlaydi.
To‘rtinchi davr — maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o‘zga-rishlar ko‘zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mah-suldorlikka intilish tuyg‘usi bilan ajralib turadi. Uning eng mu-him qadriyati — omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham ko‘zga tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari yetarli darajada bo‘lmaganli-gi, ongi hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammo-larni yechishda aql-zakovatning yetishmasligi, bilimlarni o‘zlashti-rishda qoloqligi (sustligi) va hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda meh-natga nisbatan individual munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr — o‘spirinlik — o‘zining betakror xislati, indi-vidualligi va boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o‘smirlik shaxs sifatida noaniklik, muayyan rolning uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati «rolni kechiktirish»ning o‘zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqi-chiga ko‘tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajara-yotgan rollarining ko‘lami kengayadi, lekin ularning barchasini jid-diy egallash imkoniyati mavjud bo‘lmaydi, vaholanki bu kezda o‘spi-rin rollarda o‘zini sinab ko‘rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o‘spirinlarda o‘z-o‘zini anglashning psixologik mexanizmlarini ba-tafsil taxlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) jarayonlar va ularning tur-li ko‘rinishlari namoyon bo‘lishini sharhlaydi.
Oltinchi davr — yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixolo-gik intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu sohada alohida o‘rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholik va odamovilik kabi bexo-siyat xususiyatlari bilan tafovutlanadi.
Yetinchi davr — yetuklik davri deb atalib, hayot va faoliyatning barcha sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g‘amxo‘rlikda, pusht qoldi-rishda, tajriba uzatishda va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi unga uzluksiz ravishda hamrohbo‘ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishi-da turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda turg‘unlik tuyg‘usi nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi emas.
Nazorat savollari?

  1. Individ nima?

  2. Individuallik deganda nimani tushunasiz?

  3. Shaxs tushunchasi nima?

  4. Shaxs yo’nalganligi deganda nimani tushunasiz?

  5. Men” tushunchasini qanday tushunasiz?

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə