8. Mavzu: steam ta’lim texnologiyasini tadbiq etishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish. Reja


Multimedia (“ko‘p muhitlik” degan ma’noni bildiradi)



Yüklə 11,8 Kb.
səhifə3/3
tarix30.12.2023
ölçüsü11,8 Kb.
#165505
1   2   3
8. Mavzu steam ta’lim texnologiyasini tadbiq etishda elektron t-fayllar.org

Multimedia (“ko‘p muhitlik” degan ma’noni bildiradi) - zamonaviy axborotlar texnologiyasi bo‘lib, kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli ko‘rinishlari-matn, jadval, grafika, nutq, animatsia, multiplikatsiya), video tasvir, musiqa yordamida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia “inson-kompyuter” interaktiv (diologig) muloqotning yangi, takomillashgan pog‘onasi bo‘lib, unda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Multimedia vositalaridan xordiq chiqarish, ta’lim olish va reklama kabi sohalarda foydalaniladi. Multimedia vositalari asosida maktabga tayyorlov guruhlariga, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga ta’lim berish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan juda katta ahmiyatga ega. Unda beriladigan material chuqurroq o‘zlashtiriladi, vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi, olingan malumot kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning passiv tinglovchi sifatida ishtirok etishi qisqarib, izlanuvchanlik va bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari tadbiq etiladi, ta’lim jarayoniga badiiylik kiritiladi. Boshqacha qilib aytganda, multimedia ta’limning emotsionalestetik ta’sirlanish, maqsadga intilish, tadqiqotchilik kabi motivlarni faolashtiradi. Ma’lumki, ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to‘rtdan bir qismini, ko‘rgan materiallarining esa uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko‘rib, ham eshitsa axborotning ellik foizini yodda saqlaydi. Interaktiv multimedia texnologiyalaridan foydalanganda esa bu ko‘rsatkich 75 % tashkil etadi. Shu bois katta hajmdagi axborotni qabul qilish, tushunish hamda voqyeylikka nisbatan faol va ma’suliyatli munosabatni tarbiyalashning psixofiziologik va estetik xususiyatlarini hisobga oluvchi multimedia nazariyasini xususan multimedia pedagogikasini yaratishga intilish kerak. Multimediani qo‘llash uchun quyidagi texnik vositalar kerak bo‘ladi: kompyuter, lazer disklarni o‘qiydigan SD ROM qurilmasi, SI-ovoz xaritasi, AS faol kolonka, SD- kompakt disk eng zamonaviy kompyuterlarda yuqoridagi qurilmalarning ba’zilari kompyuter ichiga joylashtiriladi.
Nazorat savollari:
1.STEAM texnologiyasini tadbiq eshda electron ta’lim resurlarining ahamiyati nimalardan iborat.
2.Qanday tartibda multimedia vositalari va animatsiyalaridan foydalaniladi.
http://fayllar.org
Yüklə 11,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə