8. Mavzu: steam ta’lim texnologiyasini tadbiq etishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish. Reja


Multimediya vositalari, animatsiyalardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish. Mashg‘ulotlar uchun didaktik ta’minot yaratish



Yüklə 11,8 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü11,8 Kb.
#165505
1   2   3
8. Mavzu steam ta’lim texnologiyasini tadbiq etishda elektron t-fayllar.org

Multimediya vositalari, animatsiyalardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish. Mashg‘ulotlar uchun didaktik ta’minot yaratish.
Taraqqiy etib borayotgan informatsion vositalar jamiyatimizda ijtimoiy rivojlanishining asosini belgilovchi an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intelektual faoliyati, mustaqil ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishi kabi omilllar tashkil etadi. Katta hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog‘liq axborot yaratish jarayoni inson
faoliyatini turli soxalarida kompyuter texnoloiyalarini rivojlantirishlarini ko‘zda tutadi. Inson tafakkuri shu qadar taraqqiy etib bormoqdaki, bunda texnikalashtirish va kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli soxalari, balki madaniyat va ta’lim soxalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tardi. Bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib chiqish uchun yangi bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug‘dirdi. Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter tehnologiyalarini egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi. Mazkur talabga javob berish uchun mutaxassislarni tayyorlash jarayonida, ya’ni ta’lim muassasalarida yetarli baza yaratilishi kerak. Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslarini yaratish, ularni tasniflash, metodik ahamiyatini belgilash kabi dolzarb muammolar ustida ish olib borilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalar deganda, an’anaviy va noananaviy metodlar bilan bir qatorda ta’limni kompyuterlashtirish ham tushuniladi. Shu manoda tobora shakllanib borayotgan kompyuter-axborot madaniyati axborotni yetkazish va qabul qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi, fikrlashning yangi turini hosil qiladi. Bunda inson inofrmation koinot bilan o‘zaro muloqotga kirishadi. Telekommunikasiya (telefon, televideniye, radio) tarmoqlarining kompyuter tarmoqlari bilan birikishi yagona jahon axborot makonini-multimediani tashkil etadi. Ushbu makonning eng muhim qismi Internet tarmog‘i ayniqsa uning giper-media xizmatlari (Vorld-Vide Veb), gipermediapochta, videokonferensiyalardir.

Yüklə 11,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə