8-mavzu: tafakkur va kasbni egallash reja


Diqqat barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta'sir etadi



Yüklə 277,97 Kb.
səhifə2/5
tarix21.10.2023
ölçüsü277,97 Kb.
#130595
1   2   3   4   5
8. Tafakkur va kasbni egallsh

Diqqat barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta'sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan obyektlar ong to'plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. Demak, diqqat - aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini ta'minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir.

Ч.
Psixologiyada diqqatning obyektiga ko'ra quyidagi turlarga bo'lish mumkin:
tashqi diqqat, ichki diqqat.
Shu bilan birga faoliyat shakliga ko'ra: individual, guruhiy, jamoaviy turlariga bo'linadi. Hosil bo'lish xususiyati va amal qilish usuliga qarab: ixtiyorsiz (sust), ixtiyoriy (faol) ixtiyoriydan so'nggi turlariga bo'linadi.
Tashqi diqqat deb ongimizning obyektiv vokelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yunaltirilishi, ularda faol to'planishiga aytiladi. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo'lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o'zi yaratgan narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to'g'on qurilishini ko'z o'ngiga keltirish bilan bog'liq holatlar bunga misol bo'la oladi.
Ichki diqqat esa ongimizning o'z subyektiv taassurotlarimiz, his- tuygularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iboratdir. Inson ongining o'zida sodir bo'layotgan o'z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu, istak va shu kabilarni kuzatishda tashqi diqqatdan farqli o'laroq ichki diqqat yuzaga kelar ekan, bunda diqqatning har ikkala ko'rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo'shish imkoniyatiga egadir. Bir kishi ongining muayyan obyektga qarata yo'naltirilishi va unga to'planishiga individual; bir guruh yoki ko'pchilikdan iborat kishilar jamoasining ongi psixik faoliyatning biror obyektga qarata yo'naltirilishi va shu obyekt ustida to'planishiga guruhiy yoki jamoa diqqati deb yuritiladi.

Yüklə 277,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə