8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi



Yüklə 162,52 Kb.
səhifə21/22
tarix20.07.2023
ölçüsü162,52 Kb.
#119730
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
hisobot Tayyor (2)

Xulosa va takliflar

Respublikamizda oxirgi yillarda ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda mahsulot ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi subyektlar faoliyatini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashni davom ettirish, sanoat korxonalarining iqtisodiyotdagi oʻrnini barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, hozirgi kunda Respublikamizda eng ilgʻor rivojlanayotgan sohalardan biri bu gilam ishlab chiqarish soxasi hisoblanadi. Ayniksa, Samarqand viloyatida gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish keyingi yillarda jadal surʼatlarda rivojlanmokda.


Bugungi kunda gilam mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar auditning muhim subyektlari sirasiga kiradi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy xoʻjalik faoliyati auditining toʻgʻri tashkil etilishi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Gilam ishlab chiqarish jarayoni audit tekshiruvidan oʻtkazishda avvalo ushbu jarayonnig boshka ishlab chiqarish jarayonlaridan farqli jihatlarini inobatga olgan holda oʻziga xos tomonlarini, yaʼni texnologik jarayonni oʻrganish juda muhim.
Ilmiy amaliy stajirovkai natijasida korxona faoliyati, buxgalteriya hisobi bo‘limidagi operatsiyalar, ular hujjatlashtirilishi, hisob va hisobotda aks ettirilish tartibi bilan tanishib chiqdik. Dastur asosida qo`yilgan barcha savollarni o‘rganib chiqdik va ushbu hisobotda ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan aks ettirdik.
Korxonada buxgalteriya hisobining tashkil etilishi va yuritilishi hamda ichki nazorat bilan tanishib chiqib, quyidagi xulosalarga keldik:

  1. Korxonada buxgalteriya hisobi “1C” dasturida olib boriladi. Buxgalterlarning amaliy ko‘nikmasi va ish tajribasi yetarli darajada.

  2. Korxonada iqtisodiyot va moliya bo‘limi mavjud emas, shu tufayli barcha nazorat buxgalteriya bo‘limi xodimlari zimmasiga yuklatilgan.

  3. Korxonada buxgalteriya hisobini yuritishda amaldagi me’yoriy hujjatlarga to‘liq amal qilinmoqda.

4. Korxona har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtadi.
5. Korxonaning aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. soʻmdan koʻp boʻlsada korxonada ichki audit xizmati tashkil qilinmagan.
O`tkazilgan amaliyot natijalariga asoslangan holda korxona buxgalteriya hisobi yuzasidan quidagi takliflarni tavsiya etamiz:

  1. Korxonada asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobda aks ettirish yuzasidan kamchiliklarni bartaraf etish;

  2. Pul mablag`lari, Tovar moddiy boyliklari bo`yicha o`z vaqtida va to`liq inventarizatsiya qilish.

  3. Korxonada ichki audit xizmati tashkil qilish

Umuman olganda korxonada hisob tizimi yaxshi tashkil etilgan. O`ylaymizki, yuqorida berilgan takliflar korxonada buxgalteriya hisobi tizimini bir muncha ijobiy tomonga o`zgartirishga yordam beradi.


Yüklə 162,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə