8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi


Аудиторлик текшируви натижалари бўйича аудиторлик ҳисоботи ва хулосасини тайёрлаш



Yüklə 162,52 Kb.
səhifə20/22
tarix20.07.2023
ölçüsü162,52 Kb.
#119730
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
hisobot Tayyor (2)

Аудиторлик текшируви натижалари бўйича аудиторлик ҳисоботи ва хулосасини тайёрлаш

Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish deganda shartnomada koʻrsatilgan obyektlar boʻyicha auditorlik tekshiruvida aniqlangan dalil-u isbotlarni rasmiy hujjatlarda aks ettirish tushuniladi. Ushbu rasmiy hujjatlar boʻlib auditorning hisoboti va auditorlik xulosasi hisoblanadi.


Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq (18-modda) “auditorlik hisoboti – bu auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi mufassal maʼlumotlardan, shuningdek, auditorlik tekshiruvi oʻtkazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat boʻlgan va xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari) ning umumiy yigʻilishiga yoʻllangan xujjat”.
Gilam ishlab chiqarish korxonalari faoliyat boʻyicha oʻtkazilgan audit natijalari toʻgʻrisida auditorlik hisoboti 70-son AFMS “Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik xulosasi” ga muvofiq tuziladi.
Ushbu AFMS ga muvofiq turistik-mehmonxona majmualarilarning asosiy faoliyatga oid xarajatlarini auditorlik hisoboti quyidagi uch qismdan (boʻlimdan) iborat boʻladi:
Qism (boʻlim) Nimalar aks ettirilishii
1.Kirish qism Auditorlik tashkiloti va auditorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek auditorlik tekshiruvini oʻtkazishga doir umumiy maʼlumotlar koʻrsatiladi
2.Asosiy qism Auditorlik tekshiruvini olib borish jarayonlari, va tekshiruv natijalari, mavjud xato-kamchiliklar, ularning sabablari koʻrsatiladi.
3.Xulosa qismi tekshiruv boyicha boʻyicha auditorlik xulosasi, aniqlangan chetlanishlar va qonunbuzarliklarni bartaraf etish, shu bilan birga korxonaning moliyaviy xoʻjalik faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar va takliflar beriladi.
Auditorlik hisoboti ikki nusxada tuziladi va uning bir nusxasi auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan korxonaga topshiriladi, ikkinchi nusxasi auditorlik tashkilotida qoladi. Auditorlik tashkilotida qoladigan nusxaning oxirida korxona rahbari va bosh buxgalterining auditor hisoboti bilan tanishganligi va uning bir nusxasini olganligi toʻgʻrisida tilxat yoziladi va imzolanadi.
Auditorning hisoboti auditorlik xulosasini tuzishga asos boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan (19-modda) “auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning toʻgʻriligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlgan hujjat”.
Gilam ishlab chiqarish korxonalari faoliyat boʻyicha oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalari toʻgʻrisida auditorlik xulosasi 70-son AFMS “Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik xulosasi” ga muvofiq tuziladi.
Ushbu AFMS ga muvofiq auditorlik xulosasi xuddi auditorning hisoboti kabi quyidagi uch qismdan iborat boʻladi:
• Kirish qism – unda auditorlik tashkilotiga doir maʼlumotlar koʻrsatiladi;
• Asosiy qism – unda auditni oʻtkazilishiga asos boʻlgan shartnoma va meʼyoriy hujjatlar, audit obyektlari, tomonlarning javobgarliklari koʻrsatiladi.
• Xulosa qismi – unda moliyaviy hisobotning Qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarga mos kelishi yoki kelmasligi koʻrsatiladi.
Auditorlik xulosasi yuqorida keltirilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, qisqa mazmunli, odatda, bir betlik xujjat hisoblanadi. Auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan auditor, auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan imzolanadi va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi.
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, uning ikki nusxasi auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan korxonaga taqdim etiladi, bir nusxasi esa auditorlik tashkilotida qoladi. Auditorlik xulosasiga korxonaning auditorlik tekshiruvi materiallari asosida tuzilgan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti ilova qilinadi. Auditorlik xulosasiga ilova qilinadigan ushbu xujjatlar ham auditor va auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan imzolanishi, auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtgan korxonalar olingan auditorlik xulosasining bir nusxasini davlat soliq idorasiga qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etishlari va qayd ettirishlari kerak.
ASIA CARPET TEXTILE MChJ ning faoliyati boʻyicha biz tomonimizdan oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvi natijasida ijobiy auditorlik xulosasi berilgan, ushbu auditorlik hisoboti va xuloasi 24, 25- ilovada keltirilgan.


Yüklə 162,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə