9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari


Valras, marjinal va iqtisodiy unumdorlik



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə12/14
tarix27.05.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#113411
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari

Valras, marjinal va iqtisodiy unumdorlik
Valrasning umumiy muvozanat nazariyasi faqatgina talabga va undan keladigan foydaga asoslanmagan bo’lib, taklif va undan marjinal unumdorlikning pasayishiga ham bo’gliq edi. Bu yerda Valrasning ta’rifida ham biroz noaniqliklar mavjud. Unga ko’ra hech qanday marjinal mahsulot bo’lmaydi, chunki bir omil boshqalarisiz o’zgara olmaydi. Shunday qilib uning bu ta’rifi umumiy muvozanat nazariyasiga turtki bo’ladigan ikkinchi umumiy muvozanat modeli dadarajasiga erishmadi. Shunga qaramasdan u tahlillash mahsulot turli koyeffitsiyentlarini sig’dira olish darajasida keng bo’lishi mumkinligini yozadi.
O’quvchi esa bunga amal qilishni o’z qarashlariga bog’liq qoldiradi.
Valras tizimida mahsulot qanday o„ringa ega?
Valras tizimi mahsulotni o’z ichiga olgandek ko’rinsada, diqqat bilan qaralganda u o’zgarish modeli ekanligi va mahsulot bunga aloqador emasligi ayon bo’ladi. Bunda boshlanishiga doimiy qaytish bo’lsada, bu hech qanday muammoni keltirib chiqarmaydi, lekin qaytishda o’sish bo’lsa, bu modelda jiddiy muammo mavjud.
Iqtisodiyotning turli sohalarida bozorlar tomonidan yuzaga kelgan mo„tadil sharoit boshlang„ich iqtisodiyot uchun umumiy muvozanatga mos keladimi?
Valras bu murakkab savolga javob berdim, deb o’ylagan edi, aslida unday emas. Bu yerda doimiylik kuzatilishi natijasida yuzaga keladigan qat‘iy sharoitlar mavjud.
Bozorlar tomonidan aniqlangan va umumiy muvozanat yechimi tomonidan berilgan noaniqliklar so„nggi mahsulotlarning, omillarning qiymatidir, so„nggi mahsulotlar miqdori ta‟minlanadi va miqdor talab qilinadi, omillar miqdori ta‟minlanadi va miqdor talab qilinadi. Bu yerda qiymat va miqdorning boshlang„ich iqtisoiyotning umumiy muvozanati uchun yagona to„plami mavjudmi?
Valras murakkab umumiy muvozanat ko’rinishlari mavjudligini tan oladi, umumiy muvozanat tahlili hali hamon bu bilan kurashishga majbur. Umumiy muvozanat nazariyachilari shartlar ostida bo’ladigan noyob birlashgan muvozanatni keltirishdi, lekin bular biz iqtisodiyotdan kutishimiz mumkin bo’lgan shartlar ekanligini ko’rsata olishmadi. Modelga kimdir o’z mulohazalarini kiritishga harakat qilganida masala yanada murakkablashadi. Bu modellarda murakkab muvozanat ko’p. Murakkab muvozanat yuzaga kelish ehtimoli umumiy muvozanatni real hayotga tatbiq etishga to’sqinlik qiluvchi muhim omillardan biridir.
Murakkab muvozanat qanday qilib farqlar keltirib chiqaradi?
Muvozanat baqarormi yoki beqarormi?
Muvozanat barqaror bo’lishi shart emas, agarda model muvozanatdan chiqib ketsa, yana muvozanatga qaytadimi? Bu masala tezda o’z javobini topdi, turg’unlik uchun shartlar ko’rsatildi. Bu shartlar hayotiylikka to’g’ri kelishi ko’rsatilmadi. Ba’zi hodisalar stabillikni tugatishi mumkin. Bu jarayon bozor ishlarida so’nggi muvozanatga natija ko’rsatmaydigan matematik o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Boshqa tarafdan esa so’nggi muvozanatga erishsa bo’ladi, lekin uning holati tizimdagi o’zgaruvchilar bilan birga bosgan yo’liga bog’liq. Shundan kelib chiqib turli xil so’nggi muvozanat darajalari ehtimoli mavjud.
Muvozanat qanday qilib yuzaga keladi? Kim narx-navoni belgilaydi va muvozanatsiz savdo holatida nima sodir bo„ladi?
Hozirgi kunda mikroiqtisodiy munozaralarda o’ziga xos rol o’ynaydigan bu savol Valrasni ham ko’p qiynagan. U og’zaki va yozma nutqlarni o’z ichiga olgan bir qancha dasturlarni va tatonoment jarayonni taklif etdi; auksioner (Valrasian Auksioner nomini qozongan) barcha narx va takliflarni ko’rib chiqadi va barcha bozorlar uchun aniq bo’lgan narxlarni belgilaydi, shundan so’nggina savdo-sotiqqa ruxsat beradi.
Bu masalalar muhim ahamiyatga ega, ammo bular Valras muvaffaqqiyatlariga soya solmaydi. U hozirgi kunda barcha bilim egalari beradigan savollar ustiga poydevor qurdi. Umumiy muvozanat mavjudligini va barqarorligini jamlash 1950- yillarda iqtisodchilarni yaxshigina band qilib qo’ydi. Boshqa savollar hamon o’ylantirmoqda. Valrasning tahlili matematik jihatdan mukammal bo’lmasada, bu 1950yillar olimlari izlanishlari uchun yaxshigina tamal toshi bo’ldi.
Valrasning muvaffaqqiyati manbasi bo’lgan matematik yondashuvlari umumiy muvozanat nazariyasining ba’zi omadsizliklariga ham sabab bo’ldi. Valras o’z modelida g’oyalarni tahlil qilish uchun hech qanday amaliy harakat qilmadi. Umumiy muvozanat nazariyasi tahlili g’oyalarni o’lchash qiyinchiliklari orqali davrdan davrga o’tib kelmoqda.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə