9-mavzu: pedagogik psixologiya fanining predmeti, tuzilmasi va muammolari


Pedagogik psixologiya ilmiy maktablar



Yüklə 47,58 Kb.
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü47,58 Kb.
#166778
1   2   3   4
9 mavzu pedagogik psixologiya fanining predmeti, tuzilmasi va m

9.4.Pedagogik psixologiya ilmiy maktablar.
Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psi-xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasi d a oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi. Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.[1] O’tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, muayyan ilmiy yo’nalishda o’rganmagan bo’lsalarda, biroq allomalarning qo’lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo’lishi, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari bayon qilingan. Qadim zamonlardanoq Turon, Turkiston xalqi o’zining ko’hna tarixi, boy merosi, rang-barang va yuksak madaniyati, urf-odat va an’analari bilan ajralib turgan. Bu xalqning buyuk siymolari milliy va jahon ilm fani va madaniyatining barcha sohalari rivojiga salmoqli xissa qo’shib kelganlar.
Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog’liq bo’lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy xal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o’zaro o’zviy bog’liq bo’lgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug’ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy hislatlari, harakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashki muhit, boshqa insonlar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o’z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, fikri, ruhiy yuksalishning eng etuk maxsuli bo’ladi, deb ta’kidlaydi.
O’rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining doxiysi Abu Ali ibn Sinoning inson ruhiyati, tana va kalbning birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning tarmoklanishi holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi. Yusuf Xos Xojib ijodining bosh masalalaridan biri - komil insonni tarbiyalashdir. U o’z asarlarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda u o’z tamoyillarini izchil bayon etadi. Alisher Navoiyning «Xazoyin-ul-maoniy», «Maxbub-ul-qulub» va boshqa shu singari asarlarida etuk, barkamol insonning ahloqi, ma’naviyati, o’zgalarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan.
Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolatning karor topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan. Navoiy «Hamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, qat’iyatlilik, itoat, insonparvarlik tuyg’ulari, ijodiy hayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Yoshlar psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga kator omillar va holatlar sabab bo’lgan. Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tugilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olindi.
Yosh davrlari psixologiyasi fanini o’rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. U ham boshqa fanlar katorida rivojlanadi, bunda eksperimental biologiya va genetika, meditsina, sotsiologiya kabi fanlarning xizmati katta bo’ladi. Bolalarning yoshlik xususiyatlari ta’lim va tarbiya bilan shug’ullanuvchi kishilarni eng qadimdan beri qiziqtirib keldi.
Bu masalalarga Yan Amos Komenskiy (1592-1670), Frebel (1782-1852), I.G.Pestalotssi (1746-827) va boshqalar ham katta e’tibor berganlar.
Ta’lim va tarbiya ishlari amaliyotida bolalarning diqqat, idrok, xotira, tafakkur va nutq xususiyatlari haqida boy materiallar to’plagan.
XIX asrning ikkinchi yarmida yosh (bolalar) psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi sifatida shakllana boshlaydi. Bola psixikasining rivojlanishi haqida birinchi bo’lib nemis fiziologi V. Preer (1841-1891) o’zining «Bola qalbi* (1882) degan asarida sistemali ma’lumot berdi. XX asrning boshida bolalar psixologiyasidan katta tekshirish ishlari olib boriladi: V.Shtern (1872-1938) «ILk bolalikda xotirlash, guvohlik va yolg’on*; Ernest Meymak ( 918-62 1915) «Eksperimental pedagogikadan leksiyalar* uch tom, «Eksperimental pedagogikadan ocherklar*, Byuler Karl «Bolaning ruhiy rivojlanishi*, Piaje Jan (1896) «Bolaning nutqi va tafakkuri*.
Bolalarning yoshlik xususiyatlarini o’rganish sohasida K.D. Ushinskiy va P.F. Kapterev (1849-1922) lar tomonidan juda ko’p ishlar qilindi.
Ushinskiyning «Inson tarbiya predmeti sifatida* degan katta asari yosh psixologiyasi va bolalar psixologiyasi sohasidagi chuqur mazmundor asar sifatida hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Psixologiya taraqqiyotida P. Blonskiy (1884-1941) ning «Psixologik ocherklar* va L.S.Vigotskiyning (1896—1934) «Tanlangan psixologik asarlari* kabi tekshirishlari katta o’rin egalladi.
Psixologlarning tadqiqotlari inson ongining turli yoshda rvojlanishi uning hayot sharoitlariga bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Bu rivojlanishning hal qiluvchi omillari ta’lim va tarbiya, shuningdek, rivojlanayotgan odamning shaxsiy faoliyatidir. A.A. Smirnov, A.N. Leontev, N.D. .Levitov, N.A. Menchin-skaya, A.A. Lyublinskaya, D.B. Elkonin, L.I. Bojovich, M.V. Zaporojets va boshqalarning ishlari xuddi mana shu yo’nalishda bormoqda.
http://fayllar.org
Yüklə 47,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə