9-mavzu: pedagogik psixologiya fanining predmeti, tuzilmasi va muammolari


Pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi



Yüklə 47,58 Kb.
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü47,58 Kb.
#166778
1   2   3   4
9 mavzu pedagogik psixologiya fanining predmeti, tuzilmasi va m

9.3.Pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi.
Pedagogik psihologiya XIX asrning 2-yarmiga kelib vujudga keldi va psihologiya faniga genetik g’oyalarning kirishi bilan yanada rivojlandi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiyning asarlari pedagogik, psihologik g’oyalarning rivojlanishiga katta hissa bo’lib qo’shildi. Jumladan u “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida shunday deb yozadi: “Insonni har tomonlama tarbiyalaydigan pedagog uni har tomonlama bilishi kerak”.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida pedagogikada pedagogik eksperimentni qo’llashning maxsus yo’llari topildi. Umumiy psihologiyadagi eksperimentning sezilarli yutuqlari (Veber va Fexner tomonidan psixofizik qonunlarning ochilishi, Lebengaus tomonidan xotiraning o’rganilishi) uni yosh va pedagogik- psihologiyada ham qo’llash imkonini beradi. Pedagogik psihologiyaning rivojlanishidagi dastlabki tajribalar natijasida qo’yidagi xulosalar yuzaga keldi. Psihologiyaning pedagogic amaliyot bilan yaqinlashishi, ta’lim va tarbiya jarayonining eksperimental tadqiq qilinishi yo’lidagina mumkindir.
XX asr boshlarida bolalar psixik taraqqiyoti manbalarini har tomonlama talqin etuvchi 2 oqim paydo bo’ladi. Bu oqimlar bir-biridan bola taraqqiyoti asosiga qanday omilni olishiga qarab farqlaydilar:
1. Biogenetik oqim
2. Sotsiogenetik oqim
1-oqim tarafdorlarining fikricha, biologik omillar: irsiyat bola hayotini hal qiluvchi rol o’ynaydi.
2-oqim tarafdorlarining fikricha, bola taraqqiyotining birdan-bir omili bu muhitdir.
Insonni o’rganish uchun u o’sgan muhitni tahlil qilishning o’zi kifoya.
Pedologiyaning mazmuni bola taraqqiyotining psihologik-fiziologik, biologik nuqtai nazarlarining mexanik majmuidan iborat. Pedologiya XIX asr oxiri, XX asr boshlarida vujudga keladi. Asoschilaridan: Garbda S.Holl, E.Meymaya, Preyer, Rossiyada Bexterev, Nechaev, Rossolimov va boshqalar. Pedologiya asoschilari bola fiziologiyasi va pedagogikasini siqib chiqarib bolani o’rganishda yakka hukmronlikka da’vo qiladi. Pedologiya rivojlanayotgan insonni o’rganuvchi alohida ilmiy fanlardagi tadqiqot natijalarini qamrab oluvchi kompleks fan sifatida vujudga keldi. 30 – yillarning boshida pedologiyaning ko’p qoidalari tanqid ostiga
olindi. Bu 1936 yil 4 iyul Partiya MK.ning Xalq ta’lim sistemasidagi pedologik buzilishlar haqidagi qarori bilan tugatildi.
Mashhur sovet psihologi V.S.Vigotskiy 20-30 yillarda o’zining oliy psixik
funksiyalarining rivojlanishi nazariyasini e’lon qildi. V.S.Vigotskiy nazariy taraqqiyotining umumiy genetik qonunini quyidagicha aniqlaydi: “Bola madaniy rivojlanishida har bir funksiya 2 marta ko’rinadi: Dastlab ijtimoiy, so’ng psihologik; Dastlab interpsixik kategoriya sifatida bola ichida ko’rinadi. Har bir oliy psixik funksiya o’z taraqqiyotida tashqi bosqich orqali o’tishi kerak”.
Nihoyat, pedagogik psihologiya ta’lim – tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo’lgan o’qituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat hususiyatlarini o’rganadi. Bunda o’qituvchining ta’lim – tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlarni ajratib ko’rsatish bilan birga uning bilim, ko’nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psihologik
jarayonlari aniqlanadi.
Yosh psihologiyasi ham pedagogik psihologiya singari umumiy psihologik
qonuniyatlarni yoritib beradigan, psixik jarayonlarni, holatlarni va shaxsning individual psihologik hususiyatlarini o’rganadigan umumiy psihologiyaga asoslanadi. Shu bois, yosh pedagogikasi va psihologiyasi fanini o’rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati qonunlariga, psixofiziologiya qonunlariga bu sohada to’plangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi.
Yosh pedagogikasi va psihologiyasi ilmining alohida predmeti sifatida XIX – asrning boshlarida vujudga kelgan bo’lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va qaror topish yo’li ancha murakkab kechgandir. Mazkur ilmning rivojlanishiga turli dunyoqarashlar o’rtasida olib borilgan doimiy kurash katta ta’sir ko’rsatgan. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining u yoki bu bosqichida qanday dunyoqarash ustuvorligiga qarab, tekshirishlar darajasi va sifati, olingan natijalarni qanday izohlash zarurligi belgilab berilgan.
O’tmishda ajdodlarimiz insonning psihologik qonuniyatlarini izchil, atroflicha, muayyan ilmiy yo’nalishda o’rganmagan bo’lsalarda, biroq allomalarning qo’lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo’lishi, inson kamoloti to’g’risida qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.
Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog’liq bo’lgan psihologik, fiziologik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tamonlama yaxlit va o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan qismlardan iborat deb aytadi. Forobiy mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug’ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhi, intellektual va ahloqiy xislatlari, xarakteri, dini, urf–odatlari, ma’lumoti
tashqi muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o’z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli fikri, ruhiy yuksalishining eng yetuk mahsuli bo’ladi deb ta’kidlanadi.
Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqei, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg’unlik tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi. Beruniy ta’lim jarayonining tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh hususiyatlarini hisobga olish asosiga qurilgan o’qitish tabiatga uyg’unligini uqtiradi.
Beruniyning pedagogik ijodida inson va uning baxt–saodati, ta’lim–tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo’lgan.
O’rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining dohiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va qalbning birligi, inson organizmining tuzilishi undagi nerv faoliyati va ularning tarmoqlanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi.
Yusuf Xos Hojibning bosh masalalaridan biri komil insonni tarbiyalashdir. Adib o’z asarlarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda u o’z tamoyillarini izchil bayon etadi. “Qutadg’u bilig” (“Saodatga yo’llovchi”) asari ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yo’l–yo’riqlarini usullarini, chora tadbirlarini o’zida mujassamlashtirgan, ahloq va odobga doir ma’naviy manbadir.
Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, “Xirandnomai Iskandari”, “Tuhtaful ahror” va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb- hunar o’rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan.
Alisher Navoiyning “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub” va boshqa asarlarida yetuk, barkamol insonning ahloqi, ma’naviyati, o’zgalarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psihologik mezonlar ijtimoiy adolat qaror topish uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr mulohazalari alohida o’rin egallaydi.
Navoiy “Hamsa”sining har bir dostonida bukilmas iroda, qa’tiyatlilik, itoat,
insonparvarlik tuyg’ulari, ijodiy hayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek Mahmud Qoshg’ariy, Ulug’bek, Naqshbandiy, Ogahiyning yoshlar tarbiyasiga, ahloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy hayot, kishilararo munosabatlarga doir qarashlari ularning asarlarida ravon va ixcham bayon etilganligini ta’kidlash mumkin.
Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog’liq psihologik muammolari yirik rus olimlari, faylasuf va yozuvchilarni ham muntazam jalb etib kelgan. Rossiyada psihologik tadqiqot namunalari Sharq va G’arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog’liq turli asarlarda shakllanib kelgan. Dastlabki pedagogik-psihologik mazmundagi asarlar (XVII-XVIII asr) diniy- ahloqiy negizda yoritilgandir. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotning o’ziga xos hususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo’g’rilgandir.
Rus tarixchisi V.N.Tatishevning “Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to’g’risida suhbat” kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til nutqining mavqei, yosh davrlarining hususiyatlari bilan bog’liqligi ko’rsatilgan.
A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yo’sinda asoslab berishga urindi. Uning “Peterburgdan Moskvaga sayohat” kitobi bu borada pedagogik- psixologik sirasidan munosib o’rin egallaydi. Yozuvchining fikricha inson tashqi muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu yo’sinda uning tafakkuri, ulg’ayib shakllanadi.
N.I..Novikov bashariyat farovonligini ko’zlab, yoshlar va bolalar o’rtasida foydali bilimlarni keng targ’ibot etish uchun ularni o’ziga xos yo’sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, ahloq, his-tuyg’u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.
Rossiyada yosh davrlar psihologiyasi va pedagogik psihologiya fanining rivojlanish tarixida K.D.Ushinskiyning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha psihologiya fanining asosiy vazifasi tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta’lim-tarbiya natijalarini to’g’ri baholashga, shular asosida yangi metod va usullar yaratishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda muhim o’rin tutadi deb aytadi. K.D.Ushinskiyning “Inson tarbiya predmetidir” asarida pedagogik ta’sir jarayoni hisoblangan insonning psihologik hususiyatlari, uning o’ziga xos tomonlari o’z aksini topgan.
Shuningdek, Rossiyada ilmiy psihologiyani rivojlantirishda N.F.Kapterev, I.A.Sikorskiy, A.P.Negaev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, P.P.Blonskiy singari olimlar bu borada o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar.
Ta’kidlash joizki, ayniqsa, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.R.Luriya, A.I.Lebnitsev, M.YA.Basovlar tomonidan yaratilgan yangi ilmiy nazariyalar, chunonchi psixikaning madaniy- tarixiy taraqqiyot va taraqqiyotning o’zaro munosabat nazariyasi, psixik taraqqiyotda faoliyatning mavqei singari ilmiy-nazariy qarashlar hozigi kun yosh davrlar psihologiyasi va pedagogik psihologiya fanining tayanch tushunchalaridandir.
O’tgan asrning o’rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar, qarashlar, o’quv faoliyati va ta’limning talqinlari (D.N.Bogoyavlenskiy, N.A.Menchinskaya, P.YA.Galperin, Z.I.Kalmikova, N.F.Galizina, D.B.Elkonin V.V.Davidov, L.V.Zankov, L.N.Landa, A.A.Lyublinskaya, N.V.Kuzmina va boshqalar) nafaqat pedagogik tajribani, balki psihologiya fanining bu tarmog’ini ilmiy-amaliy boyitishga asos bo’ldi.
Ayniqsa, so’nggi yillarda o’quv materiallarini o’zlashtirishning mexanizmlari (S.L.Rubinshteyn, N.Kabakova-Meller, L.B.Itelson) haqida (P.I.Zinchenko, A.A.Smirnov, V.YA.Lyaudis), tafakkur (N.F.Shemyakin, A.M.Matyushkin), idrok (Yu.B.Gippenretter), bolalarda nutqning rivojlanishi (M.I.Lisina, A.A.Venger), shaxsning rivojlanishi (B.G.Ananev, L.I.Vojovich, V.S.Muxina), muloqot va nutq (V.A.Artemov, A.A.Leontev, V.A.Kan-Kalik),
psixik rivojlanishning davrlari (P.P.Blonskiy, A.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin, B.G.Ananev, A.V.Petrovskiy), o’quvchilarning aqliy faoliyati va iste’dod muammolari (A.A.Bodalev, N.S.Leytes, N.D.Levitov, V.A.Kruteskiy)ga bag’ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar o’z fanining yanada rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shib kelmoqda.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda inson psixologik hususiyatlari bilan bog’liq tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo’nalishlar vujudga keldi. Odam psixik tabiatini turlicha talqin qilishiga qaramay, bu nazariyalar ma’lum darajada yosh davrlar psihologiyasi va pedagogik psihologiya rivojlanishiga turtki bo’ldilar. Bu borada E.Meterman, S.Holl, K.Byuler, E.Klapared, E.Dyurkgeym, P.Jane, J.Piaje, A.Vallon, Dj.Bruner va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin.
Olmon psihologi E.Meterman bolaning maktab davrida uning ruhi va tanasida kechayotgan o’zgarishlarni to’liq bilmay turib, unga biror buyruq yoki farmoyish berib bo’lmaydi deb ta’kidlaydi. Uning fikricha eksperimental pedagogikaning maqsadi ayni shu muammolarga qaratilmog’i darkor.
Amerikalik S.Xoll har qanday bola o’zining individual taraqqiyotida filogenezni ontogenezda takrorlaydi, shu bois bolalarga ibtidoiy instinktlarni og’riqsiz, yengil kechishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish zarur deb aytadi. S.Xoll o’z tajribalari asosida boy ashyoviy dalillar to’plab, bola haqida psihologik, fiziologik hamda pedagogik bilimlarning kompleks dasturini yaratish g’oyasini olg’a suradi.
Shveysariyalik psiholog E.Klaparez “Bola psihologiyasi va eksperimental pedagogika” asarida qiziqish, motiv, ehtiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining hususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, o’xshashlik va tafovutning bola ongida sodir etilishi to’g’risida mulohaza yuritadi.
Fransuz psihologi E.Dyurkgeym ulg’ayish - kishilarning his-tuyg’ularni o’zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning, ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo’lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o’rin tutishini uqtiradi. Yana bir fransuz psihologi P.Janenning fikriga ko’ra, inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog’liq, zotan jamiyat va tabiat o’rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi insonning ulg’ayishini belgilaydi. U aloqa sifatida hatti-harakatni tushunadi, bu esa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P.Janenning ta’kidlashicha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o’z ifodasini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning muhim tamoyili hisoblanadi.
Amerikalik Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o’rtasida o’zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o’qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtiradi, deb uqtiradi.
Shuningdek, J.Piaje, E.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galton, A.Anastazi, A.Bike, T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning mavqeini, ularning aqliy hususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko’nikma va malakalarning ahamiyatini, mashqlarning o’rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhim o’rin egallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi kunda ham o’zining ahamiyatini saqlab qolmoqda.
Mamlakatimizda ham yosh davrlar psihologiyasi va pedagogik psihologiya fanining muhim muammolariga doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar pedagog va psixolog olimlar tomonidan olib borilmoqda. Mazkur muammolar hozirgi zamon fanining metodologik tamoyillari asosida, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yutuqlari va g’oyalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan holda o’zining munosib o’rnini egallab bormoqda. Bu borada T.Qori-Niyoziy, S.Rajabov, P.I.Ivanov, M.Vohidov, M.G.Davletshin, E.G’oziev, R.Gaynutdinov, B.Qodirov, R.Sunnatova, A.Jabborov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin. Jumladan, o’quvchilarning texnik qobiliyatlari, o’quv motivlari, zamonaviy maktab o’quvchisining psihologik qiyofasi M.G.Davletshin va uning izdoshlari R.Gaynutdinov, A.Jabborov, F.Haydarovlar tomonidan, tafakkur va ta’limni boshqarish muammosi E.G’.G’ozievning tashabbusida, iste’dodliv o’quvchilar va kasb tanlash muammosi B.R.Qodirov rahbarligida, bolalarning aqliy faoliyat muammosi R.I.Sunnatovalar tomonidan samarali olib borilmoqda.
Hozirgi paytda respublikamizdagi yetakchi oliygohlarning kafedra va laboratoriyalarida o’quvchilarning psihologik-fiziologik hususiyatlari bilan bog’liq jarayonlarni tadqiq etish yuqori malakali mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jihozlangan sharoitlarda ilmiy- tadqiqot ishlari samarali yo’lga qo’yilgan.
Fanning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida unga ta’sir ko’rsatib kelgan barcha nazariyalar, ilmiy va amaliy ma’lumotlar, yo’nalishlar hozirgi kunga qadar o’zining ahamiyatini saqlab kelmoqda va fanning istiqbolida ham muhim ilmiy – nazariy manba hisoblanib qolishi, tabiiydir.
Yosh davrlar psihologiyasi va pedagogik psihologiya fani ham psihologiya ilmining boshqa sohalar singari o’zining ilmiy – tadqiqot metodlariga ega. Biologik qonuniyatlarni o’ta jiddiy, o’ylab tashkil qilingan hamda muayyan reja asosida olib boriladigan tekshirishlar orqali holisona aniqlash mumkin. Biologik tadqiqotlar jarayonini quyidagi asosiy bosqichlariga bo’lish maqsadga muvofiqdir:
Muammoninig qo’yilishi. Har qanday ilmiy – tekshirish ishlari kabi, chunonchi,
psihologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muammoni aniqlashdan, shuningdek bu muammo fanda qanchalik ochilganini bilish uchun mazkur mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilishdan boshlanadi.
Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psi-xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasi d a oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi. Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Psixik rivojlanish nazariyalari
Mushohadali savollar: tabiat va tarbiya, organizm yoki mexanizm uzluksiz va sakrab-sakrab, genitik epistemologiya J.Piaje A.Vallon bo’yicha kognitiv rivojlanish bosqichlari,L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy rivojlanish konsepsiyasi K.Kolbergezning ahloqiy rivojlanish bosqichlari nazariyasi yoritilgan.
Go’daklik davri (2 oy-1 yoshgacha) jismoniy va motor rivojlanish sensor va perseptiv rivojlanish kognitiv rivojlanish predmetlar bilan xotira, o’ynash, yaxlitlik jarayonlari tajriba va miyaning rivojlanishi, go’daklik davrlarida nutqning rivojlanishi so’zli davr birinchi so’z va gap, kognitiv va perseptiv jarayonlarning erta rivojlanishi shart - sharoitlari jonlanish kompleksi ko’rsatilgan.
Ilk bolalik (1y-3y-gacha). Ilk bolalik davrida anatamik fiziologik va jismoniy
hususiyatlarni rivojlanishi bo’y, tana va bosh miyaning rivojlanishi, harakat malakalar, kognitiv va nutqning rivojlanishi, bola tafakkurida egotsentrizm predmetli harakatni faoliyatini rivojlanishi. O’yin, ilk bolalik davrida o’yinni turlari va uning kognitiv rivojlanishidagi ahamiyatiga toxtalib otilgan.
Maktabgacha tarbiya yosh davri (3 yoshdan 7 yoshgacha) jismoniy va motor rivojlanish jismoniy o’sish va funksional o’zgarishlar, ichki o’zgarishlar harakat malakalarini rivojlanishi jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoitlarni tashkillashtirish, kognitiv rivojlanish bolani maktab ta’limiga tayyorlash yuzasidan ma’lumot berilgan.
Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 10 gacha) jismoniy va motor rivojlanish jismoniy o’sish va funksional o’zgarishlar ichki o’zgarishlar, harakatlar malakalarini rivojlanishi, jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoitlarni tashkillashtirish, kognitiv rivojlanish, oliy psixik funksiyalarni faol shakllanishi ko’rsatilgan.
O’smirlik davri (11 yoshdan 14 yoshgacha) jismoniy va motor rivojlanish, jismoniy o’sish va funksional o’zgarishlar va ichki o’zgarishlar, pubertat tushunchasi va yoshning pubertat krizislari. Jinsiy identik va seksual hulq-atvor. O’smirlik davrida kognitiv o’zgarishlar Ilk o’spirinlik davri 15 yoshdan 17 yoshgacha jismoniy va psixik rivojlanish jismoniy o’sish va funksional o’zgarishlar va ichki o’zgarishlar seksual ustanovkalarni rivojlanishi o’spirinlik davrida kognitiv o’zgarishlar.

Yüklə 47,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə