9-sinf biologiya



Yüklə 127 Kb.
səhifə4/11
tarix26.10.2023
ölçüsü127 Kb.
#131755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-синф-биология

2 – variant
1.Faqat anaerob parchalanishda hosil bo’ladigan energiyadan foydalanadigan organizmlarni belgilang?
1.moy kislota hosil qiluvchi 2.chirituvchi bakteriyalar 3.azot fiksatsiyalovchi 4.odam askaridasi 5.yomg’ir chuvalchangi 6.aureliya meduzasi 7.qoramol tasmasimon chuvalchangi
a)4.1.7. b)6.3.2 d)7.3.4. e)5.1.2 f)6.5.7
2.Murakkab oqsillar parchalanganda, qanday moddalar hosil bo’ladi?
a)faqat soda oqsillar b)faqat amiokislotalar d)soda oqsil, aminokislotalar e)soda oqsil, proteinlar f)soda oqsil, proteidlar
3.Aminokislotalarning bir xil tuzilishi va har xil tuzilishi qismlarini mos ravishda ko’rsating?
a)radikallar bir xil ammo, amino va karboksil guruhlari xar xil
b)amino guruhlari bir xil , radikal va karboksil guruhlari xar xil
d)karboksil guruhlari bir xil, radikal va amino guruhlari xar xil
e)amino va karboksil guruhlari bir xil, radikallari xar xil
f)radikal va karboksil guruhlari bir xil, amino guruhlari xar xil
4.Dezaminlash bu…
a)aminokislotalarning oksidlanishi b)aminokislotalardan CO2 ajralib chiqishidir d)aminokislotalardan aminoguruh yo’qotilishi va ajralib chiqishidir e)oqsil hosil bo’lish jarayoni f)uglevodlardan oqsil hosil bo’lishi
5.O’ziga xo o’zgarishlarga uchrab, ayrim biologic faol moddalarning sintezida nima ishtirok etadi?
a)amiokislota b)oqsil d)ferment e)koferment f)azot asoslari
6.Transkripsiya jarayoni ketma- ketligini tartib bilan belgilang?
1.DNK matritsa asoslari qaytadan qo’shiladi 2.sintezlanayotgan mahsulot o’sib boradi 3.qo’sh bog’ yechiladi 4.yangi RNK hosil bo’ladi 5.RNK- polimeraza ona zanjirining bittasi bo’ylab oldinga siljiydi 6.qo’sh zanjirniong faqat bittasi o’qiladi 7.RNK- polimeraza DNK ning inisiatsiya signali beradigan nuqtasiga birikadi
a)7.3.6.5.2.4.1. b)7.3.5.6.4.2.1 d)1.6.3.5.7.2.4 e)7.3.1.5.6.2.4 f)1.6.5.3.7.4.2
7.Fotosintez jarayonida quyosh dastlab qanday energiyaga aylanadi?
a)mexanik b)issiqlik d)potensiak e)kimyoviy bog’lar f)ichki
.DNK molekulasida ma’lum bir oqsilning birlamchi strukturasi to’g’risidagi axborotni o’zida tutib turadigan bo’lagi nima deyiladi?
a)xromosomalar to’plami b)matritsa d)xromosoma e)gen f)xromatida
8.Quyida berigan tripletlarning qaysi biri peptid zanjirisintezining tugaganligini bildiradi?
a)UGS, GSU, AGU b)UUA, AAA, GSA d)UAA, UAG, UGA e)AUA, GUA, AUG f)AGS, UGS, GAS
9.Oqsil sintezini nazorat qilish mexanizmi kaliti…
a)nukleotidlarning strukturaviy tuzilishidir b)genning hosil bo’lishidir d)gen o’qilishining regulyatsiyasidir e)nukleotidlar izchilligidir f)polipeptid sintez reaksiyasidir
10.Oqsil biosintezida DNK ning funksiyasi nimadan iborat?
1.r-RNK sintezi 2.replikatsiya 3.transkripsiya 4.translyatsiya 5.t-RNK sintezi
a)5.1.3 b)2.4.3 d)1.5.4 e)4.2.1 f)3.4
11.Quyida berilganlarning qaysi irihamma organizmlar uchun universal bo’lib, u hayot paydo bo’lgandan beri o’zgarmay xizmat qilib kelmoqda?
a)genetic kod b)oqsil biosintei d)translyatsiya e)transkripsiya f)hujayra soni
12.Aminokislotalarning faollashishi nima?
a)aminokilotalarning maxsus fermentlar tasirida o’zaro birikishidir
b)aminokislotalarningaminoasilsintetaza ishtirokida o’ziga xos t-RNK ga birikish reaksiyasi
d)aminokislotani ATF ishtirokida adenozin monofosfat bilan birikib, aminosil adenilat hosil qilish reaksiyasi
e)aminokislotaning o’zaro birikishi f)barchasi to’g’ri
13.Hujayrada kechadigan jarayonlar juda aniq boshqarilishi tufayli
a)hujayrada moddalar izchillik bilan, doimo ko’p miqdorda sintezlanadi
b)hujayrada molekulalar ma’lum vaqtda juda kam miqdorda sintezlanadi
d)hujayrada molekulalar faqat kerakli vaqtda va miqdorda sintezlanadi
e)hujayrada doimo tayyor monomerlardan polimerlar ko’p miqdorda sintezlanadi
f)hujayrada doimo oziq moddalar sintezlanadi
14.Normal gemoglobin (HBA) o’rniga HBS gemoglobin sintezlanishi nimaga bog’liq?
a)aminokislotalar soniga b)aminokislotalar uzunligiga d)t-RNK dagi defektga e)DNK dagi defekrga f)r-RNK dagi defektga
15.Oqsilning tarkibi 80 ta aminokislotadan iborat. Nukleotidlar oralig’I 3,4 A bo’lsa, yuqoridagi oqsilni sintezlovchi genning uzunligi qancha bo’ladi?
a)408 A b)816 A d)1014 A e)80 A f)2028 A
16.Nima uchun genning uzunligi faqat aminokislotalarni kodlash uchun zarur nukleotidlar sonidan ortiqroq bo’ladi?
a)genni boshqaruvchi uchastkalar tufayli b)nukleotidlar orasidagi kimyoviy bog’lar tufayli d)gen DNKning ma’lum bir uchastkasi bo’lganligi tufayli e)transkripsiya jarayonida m-RNK dagi nukleotidlar o’rtasida peptid bog’larning ko’pligi tufayli f)barchasi
17.Gen strukturasida qo’shimcha nukleotidlar ham bor, uiar….
a)nukleotidlar ketma ketligini ta’minlab beradilar b)o’qish jarayonida gen ishining boshlanishi va tugashini idor qiladilar d)oqsilning ikkilamchi va uchlamchi strukturasining o’zgarishini boshqaradi e)gen tuzilishidagi asosiy xususiyatlarni belgilab beradi f)nukleotiidlar o’rtasidagi komplementarlik va bog’lar sonini boshqaradi
18.Fotosintez jarayonida ajralib chiqayotgan molekulyar kislorod qaysi anorganik moddaning parchalanishidan hosil bo’lgan?
a)suvning b)karbonat angidridning d)suv va karbonat angidridning e)glyukozaning f)NADF ning
19.Xlorofilla qanday ionbo’ladi?
a)kalsiy b)magniy d)natriy e)kaliy f)temir
20.Fotosintezning yorug’lik fazasida qanday jarayonlar amalga oshadi?
1.suvning oksidlanish yo’li bilan parchalanishi 2.glyukozaning hosil bo’lishi 3.oqsil hosil bo’lishi 4.2NADF N2 hosil bo’lishi 5.ATF ning sintezi
a)1.2.3 b)2.3.4 d)3.4.5 e)1.4.5 f)2.3.5
21.Hayotning avtotrofik yo’li qanday jarayonlar orqali amalga oshadi?
a)fotosintez b)xemosintez d)biositez e)A,B f)B,D
22.Fotosintez jarayonida elektronlarni yo’qotgan …. Molekulalari protonlar va kislorod atomlariga parchalanadi.
a)CO2 b)H2o d)C6H12O6 e)ADF f)ATF
23.Xemosintezlovchi bakteriyalarni aniqlang?
a)azot, sil bakteriyalari b)temir, oltingugurt bakteriyalari d)sut kislotasi, vabo bakteriyalari e)sianobakteriyalar, tugunak bakteriyalar f)sut kislotalari, temir bakteriyalari
24.Foton xlorofillga tushganda, u qanday holatga keladi?
a)fotosensibilyatsiya b)fotoliz d)xemoliz e)gidrolizatsiya f)anabioz
25.Fotosintezdagi yorug’lik reaksiyalari …. Ta’siriga o’tadi.
a)nurlanish energiyasi b)bug’lanish energiyasi d)parchalanish energiyasi e)kinetic energiya f)potensial energiya



Yüklə 127 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə