98 Navbahor tuman xtbga qarashli 17- maktab Matematika va informatika fani


Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman” metodi



Yüklə 368,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix26.10.2023
ölçüsü368,18 Kb.
#132297
1   2   3
informatika-fanini-o-qitishda-interfaol-usullardan-foydalanish

Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman” metodi. 
Sinf o’quvchilari beshta guruhga 
bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning 
yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi 
bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman»degan so’zlar yoziladi. So’ngra 
o’qituvchi o’quvchilardan mavzu yuzasidan qanday ma'lumotlarga ega ekanliklarini 
so’raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman »nomli bandga yozib qo’yadi. Ushbu xarakat 
guruhlar tomonidan fikrlar to’la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda 
guruhlarning barcha a'zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O’quvchilar 
tomonidan bildirilayotgan noto’g’ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday xarakat 
o’quvchilarning faolligiga salbiy ta'sir ko’rsatadi). 
Keyingi bosqichda o’quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn mavzu 
bo’yicha eng asosiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar matn bilan tanishib 
chiqqandan so’ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma'lumotlarni 
o’zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O’quvchilar o’z xulosalari asosida fikrlarini bayon 
etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi. So’ngi bosqichda 
o’qituvchi o’quvchilaridan yangi mavzu bo’yicha qanday ma'lumotlarni o’zlashtirish 
istagida ekanliklarini so’raydi va o’quvchilarni yana o’ylashga da'vat etadi. Guruhlardan 
navbati bilan fikr so’raladi. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni 
xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi. 
Masalan: Matn o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar yakka tartibda (7 minut) matn bilan 
tanishadilar. So’ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni to’ldiradilar. 

Bumerang” texnologiyasi.
Ushbu metod o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan 
tashqarida turli adabiyotlar
, matnlar 
bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda 
bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida 
o‘qituvchi tomonidan barcha o‘qivchilarni baholay olishga qaratilgan.[e4]. 
Metodning maqsadi: O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning o‘quvchilar 
tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli 
savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat 
qilish va baholash jarayoni mobaynida har bir o‘quvchi tomonidan o‘z baholarini 
egallashiga imkoniyat yaratish. 
Metodning qo‘llanishi: Amaliy mashg‘ulotlar hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda 
yakka tartibda, kichik va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin. 


101 
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: O‘quvchi dars jarayonida mustaqil o‘qishlari, 
o‘rganishlari va o‘zlashtirib olishlari uchun mo‘ljallangan tarqatma materiallar (o‘tilgan 
mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar). 
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: 
Ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkaziladi: 
• o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi; 
• o‘quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi; 
• o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi; 
• berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi; 
• har bir guruh a’zolaridan yangiguruhtashkil etiladi; 
• yangiguruh a’zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan 
axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib olishlariga 
erishadilar; 
• berilgan ma’lumotlarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki 
nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar; 
• yangi a’zolar dastlabki holatdagi 
guruhlariga qaytadilar

• darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini 
hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi. 
O‘quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash 
maqsadida o‘qituvchi (yoki opponent guruh) o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, 
og‘zaki so‘rov o‘tkazadilar; 
• savollarga berilgan javoblar asosida guruhlar to‘plagan umumiy ballari aniqlanadi: 
• har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matn mazmunini hayotga bog‘lagan holda 
bittadan savol tuziladi; 
• guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi («guruh 
hisobchilari» berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar); 
• guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi; 
• guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi. 
• darsni yakunlash, uyga vazifa berish. 

Yüklə 368,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə