98 Navbahor tuman xtbga qarashli 17- maktab Matematika va informatika fani



Yüklə 368,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü368,18 Kb.
#132297
  1   2   3
informatika-fanini-o-qitishda-interfaol-usullardan-foydalanish



98 
Navbahor tuman XTBga qarashli 17- maktab Matematika va informatika fani 
o’qituvchisi Tursunova Nazira 
Mavzu: Informatika fanini o’qitishda interfaol usullardan foydalanish 
Hozirgi davrda o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi 
muhimdir. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini 
qo’llashga bog’liq. 
Interfaol so’zi inglizcha “Interakt” so’ziga 
mos kelib
, “Inter – o’zaro”, “akt – ish ko’rmoq, 
ishlamoq” degan ma`nolarni anglatadi. 
Interfaol o’qitish – muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi 
orasida o’zaro ta`sir amalga oshiriladi. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini 
shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan 
bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. 
Darslardagi interfaol faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, 
lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyati nazorat topshiriqlarini birgalikda echishga olib 
keladigan muloqotli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi. 
Interfaol metodlardan foydalaniladigan o’quv jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga
shart-sharoitlarini va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni 
echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, 
bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga o’rganadilar. Buning uchun 
darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli 
o’yinlar, ijodiy ishlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib 
boriladi. 
Interfaol o’qitish tashkilotchilari uchun, sof o’quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar 
ham muhimdir: 
- guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqotlar jarayonida boshqalarning qadriyatlarini 
tushunib etishi; 
- boshqalar bilan o’zaro muloqotda bo’lish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining 
shakllanishi; 
- o’quvchilarda 
musobaqa
, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish. 
Interfaol usullar bo’yicha o’qitish tashkil etish jarayonida o’qituvchining bergan 
topshiriqlari mazmuni o’quvchining tafakkurini rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Ushbu 
topshiriqlar turli xil murakkablik darajalarida bo’lib, o’quvchilarni fikr yuritish, o’ylash, 
tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi bo’lishi lozim. 
Quyida topshiriq savollarini to’g’ri ifoda qilish uchun tavsiyalar keltiramiz: 


99 
1. Topshiriq savollarini aniq va tushunarli darajada qo’yish lozim. 
2. Topshiriq mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak. 
3. Muayyan predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat o’quvchilarni 
o’ylashi va savolga javob berishda engillik tug’diradi. 
4. Faqatgina “ha” yoki “yo’q”, “to’g’ri” yoki “noto’g’ri” degan javoblar beriladigan 
savollarni berishdan saqlaning. 
5. O`quvchilarga o’z intellektual qobiliyatlariga tayangan holda javob beradigan savollarni 
bering. 
6. O`quvchining o’z nuqtai nazarini bildiradigan topshiriqlardan berishga harakat qiling. 
7. Qo’yilgan topshiriqqa javob berilganda o’quvchilardan “Nima uchun shunday deb 
o’ylaysiz?” deb so’rab turing. 
Quyida bir qator interfaol metodikalarning tavsifi va mohiyatini keltiramiz: 


Yüklə 368,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə