54
insonga munosabatini
insonning yurish - turishi, uning talablariga
qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo‘ladi. Insonning xulq - atvori
uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtning o‘zida bir qancha mavqe’larni
egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz
mavqe’larini egallashi mumkin. Har bir mavqe’ insonga muayyan
talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi.
Insonning jamiyatdagi muayyan huquq
va majburiyatlar bilan
xarakterlanadigan mavqe’i ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tug‘ma
maqomlar bo‘lishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati,
tug‘ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bunday maqomlarga odatda tug‘ma maqom deyiladi. Boshqalari esa
inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi.
Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga Shu sohadagi kasb tayyorlovchi
o‘quv muassasasida ta’lim olgan va bu soha bo‘yicha diplomga ega
bo‘lgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qo‘lga
kiritilgan
maqom desak adashmagan bo‘lamiz.
Maqom insonning jamiyatdagi xulq - atvorini muayyan
vaziyatlarda o‘zini shu maqomdagilar holatiga ko‘ra belgilaydi.
Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muximdir. Shuning uchun
inson maqomi bilan belgilanadigan xulq - atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli
ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas
qismi hisoblanadi. Uning murakkabligi jihati Shundaki, jamiyatda faqat
jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo‘lmasdan ijtimoiy
norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud.
Shuning uchun bola shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ham ijobiy
ham salbiy rollarni o‘zlashtirishi mumkin.
Pozitiv rollarga avvalo oila a’zosining rolini kiritsak bo‘ladi.
Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o‘zlashtiradi: O‘g‘il yoki qiz,
aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek
bobokalonlari bilan ham
tanishishi mumkin.
Bola o‘z rivojlanishi davomida o‘zlashtiradigan yana bir muhim roli bu
jamoa a’zosi rolidir. Bolalar bog‘chasi va maktabda sport to‘garagida
tengqurlari bilan muomala qilganda bola jamoa a’zosi, o‘rtoq, do‘st,
o‘quvchi, yetakchi kabi rollarni o‘zlashtiradi. Har bir inson iste’molchi
rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur bo‘lgan narsalarga doim
ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim - kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat
55
insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola
yoshligidayoq o‘zlashtirishi lozim.
Yana bir muhim ijtimoiy rol o‘z vatani fuqarosi bo‘lish, uni sevish,
u bilan fahrlanish, vatanparvar bo‘lish bilan bog‘liqdir. Shu bilan birga
bola o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa rollar ham bor. Masalan,
mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey yoki boshlang‘ich kasbiy bilim
yurtlarida o‘zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol qilsak bo‘ladi.
Katta shaharlar ko‘chalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida
tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin.
Ular bu rollarga
ko‘nikishgan. O‘tgan - qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi.
Ular orasida o‘g‘irlik bilan shug‘ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi
hollarda bo‘lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi.
Bolaning xulq - atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi unga ijtimoiy
munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. ijtimoiy
moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko‘nikishi
tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti
va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat,
muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining
kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi,
muomala sohasida
muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining
chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq - atvor me’yorlarini
o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “men”i obrazini
shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash
ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.
Insonning rivojlanishi juda murakkab va qarama - qarshiliklardan
iborat jarayondir. Bola o‘z rivojlanishi jarayonida turli xil faoliyat o‘yin,
o‘qish, sport turlariga hamda muloqatga kirishadi. Bu esa ularning
ijtimoiy tajribalarining oshishiga yordam beradi. Bolaning dunyoga
kelishidan tortib uning butun umri jarayonida
yuqoridagi faktorlar
(faoliyat va muloqat) bir - birini to‘ldirib bola shaxsining rivojlanishini
ta’minlaydi. Bola rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bu qarama -
qarshilikdir. U tashqi va ichki ta’sirlar orqali amalga oshiriladi. Tashqi
ta’sirlarga insonni shakllantirishga qaratilgan maxsus faoliyat kirsa,
ichki ta’sirlarga biologik va irsiy faktorlar kiradi. Shaxs deganda ruhiy
Dostları ilə paylaş: