A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 Ijtimoiy omillar. 
Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy 
subyektga aylanishi, uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi 
natijasida sodir bo‘ladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega 
xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy norma, xulq-atvor 
namunasi orqali amalga oshadi.
 
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p 
qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda 
jadallik bilan kechadi. Chunki aynan bolalikda asosiy ijtimoiy me’yorlar 
o‘zlashtiriladi. 
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu 
ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola 
tug‘ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi 
yangi va yangi muhitlar - maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, 
maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda 
kechadi. Yosh ulg‘aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. 
Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira 
hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan 
uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan 
muhitni izlashga urinadi. Suning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga 
ko‘chib yuradi. Muhit bolaning shakllantirishida, uning ijtimoiy tajriba 
to‘plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. 
Muhit tushunchasi turli fan vakillari-sotsiologlar, psixologlar, 
pedagoglarning o‘rganish obyekti hisoblanadi. Ular muhitning 
bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini 
o‘rgandilar. 


61 
Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni

Ijtimoiy pedagogikada 
jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga 
integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Shu nuqtai nazardan 
inson va unga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro 
munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir. Muhit - inson 
kirishishi, o‘zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi 
lozim bo‘lgan ko‘cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu 
alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan 
inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, 
muayyan darajada ta’sir qiladi hamda o‘zgartiradi va o‘z o‘rnida muhit 
ham inson oldiga o‘z talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti-
harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning 
insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga 
qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo‘ladi. Insonning xulq-atvori 
uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. 
Inson jamiyatda bir vaqtning o‘zida bir qancha mavqe’larni 
egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz 
mavqe’larini egallashi mumkin. Har bir mavqe’ insonga muayyan 
talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. 
Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan 
xarakterlanadigan mavqe’i ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tug‘ma 
maqomlar bo‘lishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, 
tug‘ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Bunday maqomlarga odatda tug‘ma maqom deyiladi. Boshqalari esa 
inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi. 
Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi 
o‘quv muassasasida ta’lim olgan va bu soha bo‘yicha diplomga ega 
bo‘lgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qo‘lga kiritilgan 
maqom desak adashmagan bo‘lamiz. 
Maqom 
insonning 
jamiyatdagi 
xulq-atvorini 
muayyan 
vaziyatlarda o‘zini shu maqomdagilar holatiga ko‘ra belgilaydi. 
Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. Shuning uchun 
inson maqomi bilan belgilanadigan xulq - atvor ijtimoiy rol deyiladi. 
Turli ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining 
ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkabligi jihati shundaki, 
jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar 
bo‘lmasdan ijtimoiy norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan 


62 
maqomlar ham mavjud. Shuning uchun bola shakllanishi va rivojlanishi 
jarayonida ham ijobiy ham salbiy rollarni o‘zlashtirishi mumkin. 
Pozitiv rollarga avvalo oila a’zosining rolini kiritsak bo‘ladi. 
Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o‘zlashtiradi: O‘g‘il yoki 
qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek bobokalonlari bilan ham 
tanishishi mumkin. 
Bola o‘z rivojlanishi davomida o‘zlashtiradigan yana bir muhim 
roli bu jamoa a’zosi rolidir. Bolalar bog‘chasi va maktabda sport 
to‘garagida tengqurlari bilan muomala qilganda bola jamoa a’zosi, 
o‘rtoq, do‘st, o‘quvchi, yetakchi kabi rollarni o‘zlashtiradi. Har bir inson 
iste’molchi rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur bo‘lgan 
narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim - kechak, kitob va 
boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana 
olishni bola yoshligidayoq o‘zlashtirishi lozim. 
Yana bir muhim ijtimoiy rol - o‘z vatani fuqarosi bo‘lish, uni 
sevish, u bilan fahrlanish, vatanparvar bo‘lish bilan bog‘liqdir. Shu bilan 
birga bola o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa rollar ham bor. 
Masalan, mutaxassis roli, uni bola - maktab, litsey yoki boshlang‘ich 
kasbiy bilim yurtlarida o‘zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol 
qilsak bo‘ladi. Katta shaharlar ko‘chalarida, magazin, bozor, jamoa 
transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu 
rollarga ko‘nikishgan. O‘tgan - qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib 
olishadi. Ular orasida o‘g‘irlik bilan shug‘ullanadiganlari ham uchraydi. 
Ba’zi hollarda bo‘lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi. 
Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi unga ijtimoiy 
munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. ijtimoiy 
moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko‘nikishi 
tushuniladi. 
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining 
sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: 
faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat 
turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga 
kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning 
mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq - atvor 
me’yorlarini o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “men”i 
obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini 
anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi. 


63 
So‘nggi o‘n yilliklar davomida pedagogika va boshqa fanlarda 
ijtimoiylashuv va tarbiya tushunchalarining o‘zaro munosabati keng 
muhokama qilib kelinmoqda. Davlat mafkurasining o‘zgarishi sababli 
bu muammoga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga ba’zi 
mualliflar tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat 
qilishmoqda. Boshqalari tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi 
sifatida o‘rganishadi. Ba’zi olimlar esa ijtimoiylashuv deganda 
fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To‘rtinchi guruh olimlari 
shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi deb hisoblashadi. 
Biroq tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligini 
hamma tan oladi. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bo‘lishi, uni 
ijtimoiylashuvdan farqlaydi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan 
Maks Veberg
uni muammolarni yechishga qaratilgan harakat, inson 
xulq-atvorining taxminiy variantlarini subyektiv anglash sifatida 
ta’riflagan. 
Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayondir, ya’ni 
inson doimo jamiyat bilan munosabatda bo‘ladi. Tarbiya esa diskret 
(uzlukli) jarayondir. Chunki u muayyan tashkilotlarda amalga oshirilib, 
zamon va makonda cheklangan bo‘ladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy 
kategoriyalaridan biridir. Shunga qaramay tarbiyaning umume’tirof 
etilgan ta’rifi mavjud emas. Bunga uning ko‘p ma’noliligini sabab qilib 
ko‘rsatsak bo‘ladi. Tarbiyani ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, qadriyat, 
tizim, ta’sir, o‘zaro munosabat sifatida ko‘rib chiqsak bo‘ladi. Bu 
tushunchalarning hech qaysisi tarbiya mazmunini to‘liq ochib bera 
olmaydi. 
Quyida ijtimoiylashuvning nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi 
jarayonga xos bo‘lgan umumiyligini aks etishga harakat qilingan 
tarbiyaning ta’rifi keltirilgan. Biroq unda oilaviy, diniy, ijtimoiy 
tarbiyaning xususiyatlari inobatga olinmagan.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə