A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari


66 
Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi guruh va insonlarning ijtimoiy 
psixologik tavsiflari, ularning turli yoshlardagi xususiyatlari asosida 
ijtimoiy tarbiya sub’ektlarining o‘zaro munosabati samaradorligining 
psixologik sharoitlarini aniqlaydi. 
Ijtimoiy tarbiya uslubiyati ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq 
tashkil qilishning yangi usullarini ishlab chiqadi. 
Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan 
jamiyatning inson mablag‘iga ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy 
tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin bo‘lgan jamiyatning 
iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu bo‘limda ijtimoiy 
tarbiya boshqaruvi ham ko‘rib chiqiladi. 
Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator vazifalarga ega. 
A.V.Mudrin bu vazifalarni 3 guruhga ajratib ko‘rsatadi: nazariy, 
insoniylikka oid va amaliy. 
Nazariy vazifa ijtimoiy pedagogik bilimlarni to‘plab zamonaviy 
jamiyatda o‘rganayotgan jarayon va hodisalarining to‘liq tasvirini 
tuzishga intilishida namoyon bo‘ladi. 
Amaliy vazifalarga ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy 
- pedagogik va psixologik yo‘nalishlardagi ta’sirini samarali 
takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog‘liq. Amaliy vazifalarga 
quyidagilar kiradi: 
1) 
bola (o‘smir) ongida yaxshilik, adolat, yaqinlariga, ijodga, o‘zaro 
tushunishga muhabbatni tarbiyalash; 
2) 
inqirozdan mustaqil chiqib ketish maqsadini qo‘yish, chiqish 
yo‘llarini aniqlash, atrofdagilar bilan muomala qilishni o‘rganish, hayot 
mazmuni va maqsadini aniqlash
3) 
atrof-muhit, inson, uning jismoniy va ma’naviy xususiyatlari, 
jamiyatdagi huquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish; 
4) 
g‘urur, mustaqillik, o‘ziga ishonch hissini rivojlantirish; 
5) 
bola (o‘smir)da insonlar bilan oila, maktab, tengdoshlari davrasida, 
ishda muomala qilishga ishtiyoqni oshirish. Bunda ijtimoiy pedagogika 
o‘z tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlarini bilishi zarur. 
Shuningdek, u bolaga ijtimoiy munosabatlarning axloq va huquq 
normalariga suyangan holda insonlar, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi 
nizolarni yechishga o‘rgatishi kerak. Bu vazifalarni yaxshilik qilish, o‘z 
hayotini tashkil qilishni o‘rgatish, o‘ziga xosligi va iqtidorini tashkil 
qilishga rivojlantirishda o‘z aksini topadi. 


67 
Insonparvarlik vazifasi shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar 
yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish 
uchun maqsadlarni ishlab chiqishda o‘z ifodasini topadi. Zamonaviy 
ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog o‘rtasidagi 
munosabatlarni qattiqqo‘llik emas, o‘zaro tushunishga asoslanadi. 
Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy 
kuchlariga dalda berish, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni 
tarbiyalashga yordam berishdan iborat. 
YU.V.Vaselkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalari 
sifatida 
tarbiyaviy, 
ijtimoiyhuquqiy 
va 
ijtimoiyreabilitatsion 
umumlashmalarni ajratadi. 
Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qo‘shilish, uning ijtimoiylashuv 
jarayoni, o‘quv va tarbiya jarayoniga ko‘nikishini ko‘zda tutadi. 
Ijtimoiy - huquqiy vazifa davlatning bolalarga g‘amxo‘rligi, 
ularning huquqiy himoyasini bildiradi. 
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa - nogiron, jismoniy va ruhiy 
nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o‘quv ishlarini olib borishdir. 
Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi. 
Shu bilan birga u vazifalarning yanada kengroq tavsiflarini ham beradi: 
1) falokatga uchragan bola(o‘smir)larga yordam ko‘rsatish. Inqirozdan 
chiqish yo‘llarini topish, qiyin vaqtda qo‘llab - quvvatlash ham 
muhimdir; 
2) bola (o‘smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini 
o‘rganish; 
3) bolani o‘rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi 
ijtimoiy tarbiya holatining tahlili; 
4) ijtimoiy pedagogning ijobiy tajribani tahlil qilish, tarqatish, targ‘ib 
qilishga qaratilish; 
5) u bola(o‘smir) faoliyatini o‘z - o‘zini tarbiyalash, o‘z - o‘zini o‘qitish 
va o‘z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ; 
6) ijtimoiy pedagog bola (o‘smir) muammolarini hal qiluvchi, uning 
inqirozi, huquqlariga aloqador tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish 
bilan ham shug‘ullanish; 
7) ijtimoiy pedagogning vazifalaridan biri ijtimoiy tarbiyaning turli 
muammolarini o‘rganishni tashkil qilish, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini 
tahlil qilishi lozim.


68 
Ma’lumki, metod - bu grekcha so‘z bo‘lib, ma’lum masalalarni 
hal etishga qaratilgan yo‘l degan ma’noni anglatadi. 
Ijtimoiy pedagogikada metod (methodos) - bu shaxsning ijtimoiy-
lashuviga va ijtimoiy - pedagogik reabilitatsiya ishlarini olib borishga, 
pozitiv ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishga qaratilgan bola qamda 
ijtimoiy pedagogning hamkorlik faoliyatidir. 
Ijtimoiy pedagog tomonidan qo‘llaniladigan asosiy metodlar 
quyidagicha tasnif etiladi: 
1. Ijtimoiy ish metodlari. Bunga ijtimoiy tashxis metodlari (intervyu, 
monitoring, sotsiologik savol - javob ishlari, ekspertizadan o‘tkazish va 
h.k.), ijtimoiy reabilitatsiya metodlari (mehnat terapiyasi, guruhli 
terapiya va h.k) kiradi. 
2. Psixologik metodlar. Bularga psixodiagnostika (intellekt va 
qobiliyatlarni aniqlovchi testlar, savol-javoblar, sotsiometriya), 
psixokorrektsiyalar (psixogimnastika treninglar, psixologik konsul-
tatsiyalar berish) kiradi. 
3. Pedagogik metodlar (pedagogik tajriba, pedagogik nazorat, ta’lim-
tarbiya berish metodlari) 
4. Ijtimoiy pedagogik metodlar (ijtimoiy tarbiya, ta’sir ko‘rsatish, 
ijtimoiy pedagogik hamkorlik qilish va h.k) 
Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar - 
bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy 
ijtimoiy tajriba to‘planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va 
bolaning o‘zaro bog‘liq faoliyati bo‘lganligi uchun ijtimoiy pedagogika 
metodlari haaqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish 
bosqichidalar. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida 
pedagogika, psixalogiya va ijtimoiy ishda qo‘llanayotgan metodlardan 
foydalanadi. 
Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” 
tushunchalari qo‘llaniladi. usul metodning ifodasi sifatida tushunilib
metodga nisbatan xususiy, bo‘ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir 
metod 
amaliyot 
tomonidan 
to‘plangan, 
nazariya 
tomonidan 
umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo‘llashi aniq ijtimoiy 
pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə