A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiy pedagogik nuqtai - nazardan oila turlari



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Ijtimoiy pedagogik nuqtai - nazardan oila turlari
3-MAVZU: OILA BILAN OLIB 
BORILADIGAN IJTIMOIY-
PEDAGOGIK FAOLIYAT. 
VASIYLIK VA HOMIYLIK


71 
 
Oila ikki yo‘nalishda mavjud bo‘ladi:
kichik ijtimoiy guruh 
sifatida va ijtimoiy institut sifatida. Birinchi
 
holatda u qarindoshlik 
asosida tuzilgan va birga yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyatdir. 
Ikkinchisida esa insonlarning kundalik hayoti kechadigan ijtimoiy 
institutdir.
Inson jamiyatida oila bir nechta vazifalarni bajaradi: 
Reproduktiv - homilani davom ettirish bilan bog‘liq O‘zbekistonda ko‘p 
bolali oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda oila a’zolari sonining 
qisqarishi ham kuzatilmoqda. Bu hodisalar asosan moddiy - iqtisodiy 
qiyinchiliklar, ma’naviy inqiroz, yosh oilalarning ota - ona uyidan ajralib 
chiqishi, tibbiy xizmatning past darajasi, noqulay ekologik holat bilan 
izohlanadi. 
Iqtisodiy - oilaning bir a’zosi tomonidan boshqalar uchun moddiy 
mablag‘lar topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy 
ta’minlash, pul mablag‘larini to‘plash. Zamonaviy bozor munosabatlari 
mulk to‘plash, mulkka ega bo‘lish, meros masalalarida oilaning iqtisodiy 
vazifasini faollashuvini talab qiladi. 
Ijtimoiylashuv vazifasi - oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi 
birinchi va asosiy ijtimoiy guruh hisoblanadi. Oilada ota-onalar va 
bolalarning tabiiy-biologik va ijtimoiy aloqalari uzviy bog‘lanib keladi. 
Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy 
rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani asta-
sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Oilada insonga ta’lim va tarbiya 
beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo‘ladi. Aynan 
oilada bola mehnat va mustaqillikka o‘rganadi. 
Xo‘jalik-maishiy
-
oila jamiyatning asosiy va doimiy xo‘jalik 
negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab 
turish, kasallar va qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish amalga oshiriladi. 
Tarbiyaviy vazifa

Biz bu funksiyani alohida ajratib ko‘rsatamiz, 
chunki u bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o‘ynaydi. 
Bola shakllanishiga Shuningdek, atmosfera va iqlimning ta’siri ham bor. 
Tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir. 
Rekreatsion va psixoterapevt funksiyasi

Bu funksiya Shunda namoyon 
bo‘ladiki, oilada hamma o‘zini qulay sezishi lozim. Ruhshunoslar, 
sotsiologlar, pedagoglarning kuzatishlariga ko‘ra inson kuchlari oila 
sharoitida jadal tiklanadi. 
Reproduktiv - naslni davom ettirish bilan bog‘liq. O‘zbekistonda 
ko‘p bolali oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda oila a’zolari sonining 


72 
qisqarishi ham kuzatilmoqda. Bu hodisalar asosan moddiy - iqtisodiy 
qiyinchiliklar, ma’naviy inqiroz, yosh oilalarning ota - ona uyidan ajralib 
chiqishi, tibbiy xizmatning past darajasi, noqulay ekologik holat bilan 
izohlanadi. Iqtisodiy - oilaning bir a’zosi tomonidan boshqalar uchun 
moddiy mablag‘lar topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy 
ta’minlash, pul mablag‘larini to‘plash. Zamonaviy bozor munosabatlari 
mulk to‘plash, mulk ka ega bo‘lish, meros masalalarida oilaning iqtisodiy 
vazifasini faollashuvini talab qiladi. Ijtimoiylashuv vazifasi - oila bola 
shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy ijtimoiy guruh 
hisoblanadi. Oilada ota - onalar va bolalarning tabiiy - biologik va ijtimoiy 
aloqalari uzviy bog‘lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, 
jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga O‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Oilaning vazifasi bolani asta - sekinlik bilan jamiyatga 
tayyorlashdir. Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, 
ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo‘ladi. Aynan oilada bola mehnat va 
mustaqillikka o‘rganadi. Xo‘jalik - maishiy - oila jamiyatning asosiy va 
doimiy xo‘jalik negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holatini bir 
maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish 
amalga oshiriladi. Tarbiyaviy vazifa. Biz bu funksiyani alohida ajratib 
ko‘rsatamiz, chunki u bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol 
o‘ynaydi. Bola shakllanishiga shuningdek, atmosfera va iqlimning ta’siri 
ham bor. Tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir. 
Rekreatsion va psixoterapevt funksiyasi. Bu funksiya shunda namoyon 
bo‘ladiki, oilada hamma o‘zini qulay sezishi lozim. Ruhshunoslar, 
sotsiologlar, pedagoglarning kuzatishlariga ko‘ra inson kuchlari oila 
sharoitida jadal tiklanadi. O‘zbekistonda yuqori tug‘ilish darajasi 
quyidagi mintaqaviy omillari bilan izohlanadi: 
- inson organizmiga geografik va iqlim sharoitlarining ta’siri,
- erta nikohdan o‘tish an’anasi,
- ijtimoiy omillar - ayolning jamiyat va oiladagi o‘rni.
Hozirgi kungacha oilaviy tarbiya amaliyotida ko‘p bolalikning 
ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida bahslar olib borilmoqda, chunki 
bu muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay bu masala yetarli 
darajada O‘rganilmagan. Ko‘p bolali oila - kattalar va bolalardan iborat, 
o‘ziga xos jamoadir. Unda shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulay 
sharoitlar yaratiladi. Bunaqa oilada tarbiya jarayonini tashkil etish 
muammosi bilan shug‘ullanuvchi olimlar ham turli qarashlarga 
egadirlar. Ularning ba’zilari ko‘p bolali oilada bola jamoa munosabatlari 


73 
orqali tajriba to‘playdi deyishadi, chunki ko‘p bolali oila tarbiya uchun 
qulay sharoitlar yaratadi va ota - onalarning bolalari haqida 
qayg‘urishlari teng taqsimlangan bo‘ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, 
aksincha ko‘p bolali oilada bola har tomonlama yetarli rivojlanmaydi, 
deb hisoblashadi. Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va 
uning qobiliyatlarini rivojlantirish kerak degan qoidadan kelib chiqsak, 
bu uchun oila nihoyatda rivojlangan bo‘lishi kerakligiga amin bo‘lamiz. 
Ko‘pbolali oilada individual yondashuv bo‘ladimi? Bu yerda tarbiya 
jarayonining ko‘p tamonlamaligi va standartlashuvi ro‘y bermaydimi? 
Individual yondashuv uchun avvalo psixologik va pedagogik bilimlar, 
shuningdek esa tarbiya jarayonida bolalarni kuzatish uchun maxsus vaqt 
va psixologik tahlil o‘tkazish kerak. Ba’zi nohush tarbiyaviy omillar 
o‘zbek oilasida, xususan ko‘pbolali o‘zbek oilasida uy xo‘jaligini 
yuritish bilan bog‘liq. Ko‘p o‘zbek oilalarida uy ishlarini qiz bolalar 
bajarishadi, o‘g‘il bolalar esa bu vazifalardan deyarli ozod etilganlar. Bu 
holat keyinchalik o‘g‘il bola xarakterida oiladagi muomalasiga xalaqit 
beruvchi odatlarni paydo qilishi mumkin. Ba’zan esa bolalar uy 
yumushlariga haddan ortiq vaqt ajratishadi. Bu ham ularning ta’lim 
olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zan o‘zbek oilalarida ota - onalar 
bolalarining o‘qishiga umuman befarq bo‘lishadi, ularga uy vazifalarini 
bajarishda amaliy yordam barishmaydi. O‘zbek oilalarida bola uy 
vazifalarini kechqurun - barcha oila a’zolari to‘planishganda qilish odat 
bo‘lgan. Bu vaziyatda ko‘pgina chalg‘ituvchi omillar ham paydo bo‘ladi 
- televizor ko‘rish, oila a’zolarining o‘zaro suhbatlashishi qilishi, uy 
yumushlarini bajarish talabi. Ko‘pgina oilalarda bolalarning o‘qishi 
uchun sharoitlar bor, biroq ular har doim ham yaxshi jihozlanmagan 
bo‘ladi. Bu borada aksariyat ota - onalar pedagogik maslahatlarga 
ehtiyoj sezadilar. Ularni bolalarga yordam berishning aniq usullari bilan 
tanishtirish lozim. O‘zbek oilalaridagi yigit - qizlarning ijtimoiy 
moslashuviga xalaqit beruvchi omillarga qizlarni oilaviy hayot uchun 
yigitlarni esa mehnat, kasb uchun noto‘g‘ri tayyorlashni kiritsak bo‘ladi.
Ayol kishidan malakaviy va kasbiy faollikni, erkak kishidan esa 
o‘z xizmat va oilaviy majburiyatlarini bajarishni talab qiluvchi hozirgi 
kunda bu an’analarning saqlanib qolishi zamonaviy ijtimoiy talablarga 
zid keluvchi hodisadir. Bu hodisa ijtimoiy tarbiya va oilaviy tarbiya 
o‘rtasida kelishmovchiliklar borligidan guvohlik beradi. Bunaqa 
oilalarning salbiy ta’sirini bartaraf etish oilani shaxs ijtimoiylashuvining 
asosiy omili sifatida mukammallashtirishni talab qiladi. Bu masalaning 


74 
muhimligi kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilgari surilgan ta’lim - 
tarbiya jarayoni talablari bolalar tarbiyasiga nafaqat maktabda balki, 
oilada ham o‘z talablarini qo‘yganligi bilan katta ahamiyatga ega 
bo‘lmoqda. Shu bilan birga bir qator o‘zbek pedagog olimlari aynan 
ko‘pbolali oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud deb 
hisoblashadi. Avvalo, ko‘pbolali oila pedagogik munosabatda qulay 
bo‘lgan yosh tuzilmasiga ega. Bir nechta bola mavjud bo‘lganida ota - 
onalarning g‘amxo‘rligi ham ular orasida teng taqsimlanadi. Katta oilada 
bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi. Katta va kichik 
bolalar o‘rtasida turli o‘zaro munosabatlar shakllanadi. Ko‘pgina ota - 
onalar ko‘pbolali oilalarda bolalarni tarbiyalash oson, chunki bunda 
katta farzandlar yordam berishadi deyishadi. Ko‘pbolali oilalardagi 
tarbiyaning eng muhim omillari muomala muhiti, birgalikdagi mehnat, 
jamoaviy tashabbus, ota - onalarning talabchanligi, bolalar yoshini 
inobatga olish hisoblanadi. Bunaqa oilalar farzandlari axloqiy 
xislatlarining shakllanganligi, mehnatsevarligi, mehribonligi, to‘g‘riligi, 
mustaqilligi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi. Katta oilada 
mustahkam va tabiiy bolalar jamoasi shakllanib, unda bu jamoa a’zolari 
birgalikda g‘amxo‘rlik ko‘rsatishadi, boshqa a’zolar oldida mas’uliyatli 
ekanliklarini his etishadi. Shunday qilib o‘zbek oilasining ko‘pbolalik 
omili bola tarbiyasiga umuman olganda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə