A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 
 
 
Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar deviant xulq - 
atvorga ega o‘smirlar bilan ishlashning reabilitatsiya dasturlarini 
tuzishda quyidagilar inobatga olinadi: 
1.
Voyaga yetmagan bolaning ijobiy hislatlariga suyanish. Ijtimoiy 
pedagog deviant xulq - atvorga ega bolani qoralay olmaydi. U uchun 
muvaffaqiyat vaziyatini yaratish orqali uning xulq - atvorida ijobiy 
hislatlarni topish kerak va ijtimoiy pedagog faoliyatini shunga muvofiq 
tashkil qilish lozim.
2.
Hayotiy intilishlarni shakllantirish. Odatda maktabdagi surunkali 
muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng o‘smirlar umidsizlikka tushishadi, o‘z 
kuchlariga ishonch yo‘qoladi. Bunday o‘smir uchun keyingi kasbiy o‘z 
- o‘zini anglab olish muhim bo‘lib, bu holatda ijtimoiy pedagogning 
psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbiy o‘z-
o‘zini anglab olish muhimi bo‘lib bu holatda ijtimoiy pedagogning 
psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbini 
aniqlashga qaratiladi.
3.
Uning keyingi kasbiy taqdiri bilan bog‘liq faoliyatdan tashqari deviant 
xulqatvorli bolani u uchun ahamiyatli bo‘lgan ijtimoiy faoliyatga jalb 
qilish ham lozimdir. Bu murakkab vazifa hisoblanadi, chunki odatda bu 
holatda nafaqat u yoki bu faoliyat turiga nisbatan o‘zgarishni, balki 
bolalar jamoasi bilan ham munosabatlarning normallashuvini talab 
 
Voyaga yetmagan huquqbuzarlar bilan olib boriladigan 
ijtimoiy pedagogik faoliyat 


148 
qiladi. Amaliyotning guvohlik berishicha qiyin tarbiyalanadigan 
bolalarda boshqa o‘quvchilarga qaraganda bo‘sh vaqti to‘rt marta 
ziyoddir.
4.
O‘smir bilan o‘zaro munosabatlarga hurmat bilan qarash. 
Dezadaptatsiya bo‘lgan bolalarda yaxshi muomalaning yo‘qligi sababli 
har qanday tarbiyaviy ta’sir voyaga yetmagan bola tomonidan qattiq 
qarshilikka duch keladi. Bunday bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy 
pedagogdan sabr - matonat talab qilinadi. 
Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida mutaxassis 
quyidagi vazifalarni bajaradi:
- dezadaptatsiya boshlangunga qadar o‘smirda bo‘lgan ijobiy hislatlarni 
tiklash, 
- o‘smirda u yoki ijtimoiy foydali faoliyatga kirishish orqali salbiy 
hislatlarini to‘g‘rilash, intilishni shakllantirish, o‘smirning o‘z - o‘zini 
belgilab olishdagi ehtiyojini faollashtirish, 
- o‘smir faoliyatining ijobiy motivatsiyasini faollashtirish.
Ta’lim muassasida bolalar va o‘smirlar tibbiy - pedagogik 
reabilitatsiyasining namunasi Ta’lim sharoitlarining tibbiy gigiyenik 
optimallashuvi (ovqatlinish, jihozlash) o‘quv - tarbiya jarayonini 
o‘quvchilarning ruhiy fizioligik xususiyatlarini inobatga olgan holda 
ratsional tashkil qilish sog‘ligi holati bo‘yicha turli o‘quvchilar toifalari 
uchun ta’lim adaptatsiyasi o‘quvchilarning tibbiy gigiyenik ta’limi va 
tayyorgarligi. Kasalliklarning ommaviy profilaktikasi, o‘quvchilar 
jismoniy holatini optimallashtirish. Ta’lim muassasalarida reabilitatsion 
faoliyat tizimi. Reabilitatsion faoliyatning vazifalari, obyektlari va 
yo‘nalishlari. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə