157
Ijtimoiy texnologiya
- turli ijtimoiy
muammolarni yechish va
aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish muassasalari tomonidan qo‘llaniladigan vosita, metod
va ta’sirlar majmuasidir. ijtimoiy pedagog faoliyatining zahirasida to‘rt
turdagi ijtimoiy texnologiyani kuzatish mumkin: ijtimoiy ishga tegishli,
ijtimoiy psixologik, ijtimoiy tibbiy, ijtimoiy pedagogik. ijtimoiy
qarovsizlik - ijtimoiy xislatlar, ehtiyojlar,
qadriyatlarning rivojlan-
masligiga, bo‘sh ijtimoiy refleksiyaga, ijtimoiy rollarni egallashda
qiyinchiliklarga olib keluvchi omillarning oqibati. ijtimoiy harakat - turli
ijtimoiy guruhlarning umumiy maqsad sari qaratilgan birgalikdagi xatti-
harakatlari. ijtimoiy hudud - bola ko‘z o‘ngida har kuni sodir bo‘ladigan
harakatlar,
ijtimoiy munosabatlar, trasport, narsa - predmetlarning
qiyofasining majmuasi.
Ijtimoiy huquqiy yordam
- inson va bola huquqlariga amal
qilishga, bu huquqlarni amalga oshirishga,
bolalarni oilaviy, mehnat,
fuqarolik masalalari bo‘yicha huquqiy tarbiyalashga qaratilgan yordam.
Ijtimoiy markazlashgan pedagogik texnologiya
- bola hayotiy
faoliyatining ijtiomiy - pedagogik shart - sharoitlari, parametrlarini
rivojlantirish va o‘zgartirishga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: