A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Ijtimoiy ta’lim 
- ijtimoiy bilimlarni va bolaning ijtimoiy-
lashuviga ko‘maklashuvchi ijtimoiy ko‘nikma va malakalarni yetkazish 
jarayoni. ijtimoiy ta’minot - davlat moddiy ta’minoti tizimi va ijtimoiy 
yordamga muhtojlarga yordam ko‘rsatish doirasida turli ijtimoiy 
xizmatlar ko‘rsatish tizimi.
Ijtimoiy terapiya 
- davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari va 
birlashmalari, 
shu 
jumladan 
diniy 
tashkilotlarning 
ijtimoiy 
munosabatlarning muayyan bir shakllariga amaliy ta’sir qilish jarayoni.


157 
Ijtimoiy texnologiya 
- turli ijtimoiy muammolarni yechish va 
aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatish muassasalari tomonidan qo‘llaniladigan vosita, metod 
va ta’sirlar majmuasidir. ijtimoiy pedagog faoliyatining zahirasida to‘rt 
turdagi ijtimoiy texnologiyani kuzatish mumkin: ijtimoiy ishga tegishli, 
ijtimoiy psixologik, ijtimoiy tibbiy, ijtimoiy pedagogik. ijtimoiy 
qarovsizlik - ijtimoiy xislatlar, ehtiyojlar, qadriyatlarning rivojlan-
masligiga, bo‘sh ijtimoiy refleksiyaga, ijtimoiy rollarni egallashda 
qiyinchiliklarga olib keluvchi omillarning oqibati. ijtimoiy harakat - turli 
ijtimoiy guruhlarning umumiy maqsad sari qaratilgan birgalikdagi xatti-
harakatlari. ijtimoiy hudud - bola ko‘z o‘ngida har kuni sodir bo‘ladigan 
harakatlar, ijtimoiy munosabatlar, trasport, narsa - predmetlarning 
qiyofasining majmuasi.
Ijtimoiy huquqiy yordam 
- inson va bola huquqlariga amal 
qilishga, bu huquqlarni amalga oshirishga, bolalarni oilaviy, mehnat, 
fuqarolik masalalari bo‘yicha huquqiy tarbiyalashga qaratilgan yordam.
Ijtimoiy markazlashgan pedagogik texnologiya
- bola hayotiy 
faoliyatining ijtiomiy - pedagogik shart - sharoitlari, parametrlarini 
rivojlantirish va o‘zgartirishga qaratiladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə