A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Ijtimoiy pedagogika
- 1) jamoatchilik tarbiya institutlari 
haqidagi fan; shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan taʼlim - tarbiya 
tizimi; 2) shaxsni ijtimoiylashtirish, jamiyat hayotiga tayyorlash 
muammolari bilan shugʼullanadigan pedagogika fanining alohida 
tarmogʼi.
Ijtimoiy pedagogik adaptatsiya
- zamonaviy pedagogik va 
innovatsion texnologiyaga o‘qituvchi va o‘quvchilarni moslashtirish 
jarayoni.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat
- bolalarni ijtimoiylashtirish, ularga 
xalqning ijtimoiy madaniy tajribalarini singdirish orqali, jamiyat 
hayotiga tayyorlashga yunaltirilgan faoliyatdir.
Ijtimoiy persepsiya
- ijtimoiy narsa va hodisalarni taʼlim 
oluvchilar tomonidan idrok qilinishi yoki tushunilishi.
Ijtimoiy psixologiya
- odamlarni jamiyatdagi birgalikdagi ish 
faoliyatlari natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, 
eʼtiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o‘rganuvchi 
psixologiya fanining alohida tarmogʼi.
Ijtimoiy tarbiya
- taʼlim oluvchilardan ijtimoiy ahamiyatga 
molik fazilatlar va tajribalarni shakllantirish jarayoni.


158 
Ijtimoiy taʼlim
- shaxsning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi 
bilim, ko‘nikma va malakalarni shaklantirish jarayoni.
Ijtimoiy funksiya
- bo‘lajak kasb taʼlimi o‘qituvchilariga xos 
bo‘lgan jamiyatdagi zarur vazifalarni bajarish, ularni sifat darajasini 
taʼminlay olish, ijtimoiy meʼyorlarga amal qilish, ijtimoiy foydali 
mehnatni tashkil eta olish, jamiyatdagi muayyan maqsadlarni kasbiy 
taʼlim maqsadlari bilan uygʼunlashtira olish va o‘z faoliyatini muayyan 
maqsadga yo‘naltira olish, jamiyatning faol aʼzosi sifatida fikr - 
mulohaza qila olish.
Ijtimoiylashtirish 
- 1) inson tomonidan jamiyatda muayyan vaqt 
oraligʼida qadriyatlar, axloqiy meʼyor, namuna va ko‘rsatmalarning 
o‘zlashtirilishi; 2) shaxsning turli ijtimoiy umumiylik (guruh, ijtimoiy 
institut, 
ijtimoiy 
tashkilot), 
ijtimoiy 
munosabatlar 
tizimiga 
integratsiyalashuvi. Shaxsning ijtimoiy o‘z - o‘zini aniqlashidan kelib 
chiqib, ijtimoiy munosabatlarning umimiy tizimida o‘z o‘rni va nuqtaiy 
nazari. 
Jinoyat
- delinkvent xulq - atvor turi bo‘lib, shaxsga, qonun bilan 
qo‘riqlanadigan ob’ektlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy havfli xatti - 
harakat.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə