A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiy pedagogik profilaktika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Ijtimoiy pedagogik profilaktika 
- bolada turli faollik turlarining 
namoyon bo‘lishiga va bolalarning optimal ijtimoiy rivojlanishiga shart 
- sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy tarbiya chora - tadbirlar tizimi. 
ijtimoiy pedagogik faoliyat - bolaga ijtimoiylashuv jarayonida va 
jamiyatda o‘z - o‘zini amalga oshirishi uchun yordam ko‘rsatishga 
qaratilgan professional faoliyat. 
Ijtimoiy pedagogik faoliyat texnalogiyasi 
- ratsional va 
maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar bilan xarakterlanadigan amaliy 
ijtimoiy pedagogik faoliyat, metod va usullari majmuasi.
Ijtimoiy pedagogik yordam
-bolaning ijtimoiylashuvi va to‘la 
qonli rivojlanishi uchun psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib 
beruvchi ijtimoiy pedagogik choratadbirlar tizimi.
Ijtimoiy profilaktika 
- turli salbiy xarakterdagi ijtimoiy 
og‘ishlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar va shart - sharoitlarni 
oldini olish, bartaraf etish yoki neytrallashtirishga qaratilgan davlat, 
ijtimoiy, ijtimoiy - tibbiy va tashkiliy chora - tadbirlar majmuasi.
Ijtimoiy psixologik yordam 
- oila va mikro jamiyatda qulay 
mikroiqlimni yaratishga, uy, maktab jamoasining salbiy ta’sirlarini 
bartaraf etishga qaratilgan yordam. ijtimoiy reabilitatsiya-insonning 
ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini tiklashga qaratilgan 
jarayon-texnologiya sifatida tibbiy, maishiy, kasbiy, shaxsiy darajadagi 
reabilitatsiyaga qaratilgan chora - tadbirlar majmuasini ilgari suradi.
Ijtimoiy reabilitatsion yordam 
- bolalarning ruhiy, aqliy, 
emotsional holati va sog‘ligini tiklashga qaratilgan yordam. ijtimoiy 
sog‘lik-individning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarining 
mukammallashuvi shakli va vositalarini muayyan darajasidir, bu o‘zaro 
munosabatlarning muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi 
ruhiy va shaxsiy rivojlanish darajasi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə